calendar 26 Jul 14:39
eye 67
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

YHXBning 26,5 mlrd so‘mlik tenderida qonunbuzilish holati aniqlandi

image

Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining tender savdolarida “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning buzilish holati aniqlandi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, qo‘mitaga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan 2024 yil 10 iyunda boshlang‘ich qiymati 26 mlrd 500 mln so‘mga yaqin o‘tkazilgan tender savdolari yuzasidan murojaat kelib tushgan. 

Qo‘mita tomonidan murojaatga asosan olib borilgan o‘rganishlarda tender savdolari yo‘l belgilari uchun bo‘yoqlar va  shisha mahsulotlarni xarid qilish uchun o‘tkazilgani ma’lum bo‘lgan.

Ishni ko‘rib chiqish natijasida, “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunining 29-moddasi talablari buzilgan deb topilib, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasiga nisbatan tender savdo natijasini haqiqiy emas deb topish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan. Shuningdek, ushbu qonunbuzilish holatiga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxsga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikni belgilash masalasi ko‘rib chiqiladi. 

Ma’lumot o‘rnida, Maxsus komissiyaning ushbu qaroridan norozi bo‘lgan tomon qo‘mitaning Apellyatsiya kengashiga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.

“Raqobat qo‘mitasi  davlat xaridlarini o‘tkazishda “Raqobat to‘g‘risida”gi  va  “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunlariga rioya etilishi yuzasidan  doimiy ravishda  monitoring  ishlari olib bormoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Raqobat qo‘mitasi 1,4 mlrd so‘mlik tender yuzasidan Ma’naviyat markaziga nisbatan ish qo‘zg‘atgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 15:25
 
61
0
xs.uz

Anhor bogʻida rejalashtirilgan “lenta-shou” bekor qilindi

Oʻrganishda parkdagi Amfiteatrda 'lenta-shou' uyushtirilishi, bunda animatorlar lentalarni aylantirib, tomosha koʻrsatishi, osmondan lentalar yogʻdirishi aniqlangan.Vazirlik tashkilotchilariga bu kabi shoular atrof-muhitning ifloslanishiga sabab boʻlishi, ekologiya uchun zararli ekanini tushuntirganini taʼkidlagan va 'lenta-shou' bekor qilinib, blogerlar tomonidan tarqatilgan videolar oʻchirtirilgan.Vazirlik xiyobonlar, dam olish maskanlari, koʻngilochar obyektlar mutasaddilarini yuqorida

26 Jul 10:20
 
41
0
qalampir.uz

Yil boshidan beri noqonuniy ov qilgan 300 ga yaqin kishi jazolandi

2024 yilning birinchi yarmida ov qilish va baliq ovlash qoidalarini buzish bilan bog‘liq 298 nafar shaxsga nisbatan 957 mln so‘mlik jarima belgilandi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi. Qayd etilishicha, o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida “O‘zbekiston ovchi va baliqchilar sport birlashmasi”ning Andijon, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Namangan, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari bo‘linmalari tomonidan ov yo‘llanma

11 Jul 15:12
 
61
0
xs.uz

Parlament soʻrovi natijalari koʻrib chiqildi

Senatning 54-yalpi majlisida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning sifat tarkibini yaxshilash, oʻsimlik va hayvonot dunyosini asrash hamda kadastrini yuritish holati yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament soʻrovi natijalari koʻrib chiqildi.Parlament soʻroviga berilgan javob orqali respublikamizda oʻziga xos, noyob, qimmatli tabiiy obyektlar va majmualarni, oʻsimliklar va hayvonlarning fondini saqlab qolish, shuningdek, tabiiy jarayonlarni oʻrganish maqsadida muhofaza etilad

24 Aug 17:26
 
8
0
xs.uz

IIOda maxsus unvon uchun xizmat oʻtash muddatlari oʻzgardi

Hujjatga koʻra, ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritildi. Xususan, maxsus unvonda xizmat oʻtash muddatlarining ayrimlari quyidagicha belgilanadi:Davlat bojxona xizmati organlarida xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritilib, maxsus unvonda xizmat oʻtash muddatlarining ayrimlari oʻzgardi:Bundan tashqari, Fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, harbiy