calendar 26 Aug 12:29
eye 13
comments 0
comments Manba: xs.uz

Yogʻ ishlab chiqarish sexida 1,6 milliard soʻmlik yaroqsiz alkogol mahsulotlari topildi

image


Bosh prokuratura huzuridagi Departament Izboskan tumanidagi yogʻ ishlab chiqarish sexidan 1,6 milliard soʻmlik isteʼmolga yaroqsiz alkogol mahsulotlari topilganini maʼlum qildi.

Maʼlum boʻlishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi, Izboskan tuman boʻlimi hamda Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy harakatlar aniqlandi.

Qayd etilganda, 'F.S.', 'A.I.', 'A.V.' va 'A.l.' MCHJlar rahbari A.T. Izboskan tumani, 'Qoʻgʻay' MFY hududidagi yogʻ ishlab chiqarish sexida tegishli hujjatlari boʻlmagan umumiy bahosi 1,6 milliard soʻmlik 65 turdagi jami 74 ming 577 dona alkogol mahsulotlarini oʻtkazish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Oʻtkazilgan ekspertiza xulosalariga koʻra, 1052 dona alkogol mahsulotining aksiz markalari qalbakiligi, 72 ming 268 dona alkogol mahsuloti isteʼmolga yaroqsiz ekanligi, shuningdek Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida faoliyat yurituvchi 'A-Sh.', 'B.G.' hamda 'Z.V.' MCHJlardan sotib olingan 29 turdagi 31 ming 060 dona alkogol mahsulotining 'QR-kod' markirovkalari haqiqiy emasligi qayd etilgan.

'Bundan tashqari, Toshkent viloyatidagi 'B.G.' MCHJ masʼul shaxslari litsenziyalanishi lozim boʻlgan faoliyat bilan litsenziyasiz faoliyat koʻrsatib kelayotganliklari fosh etilgan. Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda', deyiladi xabarda.

Avvalroq, Eldor Shomurodov 'Roma'ning mavsumdagi debyut golini urgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

22 Jul 14:10
 
74
0
qalampir.uz

“Chorvoq”dan ikki kishining o‘ligi chiqdi

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani “Burchmulla” MFY hududida joylashgan “Chorvoq suv ombori” havzasida sodir bo‘lgan suv-transport hodisasi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi. Voqea joriy yilning 20 iyul kuni taxminan soat 13:30 da sodir bo‘lgan. 19 yoshli Q.F.  “Yamaxa” rusumli gidroskuterni haydab borayotib, boshqaruvni yo‘qotgan va suv havz

26 Jul 16:56
 
66
0
qalampir.uz

O‘zbekiston jahondagi eng xavfsiz mamlakat deb topildi

O‘zbekiston jahondagi eng xavfsiz mamlakat deb e’tirof etildi. Bu haqda “Xavfsizlik tushunchalari 2023” (SPI) indeksi xabar berdi. Qayd etilishicha, SPI 121 davlatni o‘zida jamlagan ro‘yxatni shakllantirgan. Unga ko‘ra, fuqarolar yashayotgan davlatida qanchalik o‘zini xavfsiz his qilishi haqida global so‘rovnoma o‘tkazilgan. So‘rovnomaning asosini mamlakatdagi oziq-ovqat, suv tanqisligi, zo‘ravonlik darajasi, ob-havo sharoiti, ruhiy sog‘liq, ish joyidagi xavf

26 Jul 14:39
 
69
0
qalampir.uz

YHXBning 26,5 mlrd so‘mlik tenderida qonunbuzilish holati aniqlandi

Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining tender savdolarida “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning buzilish holati aniqlandi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi. Qayd etilishicha, qo‘mitaga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan 2024 yil 10 iyunda boshlang‘ich qiymati 26 mlrd 500 mln so‘mga yaqin o‘tkazilgan tender savdolari yuz

19 Jul 12:42
 
92
0
xs.uz

Sof quyma oltin boʻlagini 11 ming dollarga sotayotgan shaxslar ushlandi

Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida 11 ming AQSH dollariga sof quyma oltin boʻlagini sotayotgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, departamentning Shofirkon tuman boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar I.I. va S.A. noqonuniy daromad orttirish maqsadida fuqarolar N.B. va U.M.ga ogʻirligi 154,3 gramm boʻlgan 1 dona sof quyma oltin boʻlagini 11 mi