calendar 26 Jul 16:56
eye 71
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

O‘zbekiston jahondagi eng xavfsiz mamlakat deb topildi

image

O‘zbekiston jahondagi eng xavfsiz mamlakat deb e’tirof etildi. Bu haqda “Xavfsizlik tushunchalari 2023” (SPI) indeksi xabar berdi.

Qayd etilishicha, SPI 121 davlatni o‘zida jamlagan ro‘yxatni shakllantirgan. Unga ko‘ra, fuqarolar yashayotgan davlatida qanchalik o‘zini xavfsiz his qilishi haqida global so‘rovnoma o‘tkazilgan. So‘rovnomaning asosini mamlakatdagi oziq-ovqat, suv tanqisligi, zo‘ravonlik darajasi, ob-havo sharoiti, ruhiy sog‘liq, ish joyidagi xavfsizlik tashkil qilgan.

Xususan, O‘zbekiston 0,072 foiz xavf-xatar darajasi bilan birinchi o‘rinda qayd etilgan. Ikkinchi o‘rinda esa 0,073 foiz bilan Birlashgan Arab Amirliklari joy olgan. Keyingi o‘rinni Saudiya Arabistoni (0,093) egalladi.

Qo‘shni mamlakatlardan Qozog‘iston (0.128 foiz) 14-, Tojikiston (0,130 foiz) 17-, Qirg‘iziston (0,155 foiz) 26-, Afg‘oniston (0,397 foiz) esa 112-o‘rindan joy olgan.

Shuningdek, G‘arbiy Afrikada joylashgan Mali Respublikasi 0.587  xavf darajasi bilan so‘nggi o‘rinni egalladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Sep 00:22
 
25
0
xs.uz

Modulli mehmonxona qurish va jihozlash uchun subsidiya ajratiladi

Hukumat qarori bilan 'Modulli mehmonxonani qurish va jihozlash uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisida'gi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi. Unga koʻra, subsidiya 2024-yil 1-oktyabrdan 2026-yil 1-noyabrgacha muvofiqlik sertifikati berilgan yangi tashkil etilgan hamda kamida 10 ta moduldan iborat boʻlgan modulli mehmonxona uchun uning toifasidan qatʼi nazar ajratiladi. Subsidiya modulli mehmonxonada yaratilgan har bir joy uchun 1 mln soʻmdan belgilanadi. Tadbirkor subsidiya olish

09 Oct 12:39
 
10
0
xs.uz

Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi

Oʻzbekistonda chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi. Bu haqda Adliya vazirligi'xabar berdi.Maʻlum qilinishicha, prezident farmoni bilan chiqindilar bilan ishlash masalalarida aholi va sanitar tozalash korxonalari oʻrtasida bogʻlovchi boʻgʻin sifatida Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi negizida Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi.Farmonga koʻra, chiqindil

09 Oct 12:39
 
11
0
xs.uz

Prezidentning yangi qarori eʼlon qilindi

'Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik sohasida davlat siyosatini takomillashtirish va samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi Prezident Qarori qabul qilindi. Qarorga koʻra, 'Kambagʻallikdan farovonlik sari' dasturi doirasida quyidagilar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilandi, jumladan: mehnat bozorini, band va ishsiz aholini tarkibiy tahlil qilish, ishsizlarni manzilli aniqlash va ularning hisobini yuriti

24 Aug 17:26
 
28
0
xs.uz

Ozarbayjon Prezidenti Koʻksaroy qarorgohida tantanali kutib olindi

23-avgust kuni Ko'ksaroy qarorgohida mamlakatimizga davlat tashrifi bilan kelgan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevni tantanali kutib olish marosimi bo'lib o'tdi.Ikki davlat bayroqlari bilan bezatilgan maydonda Ozarbayjon Prezidenti sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy kutib oldi va shohsupaga taklif qildi. O'zbekiston va Ozarbayjon davlat madhiyalari yangradi.Yetakchilar faxriy qorovul safi oldida