calendar 09 Oct 12:39
eye 12
comments 0
comments Manba: xs.uz

Prezidentning yangi qarori eʼlon qilindi

image
'Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik sohasida davlat siyosatini takomillashtirish va samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi Prezident Qarori qabul qilindi. Qarorga koʻra, 'Kambagʻallikdan farovonlik sari' dasturi doirasida quyidagilar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilandi, jumladan: mehnat bozorini, band va ishsiz aholini tarkibiy tahlil qilish, ishsizlarni manzilli aniqlash va ularning hisobini yuritish; aholi bandligini taʼminlash dasturlarini shakllantirish, boʻsh ish oʻrinlari hisobini yuritish, ishsizlarni ishga; kambagʻallikni qisqartirish; hokim yordamchilari faoliyatini muvofiqlashtirish; Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tugatildi. 2025-yil 1-dekabrgacha: - 50 ta tumanda, 2026-yilda qolgan tumanlarda 50'100 gektardan ijara asosida ajratilgan qishloq xoʻjaligi yer maydonlarida sanoatlashgan plantatsiya, bogʻ va uzumzorlar tashkil etiladi; - ijara asosida yer maydonlari ajratilgan tumanlarda kamida 40 gektar maydonda 'bir kontur ' bir mahsulot' tamoyili asosida yuqori daromadli va eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish boʻyicha namunaviy loyihalar amalga oshiriladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:39
 
18
0
xs.uz

Prezident bir guruh oʻqituvchi va murabbiylarni mukofotladi

Prezident 'Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan taʼlim-tarbiya tizimida alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida'gi farmonni imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.'Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi' faxriy unvoni bilanAbduraxmanova Ozoda Dexkanboyevna - Quyi Chirchiq tumanidagi 25-umumiy oʻrta taʼlim maktabining biologiya fani oʻqituvchisi, Toshkent viloyatiAkramov Nabijon Kurbonovich - Marhamat tumanidagi 3-ixti

09 Oct 12:39
 
13
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Moskvaga tashrif buyuradi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga tashrif buyuradi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, Prezident 7'8-oktyabr kunlari Moskvada boʻladi.Davlatimiz rahbari MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi doirasidagi tadbirlarda ishtirok etadi.

09 Oct 12:39
 
20
0
xs.uz

Ish haqi, eng kam ish haqi va BHM oshiriladi. 1-oktyabrdan Oʻzbekiston qonunchiligida yana nimalar oʻzgaradi?

Quyida joriy yilning 1-oktyabr kunidan Oʻzbekiston qonunchiligida qanday oʻzgarishlar kuchga kirishi haqida axborotga ega boʻlishingiz mumkin. Mazkur sharhini Norma.uz portali taqdim etdi.Ish haqi, eng kam ish haqi va BHM oshiriladiByudjet tashkilotlarida ishlaydigan tibbiyot xodimlari, shuningdek maktabgacha, umumtaʼlim, oʻrta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari va tashkilotlari, 'Muruvvat' internat uylari, Bolalar uylari va 'Mehribonlik' uylari, bolalar sanatoriy

10 Oct 08:25
 
21
0
xs.uz

Qashqadaryoda “Mercedes-Benz” va “Labo” toʻqnashuvida ikki kishi halok boʻldi

Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumanida yuz bergan yoʻl-transport hodisasida ikki kishi vafot etdi. Bu haqda viloyat YHXB matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 7-oktyabr kuni soat 14:20 larda Qoratikan mahallasi hududidan oʻtuvchi yoʻlda sodir boʻlgan. Haydovchi B.T. boshqaruvidagi 'Mercedes-Benz' avtomobili qarshisidan kelayotgan haydovchi Q.S. boshqaruvidagi 'Labo' bilan toʻqnashgan.YTH оqibatida 'Labo' ichida boʻlgan 2 nafar fuqaro voqea joyida halok boʻlgan