calendar 25 Sep 13:14
eye 31
comments 0
comments Manba: xs.uz

JSST grippni davolash boʻyicha yangi tavsiyalarni eʼlon qildi

image
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti grippga qarshi kurash boʻyicha yangi qoʻllanmani ishlab chiqdi. Ushbu tavsiyalar tashkilot rasmiy saytida eʼlon qilindi. Yangilangan yoʻriqnoma, avvalo, gripp bilan kasallangan bemorlarga xizmat koʻrsatuvchi tibbiyot muassasalari uchun moʻljallangan. Shuningdek, u epidemiya va pandemiyalarga tayyorgarlik borasida tegishli idoralar uchun maʼlumot manbai boʻlib xizmat qiladi. Qayd etilishicha, dunyo boʻyicha har yili taxminan 1 milliard kishi mavsumiy grippga chalinadi. Ulardan 3-5 million nafarida kasallik ogʻir kechadi. Xastalik oqibatida yiliga 650 ming nafargacha bemor hayotdan koʻz yummoqda. Qoʻllanmada qayd etilishicha, agar xastalik yengil kechayotgan bemorlarda grippning ogʻir shakllari rivojlanish ehtimoli boʻlsa, mutaxassislar baloksavir buyurishni tavsiya qiladi. Agar bunday xavf darajasi past boʻlsa, preparatni qoʻllash maqsadga muvofiq emas. Grippning yengil shakllariga chalinganlarga laninamivir, oseltamivir, peramivir, zanamivir, favipiravir va umifenovirdan foydalanish tavsiya etilmaydi. Qolaversa, bunday holatda antibiotiklar qabul qilish ham toʻgʻri emas. Kasallikning ogʻir bosqichida oseltamivirdan foydalanish samarali. Biroq peramivir va zanamivir bilan davolanish buyurilmaydi. Agar bemorlarda boshqa bakterial infeksiyalar rivojlanish xavfi past boʻlsa, ularga makrolidlar buyurilmasligi, plazma terapiyasi oʻtkazilmasligi zarur. Agar gripp tufayli shifoxonaga yotqizilish xavfi juda yuqori boʻlsa, oseltamivirni profilaktika vositasi sifatida qoʻllash mumkin. Lekin bunday vaziyatda laninamivir va zanamivirni qoʻllash tavsiya etilmaydi. Qoʻllanmani yuklab olish (ingliz tilida).


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:40
 
29
0
xs.uz

Toʻfon tufayli Floridaning besh milliondan ortiq aholisi evakuatsiya qilindi

'Milton' toʻfoni tufayli AQSHning Florida shtatida yashovchi besh milliondan ortiq odam evakuatsiya qilindi. 'New York Times' nashrining yozishicha, bu shtat tarixidagi eng yirik evakuatsiyalardan biri hisoblanadi.'5,5 milliondan ortiq odam Floridaning gʻarbiy sohilini tark etishga majbur boʻldi. Bu shtat tarixidagi eng yirik evakuatsiyalardan biri', ' deyiladi manbada.Gazetaning yozishicha, rasmiylar shtat aholisini eng yaqin boshpanalarga borishga va uzoqqa ketmaslikka chaqirgan. Aholi evak

29 Oct 20:50
 
28
0
xs.uz

Rossiyaning Ukrainaga hujumlari faollashgan

Rossiya ' Ukraina urushiga 977 kun boʻldi. Rossiya Ukrainaning ikkinchi yirik shahri Xarkovga bir kechada uyushtirgan bombardimonlaridan soʻng kamida toʻrt kishi halok boʻldi. Xarkov Rossiya chegarasidan 30 km uzoqlikda joylashgan va bir necha bor Moskva havo hujumlari nishoniga olingan.Avvalroq, Xarkovga qilingan hujumda olti kishi jarohatlangan va shaharning eng mashhur diqqatga sazovor joylaridan biri boʻlgan, 1920-yillarda qurilgan Derjprom binosining katta qismi vayron qilingan edi.Ukr

29 Oct 20:50
 
25
0
xs.uz

Rossiya Ukrainaning yana bir qishlogʻini egalladi

Rossiya-Ukraina urushiga 976 kun toʻldi. Ukrainaning Xerson port shahrida yashovchi keksa erkak uning ustiga uchuvchisiz samolyotdan portlovchi moddalar tashlanganidan soʻng halok boʻlgan, yana bir kishi artilleriyadan oʻqqa tutilganini yozgan gubernator Aleksandr Prokudin.Rossiya Mudofaa vazirligi havo hujumidan mudofaa boʻlinmalari chegaradagi Belgorod viloyati hamda Bryansk, Voronej va Kursk viloyatlarini nishonga olgan 21 ta Ukraina dronlarini bir kechada yoʻq qilganini maʼlum qildi.R

11 Nov 03:18
 
14
0
xs.uz

Hizbulloh AQSHni “ogʻiz botirlik”da aybladi

Hizbulloh vakili Ibrohim al-Musaviyning taʼkidlashicha, tashkilot AQSH prezidentligiga qayta saylangan Donald Trampdan maxsus umid kutmayapti. Shunday boʻlsa-da, guruh Livan ' Isroil bilan toʻqnashuvlarning toʻxtashida Vashingtonning taʼsirini inkor eta olmaydi.Maʼlum boʻlishicha, Isroil armiyasi Hizbulloh inshootlari va harbiy obyektlarini nishonga olayotganini aytmoqda, lekin Livanda oʻlimlar soni ortib borayotgani bois koʻplab livanliklar buni tanlamay qilinayotgan xunrezlik deb hiso