calendar 12 Oct 13:31
eye 24
comments 0
comments Manba: qalampir

280 mingta yangi ish o'rni, maxsus turizm dasturi... Mirziyoyev Buxoroning keyingi 5 yili haqida

image
image

Bugun, 12 oktyabr kuni O'zLiDePdan O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev Qorako'l shahrida buxorolik saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazdi.

Tadbirni nomzodning Buxoro viloyati bo'yicha ishonchli vakili S.Husenov ochdi.

Shavkat Mirziyoyev aholini o'zining saylovoldi dasturi bilan tanishtirdi. Bu dastur iqtisodiyot, tadbirkorlik, qishloq xo'jaligi, taʻlim, tibbiyot, hududlar rivoji, davlat boshqaruvi, qonun ustuvorligi, tashqi siyosat, madaniyat sohalariga oid o'nta ustuvor yo'nalishni qamrab olgan.

Nomzod kelgusi yillarda viloyat sanoatida keskin burilish davri bo'lishini taʻkidladi. Jumladan, jami 8 milliard dollarlik 5 mingta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Bularning natijasida 100 mingta yangi ish o'rni yaratilishi ko'zda tutilgan.

Qorako'l tumanida gaz-kimyo majmuasi barpo etish loyihasi ulardan eng yirigidir. Qiymati 2,7 milliard dollar bo'ladigan ushbu zavodda yiliga 1,3 milliard kub metr tabiiy gaz qayta ishlanib, 770 ming tonna polimerlar ishlab chiqariladi.

Shuningdek, to'qimachilik sanoatida jami 450 million dollarlik 180 ta, qurilish materiallari bo'yicha 10 trillion so'mlik 282 ta loyiha rejalashtirilgani aytildi. Bu korxonalar va aholini energiya bilan taʻminlash uchun shamol, quyosh va issiqlik elektr stantsiyalari barpo etiladi.

Qishloq joylardagi aholining asosiy daromad manbasi ziroatchilik ekanini inobatga olib, bu sohani rivojlantirishga ham alohida eʻtibor qaratilgan. Shu maqsadda 8 ming kilometr kanal va kollektorlarni taʻmirlash, 126 ming gektarda suv tejovchi texnologiyalar joriy qilish rejalashtirilgan. 100 ming gektar yer meva-sabzavot yetishtirishga ajratilishi, 15 ming gektar paxta va g'alla maydonlari qisqartirilib, ochiq tanlov asosida aholiga ijaraga berilishi qayd etildi.

"Buxoro azal-azaldan tadbirkor va hunarmandlar yurti bo'lib shuhrat qozongan. Bu salohiyatni ishga solish uchun aholiga dastak bo'ladigan sharoitlar yaratib, kasbga o'rgatsak va ozgina ko'mak bersak, bemalol 90 ming aholining bandligini taʻminlasa bo'ladi", deydi Shavkat Mirziyoyev.

Bu ishlarni manzilli tashkil etish uchun har bir mahallada "hokim yordamchilari" faoliyati yo'lga qo'yilishi mo'ljallangan.

Buxoro viloyatida 829 ta madaniy yodgorlik bo'lib, 287 tasining tarixi ming yilliklarga oid. Shu bois, Buxoroda turizmni rivojlantirish bo'yicha alohida dastur ishlab chiqish ko'zda tutilgan. Unga ko'ra, kelgusi besh yilda viloyatda 255 ta mehmonxona, 60 ta yangi turizm yo'nalishi tashkil etiladi. 800 dan ziyod madaniy obʻyektlar restavratsiya qilinadi. Ark qo'rg'onining yuz yil oldin vayron qilingan qismlari qayta tiklanadi. G'ijduvonda hududlararo ulgurji savdo markazi quriladi.

Umuman olganda, kelgusi besh yilda Buxoro viloyatini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish uchun davlat hisobidan 50 trillion so'm ajratish va jami 280 mingta yangi ish o'rni yaratish maqsad qilingan.

Nomzod, shuningdek, uy-joy, ichki yo'llar, muhandislik tarmoqlari qurish, tibbiyot va taʻlim sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlariga to'xtalib o'tdi.

Uchrashuvda saylovchilar so'zga chiqib, nomzodning dasturi yuzasidan o'z fikrlarini bildirdi. Bo'lajak Prezident saylovida Shavkat Mirziyoyevga ovoz berishini taʻkidlashdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

24 Aug 17:26
 
19
0
xs.uz

Mashaqqatli va sharafli yoʻl

Mustaqillik ' taqdirimizdaYaqinda Samarqand va Jizzax viloyatlarida mustaqilligimizning 33 yilligiga bagʻishlab 'Bir boʻlsak ' yagona xalqmiz, birlashsak ' Vatanmiz!' shiori ostida oʻtkazilgan festivallarda ishtirok etdik. Olim, shoir-u yozuvchi va sanʼatkorlardan tashkil topgan targʻibot guruhi safida tuman, mahalla, xonadon, korxona va tashkilotlarda boʻlib, ishchi-xizmatchi, turli soha mutaxassislari, fermer va tadbirkorlar, yoshlar, ayniqsa, keksa onaxon-u otaxonlar bilan gurunglarimiz

20 Sep 00:22
 
9
0
xs.uz

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarining “taqdiri”ga oid muhim farmon qabul qilindi

Yerlarning investitsiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalanilishiga oid 'Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda yer resurslarining investitsiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi Prezident qabul qilindi.Maʼlum boʻlishicha, qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijara huquqi asosida sotib olish qiymatini quyidagi shartlarda

26 Aug 12:29
 
18
0
xs.uz

Yogʻ ishlab chiqarish sexida 1,6 milliard soʻmlik yaroqsiz alkogol mahsulotlari topildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament Izboskan tumanidagi yogʻ ishlab chiqarish sexidan 1,6 milliard soʻmlik isteʼmolga yaroqsiz alkogol mahsulotlari topilganini maʼlum qildi.Maʼlum boʻlishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi, Izboskan tuman boʻlimi hamda Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy harakatlar aniqlandi.Qayd etilganda, 'F.S.', 'A.I.', 'A.V.' va 'A.l.' MCHJla

26 Aug 12:29
 
19
0
xs.uz

Toshkent viloyatida ichimlik suvidan noqnuniy foydalangan korxona rahbari 5-yilga qamaldi

Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumanida ichimlik suvi tarmogʻiga noqonuniy ulangan korxona rahbari sud tomonidan ozodlikdan mahrum etildi.'Toshkent viloyati suv taʼminoti' AJ xabariga koʻra, 'HTB-AS INVEST' korxonasi ichimlik suvi tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulangan va davlatga qariyb 295 mln soʻm zarar yetkazgan.Korxona rahbari A.X. Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi 'v' bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 5-yil 1 oy muddatta ozodlikdan mahrum