calendar 25 Sep 13:15
eye 31
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi delegatsiyasi Turkiyada boʻlib qaytdi

image
Joriy yilning 14-19-sentyabr kunlari Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining bir guruh vakillari Turkiya Respublikasida boʻlib qaytishdi. Ularning ishtirokida Turkiyada qator tadbirlar, davra suhbatlari, taqdimot va koʻrgazmalar oʻtkazildi.

Maʼlumki Turkiya gʻarb va sharq sivilizatsiyalari, turli ellar, madaniyatlar, tafakkur va qarashlar tutashgan qadimiy zamin. Bu betakror mamlakatni Oʻzbekiston bilan bogʻlab turadigan rishtalar bisyor. Xalqlarimiz tarixi asrlar osha umumiy ildizlarga borib taqaladi.

Soʻnggi yillarda ikki mamlakat oʻrtasidagi doʻstona aloqalar har taraflama mustahkamlanib bormoqda. Jumladan Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatida Turkiyadagi turli tashkilot va tuzilmalar, olim va mutaxassislar alohida oʻrin tutadi. Markaz aʼzolari safidagi bu galgi tashrifimizdan koʻzlangan asosiy maqsad ham oʻzaro ilmiy muloqotni chuqurlashtirish va tajriba almashishdan iborat boʻldi.

Zamon, makon va madaniy meros



Islom Hamkorligi tashkiloti (oldiingi Islom Konferensiyasi tashkiloti) tashabbusi bilan 1979-yilda Istanbul shahrida IRSIKA - Islom tarixi, madaniyati va sanʼati tadqiqotlari markaziga asos solingan. Ayni paytga qadar ushbu tashkilot islom sanʼati va madaniyati, sivilizatsiyasi va tarixini oʻrganish boʻyicha turli loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Bu tashkilot Oʻzbekistondagi bir qator ilmiy-maʼrifiy muassasalar bilan doimiy hamkorlikni yoʻlga qoʻygan.

Delegatsiya vakillari ishtirokida 17-sentyabr kuni IRSIKA bosh qarorgohida 'Yangi Oʻzbekiston: zamon, makon va madaniy meros' mavzusidagi fotokoʻrgazma tashkil qilindi. Mazkur fotokoʻrgazmada Vatanimizning boy tabiati, tarixiy obidalari, madaniyati, urf-odat va anʼanalari, xususan, Oʻzbekiston-Turkiya munosabatlari aks etgan fotosuratlar namoyish qilindi.

Fotokoʻrgazma doirasida oʻtgan 'Oʻzbekiston-Turkiya: tutash ildizlar va umumiy meros' mavzusidagi davra suhbatida Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov, IRSIKA bosh direktori Mahmud Erol Qilich, Toʻpqopi saroyi muzeyi direktori Ilhan Kojaman, turk va ichslom sanʼati muzeyi rahbari Akram Aytar, Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi direktori Muzaffarxon Joniyev va boshqalar ikki xalq madaniyati va doʻstligi, hamkorlikdagi loyihalar, Turkiya tmuzeylarida saqlanayotgan Oʻzbekiston madaniy merosi durdonalari xususida toʻxtalib oʻtdilar.

Ushbu tadbir davomida Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy ilmiy tekshirish markazlari taqdimotlari ham oʻtkazildi.

- Oʻzbekiston IRSIKA bilan hamkorlik qilayotgan 57 ta mamlakat orasida islom madaniyati va merosini asrab-avaylash borasida yetakchilikni qoʻldan bermay kelmoqda, - dedi IRSIKA bosh direktori Mahmud Erol Qilich. - Bu borada Oʻzbekiston Prezidenti tashabbusi amalga oshirilayotgan yirik loyihalar alohida ahamiyatga ega. Bugungi tadbirlarda ham Yangi Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda madaniy-maʼrifiy sohalarda qoʻlga kiritilayotgan yutuqlar yaqqol aksini topdi.

Oʻzbek allomalari ensiklopediyasi yaratiladi

Shu kuni tadbir doirasida Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Islom tadqiqotlar markazi (ISAM) va IRSIKA oʻrtasida 'Oʻzbekistonning buyuk allomalari' ensiklopediyasini yaratish boʻyicha kelishib olindi.

Maʼlumki, Oʻzbekiston zamini oʻz tarixida ikkita buyuk Renessans davrini boshdan kechirgan, bu diyorda yuzlab buyuk allomalar, mutafakkir olimlar, fozilu fuzalolar yetishib chiqqan, betimsol kashfiyotlar qilingan, ilmiy-maʼrifiy, adabiy-badiiy asarlar yaratilgan. Garchi ularning hayoti va faoliyati har tomonlama tadqiq etilayotgan boʻlsa-da, shu paytga qadar bu olimlarning barchasini qamrab oladigan ensiklopedik tadqiqotlar amalga oshirilmagan edi. Bu borada islom sivilizatsiyasi markazining tashabbusi IRSIKA mutaxassislari va turkiyalik olimlar tomonidan ham qoʻllab-quvvatlandi.

- Islom tadqiqotlari markazi 40-yillik faoliyati davomida 46 jildlik 'Islom ensiklopediyasi'ni chop etdi, - deydi Islom tadqiqotlari markazi rahbari Murtazo Bedir. - 'Oʻzbekistonning buyuk allomalari' endiklopediyasi loyihasi bizni oʻziga jalb etgani bejiz emas. Chunki, biz bu borada bir muncha tajribaga egamiz va oʻzbekistonlik hamkasblarimiz bilan birgalikda bu xayrli ishni amalga oshirishga hozirmiz.

Ensiklopediya elektron platformada va bosma nashr koʻrinishida, oʻzbek, turk, ingliz va boshqa tillarda tayyorlanishi koʻzda tutilgan.

Muzeylar - moziy koʻzgusi

Istanbul nafaqat qadim tarixi, betakror tabiati, tarixiy va zamonaviy obidalari, balki oʻziga xos muzeylari bilan ham sayyohlarni lol qoldirib keladi. Zotan Rim Imperiyasi, Vizantiya, Usmoniylar davrida dunyoning markaziy nuqtasi, Gʻarbu Sharqni bogʻlovchi oltin koʻprik vazifasinim oʻtagan qadimiy va navqiron Istanbulning har koʻchasi, har bir goʻshasida olis tarix izlari bilan yuzma-yuz kelasiz.

Oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash yoʻlida



Safar davomida Turkiyadagi mashhur tarixiy yodgorliklarning kichik modellarini oʻz ichiga olgan Ochiq osmon ostidagi Miniathtml5-dom-document-internal-entity1-uuml-endrk muzeyi, 'Istiqlol' Istanbul illyuziyalar muzeyi, Turkiya Zamonaviy sanʼat muzeyi, Istanbulning Usmoniy sulton Mehmed Fotih tomonidan fath etilishiga bagʻishlangan 'Panorama 1453' muzeyi, Fuat Sezgin ilm-fan va texnologiyalar tarixi muzeyi va Ayo Sofiya tarixi muzeyida qator uchrashuvlar oʻtkazildi. Markaz mutaxassislar ushbu tarixiy obidalar va muzeylar, kutubxona va boshqa maʼrifiy muassasalar tajribasini oʻrganishdi. Bu maskanlarda qoʻllanilgan zamonaviy texnologiyalar, 3D formatidagi videolavhalar, maxsus effektlardan Oʻzbekiston Islom sivilizatsiyasi muzeyida foydalanish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.

Turkiya tarixidagi muhim maskanlardan biri - Doʻlmabogʻcha saroyida Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va Turkiya Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy saroylar boshqarmasi rahbarlari uchrashuvida mushtarak milliy merosimizni oʻrganishda ilmiy kuch va imkoniyatlarni birlashtirish yuzasidan fikr almashildi.

'Men Yangi Oʻzbekistonda tarixiy merosni oʻrganish va targʻib qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni quvonch bilan kuzatib boraman va bu ishlarning boshida turgan muhtaram Prezidentingiz Shavkat Mirziyoyevga oʻz minnatdorligimni bildiraman, - dedi Milliy saroylar boshqarmasi raisi Yasin Yildiz. - Oʻzbek doʻstlarimizning bu galgi tashrifi bu boradagi aloqalarimizni mustahkamlashda yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Jumladan, oʻzbek va turk olimlarining hamkorligi doirasida qoʻshma forum tashkil qilishni rejalashtiryapmiz. Qolaversa, Turkiyadagi milliy saroylar, muzey va kutubxonalar bilan hamkorlikda 'Oʻzbekiston madaniy merosi' turkumidan yangi kitob-albomlar chop etish boʻyicha ham oʻz takliflarimizni beramiz'.

Qoʻlyozmalar soʻzlaganda...

Turkiya kutubxonalarida Islom olamidagi eng nodir va qadimiy qoʻlyozmalar jamlangan. Ayni paytda Istanbul shahrida Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining Qoʻlyozmalar boshqarmasi faoliyat koʻrsatmoqda. Boshqarma tarkibidagi Sulaymoniya kutubxonasida ushbu qoʻlyozmalarni saqlash, oʻrganish va kelgusi avlodlarga beshikast yetkazish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Safarimiz davomida Kutubxonada saqlanayotgan qoʻlyozmalar fondi bilan tanishilib, kitoblarni saqlash sharoitlari oʻrganildi va tajribalar almashildi.

- Bugungi kunda Sulaymoniya kutubxonasida 200 mingdan ortiq tarixiy qoʻlyozmalar eng zamonaviy shart-sharoitlarda saqlanmoqda, - deydi Turkiya qoʻlyozma asarlar boshqarmasi raisi Joʻshqin Yilmaz. - Ularning salmoqli qismi bevosita bugungi Oʻzbekiston zamini bilan bogʻliq. Ularni oʻrganish, saqlash va targʻib qilishda oʻzbekistonlik olimlar va mutaxassislar bilan ham doimiy hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi bilan hamkorlikda bir qator tarixiy asarlarning faksimil nusxalarini yaratish boʻyicha kelishib oldik.

Shundan soʻng Madaniyat va turizm vazirligiga qarashli Romiy kutubxonasi restavratsiya laboratoriyasi - 'Kitob shifoxonasi'da boʻlib, u yerdagi ish jarayonlari, qadimiy qoʻlyozma manbalarni tiklash-taʼmirlash tajribalari bilan tanishdik. Romiy kutubxonasi joylashgan tarixiy bino Usmoniylar saltanatining soʻnggi davrida harbiy qism vazifasini bajargan. 'Romiy' soʻzi har asli oʻqchi, mergan maʼnolarini anglatadi. Bu yerda qadimiy qoʻlyozmalarni taʼmirlash, restavratsiya qilish ishlari yoʻlga qoʻyilgan. Biz bu yerda malaka oshirishga kelgan oʻzbekistonlik mutaxassislarni ham uchratdik.

- Bu yerga bizning xodimlarimiz har yili tez-tez kelib qadimiy qoʻlyozmalarni taʼmirlash boʻyicha turkiyalik mutaxassislar tajribasini oʻrganishmoqda. - deydi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi Yoʻldoshxon Isayev. - Kitoblarni kataloglashtirish, elektronlashtirish va taʼmirlash boʻyicha olingan koʻnikmalar markazimizdagi qadimiy qoʻlyozmalarni asrash va taʼmirlashda qoʻl kelmoqda.

Markaz mutaxassislari tomonidan Qoʻlyozmalar boshqarmasiga Sulaymoniya va Romiy kutubxonalari tajribalari yaqindan oʻrganildi. Bir qator tarixiy nodir qoʻlyozmalar, jumladan Qurʼoni karimning Oltin Oʻrda hukmdori Oʻzbekxon davrida yaratilgan, temuriy shahzoda Boysunqur Mirzo tomonidan koʻchirilgan nusxalarining faksimil nashrlarini yaratish yuzasidan muzey rahbarlari bilan kelishuvlarga erishildi.

Turkiya qoʻlyozma asarlar boshqarmasi raisi Joʻshqin Yilmaz tomonidan 'Sahih ul-Buxoriy' asarining XIII asrda koʻchirilgan eng qadimgi toʻliq qoʻlyozmasining faksimil nusxasi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va Imom Buxoriy innovatsion muzeyiga hadya qilindi.

Buyuk vatandoshimiz ruhiga ehtirom

Ayyub Sulton maqbarasi Istanbulning gavjum va fayzli goʻshalaridan biri. Bu yerda paygʻambarimizning yaqin sahobalaridan biri Abu Ayyub Xolid ibn Zayd al-Ansoriy dafn qilingan. Manbalarga koʻra, Abu Ayyub Ansoriy asli madinalik boʻlib, Paygʻambarimiz (s.a.v.) Madinaga hijrat qilganlarida dastlab uning uyida yashaganlar. Ansoriy hazratlari Rasululloh (s.a.v)ga bir qancha janglarda hamrohlik qilgan. Keksayib qolganiga qaramay, 674-yilda musulmonlar tomonidan Konstantinopolni qamal qilishda ishtirok etgan va shahar devori yaqinidagi jangda shahid boʻlgan.

Shahar 1453-yilda turklar tomonidan qoʻlga kiritilgach, Abu Ayyub Ansoriy qabri aniqlanadi va u yerda hukmdor Fotih Sulton Mehmet tomonidan maqbara bunyod etiladi. Keyinchalik bu yerda koʻplab usmoniylar xonadoni vakillari, shahzodalar va amirlar, taniqli shaxslar dafn qilingan. Ular orasida buyuk vatandoshimiz Samarqand astronomiya maktabi vakili Ali Qushchi (1403-1474) ham bor.

Alouddin Ali ibn Muhammad Qushchi Mirzo Ulugʻbekning eng ishonchli doʻsti va shogirdi boʻlib, u 30 ga yaqin asar, shu jumladan, ustozining 'Ziji Koʻragoniy asariga sharh yozgan. Mirzo Ulugʻbekning fojiali oʻlimidan soʻng, bir muddat Tabrizda yashagan olim 1473-yili Fotih Sulton Mehmetning taklifiga binoan Istanbulga kelgan. Sultonning oʻzi unga Ayo Sofiya masjidini rasadxona sifatida topshirgan. Ali Qushchi u yerda talabalarga dars bergan, ammo koʻp oʻtmay, shu yerda vafot etgan. Olimga hurmat nuqtai naharida uni Istanbulning eng qutlugʻ qadamjosi - Abu Ayyub Ansoriy maqbarasida dafn etadilar. Ayni paytda oʻnlab qabrlar orasida birgina Ali Qushchi qabr toshida uning qisqacha hayot yoʻli zarhal harflarda bitilgan.



Delegatsiya vakillari Istanbulning Ayyub Sulton maqbarasida dafn qilingan Ali Qushchi qabrini ziyorat qilib, uning ruhiga hurmat bajo keltirishdi. Qurʼoni tilovat qilinib, buyuk bobokalonimiz ruhi shod etildi.

Istanbulning oʻzbekona obidasi

Turkiya hududida bir necha asrlik tarixga ega boʻlgan oʻzbek mahallalari, karvonsaroylar, mehmonxonalarni uchratish mumkin. Ana shunday maskanlardan biri Istanbulning Osiyo qismida, Uskudar tumani hududida joylashgan 'Oʻzbeklar xonaqohi'(html5-dom-document-internal-entity1-Ouml-endzbekler tekkesi) dir.

Maʼlumotlarga koʻra, 1752-yilda turk sultoni Mahmud I Istanbul yaqinida ov qilib yurganida, baland yalanglikka tikilgan chodirlarni koʻrib qoladi va tabiiyki, bu yerda kimlar borligi bilan qiziqadi. Maʼlum boʻlishicha, bu joyda Haj safariga otlangan buxoroliklar yoʻlga chiqishga hozirlik koʻrishayotgan ekan. Suhbat asnosida oʻzbek hojilar shu yerda har yili toʻxtab oʻtishlari, naqshbandiya tariqatiga muvofiq, zikr va ibodatlarini ado etishlarini aytishadi.

Shundan soʻng, sulton bu yerda oʻzbeklar uchun barcha sharoitlarga ega boʻlgan takya ' xonaqoh qurishni buyuradi. Keyinchalik xonaqoh Istanbulda qolib ketgan oʻzbeklarning sevimli maskaniga aylanadi. Yurtimizdan borgan naqshbandiya tariqatining bir qancha mansublari shu xonaqohda doimiy makon tutishadi. Xonaqoh bir necha oilaga va mehmonlarga moʻljallangan xonalar, masjid, kutubxona, zikrxona, oshxona va boshqa qurilmalarni oʻz ichiga olgan. Xonaqohning orqa tomonida shu yerda vafot etgan hamyurtlarimiz qabristoni joylashgan.

Xonaqoh usmoniylar saltanatining soʻnggi yillarida, milliy ozodlik urushi davrida harbiy istehkom vazifasini ham oʻtagan. Xonaqohda 1919-yilda turk milliy armiyasi askarlari uchun gospital joylashtirilgan.

Bugungi kunda bu yerda İSAR (Islom tadqiqot va taʼlim vaqfi) joylashgan boʻlib, tasavvuf tarixi boʻyicha ilmiy izlanishlar olib boriladi. Shu bilan birga, dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan sayyohlar bu xonaqohga tez-tez tashrif buyurib uning tarixi bilan bogʻliq maʼlumotlarga ega boʻlishadi.

Safarimiz kunlari Oʻzbeklar xonaqohi (tekkesi)ga ham kirib oʻtildi. Mazkur xonaqoh haqida Marmara universitetining Ilohiyot fakulteti tadqiqotchisi Umar Kochyigit qiziqarli maʼlumotlarni soʻzlab berdi. Muloqot davomida u ISAR va Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi. Markaz tomonidan chop etilgan, hamyurtlarimiz tarixiga oid 'Shtml5-dom-document-internal-entity1-uuml-endltantepe html5-dom-document-internal-entity1-Ouml-endzbekler tekkesi' kitobi oʻzbekistonlik delegatsiya aʼzolariga hadya qilindi. Mazkur kitobni Oʻzbekistondagi ilmiy tadqiqot markazilari tomonidan ham oʻrganish, maʼqul koʻrilsa, oʻzbek tilida chop etish taklif etildi.

'Esda qolarli va manfaatli tashrif'

Markaz rahbariyati tomonidan qardosh yurtdagi matbaa korxonalari, xattot, noshir va dizaynerlar bilan ham doimiy hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Bu galgi safar paytida 'Mega Basim' nashriyot uyi direktori Hasan Kondu, Qurʼoni karimni 1500-yillik xat va bezak uslublarini oʻz ichiga olgan qoʻlyozma xattoti Husayn Kutlu bilan uchrashuvlar ham qizgʻin ruhda kechdi. Turkiyalik noshirlar bilan 'Oʻzbekiston qoʻlyozma merosida tarixiy shaxslar', 'Klavixoning Amir Temur saltanatiga sayohati', 'Qurʼoni karimning 114 nodir qoʻlyozmasi', 'Oʻzbekistonning noyob musʼhaflari' kitob-albomlarini chop etish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.

Uchrashuvlar va muzokaralar Anqara shahrida ham davom etdi. 17-sentyabr kuni Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va Imom Buxoriy ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari tomonidan Anqara universiteti Ilohiyot fakulteti hamda Turkiya Respublikasi Prezidenti huzuridagi Millat kutubxonasida yurtimizdagi mazkur markazlarning taqdimotlari tashkil etildi.

Safar asnosida Turkiyadagi yirik madaniy-maʼrifiy markazlar, kutubxona va muzeylar, oliy taʼlim muassasalariga Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Oʻzbekiston madaniy merosini asrash, oʻrganish va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy ilmiy-tadqiqot markazlarida chop etilgan kitob va albomlar tuhfa qilindi.

- Muhtaram Prezidentimiz Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi oldiga boy va qadimiy oʻtmishimizni chuqur tadqiq va targʻib etish, xalqimizning jahon tarixi va madaniyatiga qoʻshgan salmoqli hissasini namoyon etishdek sharafli va masʼuliyatli vazifalarni qoʻydilar, - dedi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori F.Abduxoliqov. - Bu borada xorijiy mamlakatlar tajribasini oʻrganish muhim oʻrin tutadi. Shu maʼnoda Turkiyaga bu galgi tashrifimiz juda esda qolarli va manfaatli boʻldi. Turkiyadagi muzey va kutubxonalaridagi Oʻzbekiston madaniy merosiga oid eksponatlar bilan yaqindan tanishib, ikki xalq madaniyati, tarixi va taqdiri bir-biriga chambarchas bogʻliq ekaniga yanada bir ishonch hosil qoldik. Bu safarimizning samaralari keyingi faoliyatimiz yoʻnalishlarini aniq va toʻgʻri belgilab olishimizda katta oʻrin tutadi.

Rustam Jabborov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

29 Oct 20:50
 
19
0
xs.uz

Zullisonayn shoir nega saroydan bosh olib ketgan edi?

Abdurahmon Tamkin Buxoriy XIX asr oxiri ' XX asr boshlarida yashab, ijod etgan zabardast shoir, mudarris, tarixchi, tabib va zamonasining peshqadam olimlaridan edi. U fors ' tojik, arab va oʻzbek tillarida qalam tebratgan. Ahmad Donish Tamkinni ulugʻ shoirlar qatorida sanab, uning ijodiga yuqori baho bergani ham koʻp narsani anglatadi.Tamkin Buxorodagi 'Dorushshifo' madrasasida mudarrislik qilgan. Unga qadar imomlik qilgan. Davlat ishlarida ishlagan. Shoir oʻzining 'Moʻliston' asari muqaddi

09 Oct 12:36
 
19
0
postda.uz

KINOGA UYG‘UN QO‘SHIQ

Agar oshiqlig‘im aytsam, kuyib jon-u jahon o‘rtar,Bu ishq sirrin bayon etsam, taqi ul xonumon o‘rtar. Kishiga ishq o‘tidin zarrayi yetsa, bo‘lur giryon,Bo‘lub besabr-u betoqat, yurak-bag‘ri chunon o‘rtar. Nechuk toqat qilay, do‘stlar, bu dard ila bo‘lub hayron,G‘amim boshqa, alam boshqa, yuragimni fig‘on o‘rtar. Meni bexonumon tinmay kuyib har dam firoqingda,«Nigoro!» deb oting aytsamki, shavqingdin zabon o‘rtar. Qay-u til birla, ey jono, sening

09 Oct 12:40
 
34
0
xs.uz

Kamola Mahmudova 48 yoshida vafot etdi

Londonda yashab, faoliyat yuritayotgan asli oʻzbekistonlik mutaxassis, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YеTTB)ning Ozarbayjondagi vakilligi rahbari Kamola Mahmudova uzoq davom etgan хastalikdan soʻng 48 yoshida vafot etdi.Kamola Mahmudova 1976-yil Toshkentda tugʻilgan. U Oʻzbekistonda koʻplab loyihalarni amalga oshirgan, 'Khan Academy', Ezgu Amal, Yashil Buxoro kabilar shular jumlasidan. Mahmudova, shuningdek, bir qator xayriya tashkilotlari, xususiy universitet, Buyuk Britaniyadagi

09 Oct 12:40
 
14
0
xs.uz

Oʻzbekiston animatsiya studiyalari assotsiatsiyasiga yangi rahbar tayinlandi

Abdulatif Haydarov Oʻzbekiston animatsiya studiyalari assotsiatsiyasiga rahbar etib saylandi.Saylov kecha, 24-sentyabr kuni assotsiatsiyasining umumiy yigʻilishida amalga oshirilgan.Haydarov mahoratli ijodkor va koʻplab animatsion filmlar muallifi hisoblanadi.U 2010-yildan boshlab erkin ijodkor sifatida, 2016-yildan esa 'ASTIR ANIMATION STUDIO' MCHJ rahbari sifatida faoliyat koʻrsatib kelmoqda.Abdulatif Haydarov 'Avtosarguzashtlar', 'Sayyoh' multseriallari, 'Xasis baqqol', 'Buyuk ipak yoʻli