calendar 20 Sep 00:22
eye 13
comments 0
comments Manba: xs.uz

Modulli mehmonxona qurish va jihozlash uchun subsidiya ajratiladi

image
Hukumat qarori bilan 'Modulli mehmonxonani qurish va jihozlash uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisida'gi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi. Unga koʻra, subsidiya 2024-yil 1-oktyabrdan 2026-yil 1-noyabrgacha muvofiqlik sertifikati berilgan yangi tashkil etilgan hamda kamida 10 ta moduldan iborat boʻlgan modulli mehmonxona uchun uning toifasidan qatʼi nazar ajratiladi. Subsidiya modulli mehmonxonada yaratilgan har bir joy uchun 1 mln soʻmdan belgilanadi. Tadbirkor subsidiya olish uchun ariza taqdim etish vaqtida quyidagi talablarga javob berishi lozim: soliq va yigʻimlar boʻyicha qarzdorligi boʻlmasligi; qayta tashkil etish yoki tugatish jarayonida boʻlmasligi; faoliyati qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda vaqtincha toʻxtatilgan boʻlmasligi; sud qarori asosida toʻlovga qobiliyatsiz deb eʼlon qilingan boʻlmasligi; modulli mehmonxonaga berilgan muvofiqlik sertifikati hamda yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat mavjudligi. Subsidiya olish uchun tadbirkor davlat xizmatlari markaziga yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali Turizm qoʻmitasiga belgilangan shaklda ariza bilan murojaat qiladi. Qoʻmita ariza kelib tushgan kundan 15 ish kunida uning Nizomda belgilangan talablarga muvofiqligini joyiga chiqqan holda oʻrganib chiqadi. Qoʻmita arizani oʻrganib chiqib, 1 ish kunida subsidiya berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi hamda qarorning elektron nusxasini qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran 1 ish kunida ariza beruvchiga yuboradi. Nizom 2024-yil 1-oktyabrdan 2026-yil 31-dekabrgacha amal qiladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

25 Sep 13:14
 
6
0
xs.uz

Prezident yangi Qonunni imzoladi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-963-son, 20.09.2024-y.) bilan ayrim qonun hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.Qonunga koʻra, ayrim qonun hujjatlariga yangi tahrirdagi Konstitutsiyada mustahkamlangan, OAVlarning faoliyati hamda insonning asosiy huquq va erkinliklari bilan bogʻliq huquqiy normalar belgilanishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.Shuningdek, 'Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida'gi Qonuniga kiritilgan qoʻshimchaga koʻr

24 Aug 17:26
 
21
0
xs.uz

Toshkent va Samarqandda oʻtkazilayotgan xalqaro kongressda 35 da davlatidan olimlar ishtirok etmoqda

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Bugun joriy yilning 23-26-avgust kunlari Toshkent va Samarqandda oʻtkazilayotgan 'Buyuk ajdodlar merosi ' Uchinchi renessans poydevori' VIII xalqaro kongressi tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.Kongressini Oʻzbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi direktori, Oʻzbekiston madaniy merosini asrash, oʻrganish va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati Boshqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqov kirish soʻzi bilan ochdi.Mazkur nufuzli anjumanda duny

19 Aug 07:03
 
38
0
xs.uz

Dam olish kunlari harorat +27 darajagacha pasayadi

Dam olish kunlari salqin havo Oʻzbekistonning barcha hududlariga tarqaladi, deya xabar bermoqda Oʻzgidromet agentligi.Sinoptiklarga koʻra, shanba kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarining ayrim joylarida, yakshanba kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining baʼzi joylarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.Baʼzi joylarda shamol tezligi 15html5-dom-document-internal-entity1-minus-end20 m/s gacha kuchayishi, chan

24 Aug 17:26
 
17
0
xs.uz

Endilikda aholi va tadbirkorlarga majburiyat yuklaydigan hujjatlar yozilishidan oldin baholanadi

Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining 'Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi Farmoni qabul qilindi.Farmon 243 ta qonunchilik hujjatidagi oʻz ahamiyatini yoʻqotgan, samaradorligi yuqori boʻlmagan va amalga oshirish mexanizmlari bilan taʼminlanmagan hamda korrupsiyaviy xatarlarni kelitirib chiqarishi mumkin boʻlgan 350 ta norma va huquqiy boʻshliqlarni bekor qilishni nazarda tuta