calendar 24 Aug 05:10
eye 21
comments 0
comments Manba: daryo

Italiyaliklarning siz kutmagan odatlari va mamlakatni butunlay boshqa tomondan ochib beruvchi qiziqarli faktlar

image

Ko‘pchilik Italiyani go‘zal joylari, mazali oshxonalari, zamonaviy uylari va mamlakat chegaralari konturli geografik xaritada etikka o‘xshashi bilan yodga oladi. Biroq bu davlatda ko‘plab kutilmagan hodisalar ham mavjud. AdMe nashri quyidagi ma’lumotlar asosida Italiyani butunlay boshqa tomondan ko‘rsatishga harakat qildi.

Italiyada “toza likoplar jamiyati” mavjud

Foto: AdMe

Mazali taomdan so‘ng Italiya aholisi “fare la scarpetta” deb nomlangan harakatni amalga oshiradilar. Bunda bir bo‘lak non bilan qolgan sousni yig‘ib, yeb qo‘yadilar. Har bir oshpaz uchun xo‘randa qaytargan toza idish har qanday maqtovdan ko‘ra yoqimliroqdir.

O‘n yillar davomida bu odatni sevuvchilar va estetikaga amal qiluvchilar o‘rtasida buni uydan tashqarida qilish qanchalik o‘rinli ekanligi haqida munozaralar bo‘lib kelgan. Natijada ovqat shinavandalari g‘alaba qozonishdi. Italiya odobi shuni ko‘rsatadiki, qolgan sousni bir bo‘lak non bilan yig‘ib yeyish maqsadga muvofiq, lekin sanchqi yordamida. Biroq mahalliy aholi agar ular rasmiy tadbirda bo‘lmasa, baribir qaysarlik bilan buni qo‘lda qiladilar.

Italiyada o‘ziga xos kasalliklar mavjud

Foto: AdMe

Italiyaliklar bir qator kasalliklarni o‘ziga xos tarzda tushuntira oladilar. Shifokorga borishni talab qilmaydigan o‘zini yomon his qilish “hammasi yelvizakdan” yoki “fasllar o‘zgarib turadi” iboralari bilan ifodalanadi. Bunday tashxis tananing har qanday joyidagi kasalliklar uchun universaldir. Agar mahalliy odam “Meni jodugar urdi” desa, uni xurofotchi deb o‘ylamang. Bu shunchaki og‘ir qutini keskin ko‘targanda uning beli qotib qolganligini anglatadi.

Hojatxona suvini tushirish ham sayyohlar uchun yana bir vazifa

Foto: AdMe

Italiyadagi umumiy hojatxonalarda tashrif buyuruvchilar drenaj tugmachasini topishga ko‘p vaqt sarflashlari mumkin. Suv bakini ko‘pchilik uchun odatiy joyga — hojatxonaning yoniga qo‘yish bu yerda odat emas. Uni eski usulda to‘g‘ridan to‘g‘ri shiftga osib qo‘yish me’yor hisoblanadi. Suvni tushirish uchun bakka osilgan zanjirni tortish lozim.

Plyajda dengiz chig‘anog‘ini yig‘ganlik uchun jarimaga tortilish mumkin

Foto: AdMe

Italiya aholisi iloji boricha o‘z vatanining tabiatini saqlab qolishga intiladi. Shuning uchun ba’zi joylarda, masalan, Sardiniyada, qirg‘oq bo‘yi alohida himoyada. Suvenir sifatida olingan chig‘anoqli oq qum uchun sayyohlarga jarima solinadi yoki hibsga olinadi.

G‘iybat qilish — ijtimoiy hayotning muhim qismi

Foto: AdMe

Mahalliy aholi o‘z tanishlari haqida bemalol g‘iybat qilishadi. Ular buni odatda yomon niyatsiz qiladilar. Shunchaki, italiyaliklar norasmiy muloqotni yaxshi ko‘radilar va bunday suhbatlar begonalar o‘rtasida ham aloqa o‘rnatadi, muammolardan chalg‘itishga yordam beradi. Erkaklar ham, ayollar ham tasodifiy suhbatdoshlar bilan qo‘shnilari va tanishlarining shaxsiy hayotini bemalol muhokama qilishadi, hamkasblarini rosa g‘iybat qilishadi.

Italiyaliklar qarishdan qo‘rqmaydi

Foto: AdMe

Bu yerda pasportdagi raqam odam yoshini baholash mezoni sifatida qaralmaydi. Italiya aholisi uchun har qanday yosh qadrli. Ayollar ham, erkaklar ham 60-70 yoshda uchrashuvga yoki tungi klubga bormaslik uchun “poyezd ketib bo‘lgan” iborasini ishlatmaydi.

Italiyalik erkaklar his-tuyg‘ularini omma oldida ko‘rsatishdan uyalmaydi

Foto: AdMe

Jamiyat jinsidan qat’i nazar, his-tuyg‘ularning har qanday ifodasini qoralamaydi. Erkaklar sevimli futbol jamoasidan ayrilishidan yoki filmning ta’sirli yakunlanishidan ko‘z yoshlarini tiyishga harakat qilishmaydi. Bundan tashqari, italiyaliklar yaxshi kayfiyatda quvnoq kulishi bilan birga, biror narsani yoqtirmasalar, juda g‘azablanishadi ham.

Italiyada unashtiruvdan to‘ygacha bo‘lgan muddatning  cho‘zilishi tabiiy hol

Foto: AdMe

Italiyalik erkaklar odatda sevgan ayoliga osonlikcha va ikkilanmasdan turmush qurish taklifini berishadi. Ammo orzu qilingan uzukni taqish bilan to‘y o‘rtasida ko‘p yillar o‘tishi mumkin. Sevishganlar to‘yga tayyor bo‘lganda yakshanba kunini belgilashga harakat qilishadi: haftaning bu kuni juma kunidan farqli o‘laroq, eng qulay kun hisoblanadi.

Italiyaliklar ajrashgan taqdirda, sobiq turmush o‘rtog‘idan aliment talab qilishlari mumkin

Foto: AdMe

Agar er-xotin ajrashishga qaror qilgan bo‘lsa, iqtisodiy jihatdan zaif tomon aliment to‘lashni talab qilishi mumkin. Uning miqdori alohida holatda sud tomonidan belgilanadi. Aliment to‘lash muddati faqat oluvchi yana turmushga chiqishi bilan cheklanadi.

Italiyaga ko‘chib o‘tganingiz uchun sizga 28 ming yevro to‘lanishi mumkin

Foto: AdMe

Italiyaliklar qadimgi qishloqlarning yo‘q bo‘lib ketishidan xavotirda. Shu bois hukumat mamlakatga joylashishni istaganlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Faqat bir shart bilan — yangi kelganlar kichik aholi punktlariga joylashsalar va yaqin kelajakda turizm xizmatlarini ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi yoki hunarmandchilik bilan shug‘ullanadigan kichik biznes ochsalargina, bunday imkoniyatdan foydalanishlari mumkin.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

07 Mar 20:08
 
98
0
qalampir.uz

Trampning respublikachilar orasidagi so‘nggi raqibi ham prezidentlik poygasidan chiqdi

AQSHning BMTdagi sobiq elchisi va Janubiy Karolinaning sobiq gubernatori Nikki Xeyli Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod bo‘lish uchun kurashdan chiqishini e’lon qildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.  Nikki Xeyli AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampning Respublikachilar partiyasidagi so‘nggi raqibi edi. “Kampaniyamni to‘xtatish vaqti keldi. Men hech narsadan afsuslanmayman”, deydi Nikki Xeyli tarafdorlari bilan suhbatda. &ldquo

23 Apr 03:36
 
17
0
xs.uz

Qozogʻiston 25 yoshgacha boʻlgan shaxslarga qimor oʻynashni taqiqlamoqchi

Deputat Elnur Beysenboyevning soʻzlariga koʻra, blogerlar va boshqa qozogʻistonliklarga bukmeykerlar va onlayn kazinolarni reklama qilish taqiqlanadi. Buning uchun ular 221 520 tenge (taxminan 6,3 million soʻm) jarimaga tortiladi.Qonun loyihasida quyidagi oʻzgartirishlar nazarda tutilgan:' 25 yoshga toʻlgan qozogʻistonliklar qimor oʻynashi mumkin boʻladi;' reestrdagi qarzdorlar uchun qimor oʻyinlarini taqiqlash joriy etildi;' bukmeykerlik idoralari va bukmeykerlik shoxobchalarining bin

23 Apr 03:36
 
13
0
xs.uz

Ukraina TIV Yevropani boʻshashmaslikka chaqirdi

Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Yevropa Ittifoqi siyosatchilariga AQSH Kongressi Vakillar palatasining Kiyevga yordam ajratish toʻgʻrisidagi qarori tufayli boʻshashmaslik kerakligini aytdi.Shu yilning 20-aprel kuni AQSH Kongressi Vakillar palatasi koʻpchilik ovoz bilan Ukrainaga salkam 61 milliard dollar ajratish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini qabul qildi.'Biz hammamiz AQSH Kongressi Vakillar palatasining qarorini olqishlaymizhtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-end Lekin

11 Apr 13:56
 
44
0
qalampir.uz

Gruziya Yevropa va Rossiyadan birini tanlashi kerak – Zurabishvili (video)

north_east Gruziyada G‘arbga yoqmaydigan qonun yana kun tartibiga chiqyapti Gruziya mustaqillik yoki qullik, Yevropa yoki Rossiya orasidagi tanlov oldida turibdi. Bu haqda bugun, 9 aprel kuni Gruziya Prezidenti Salome Zurabishvili o‘zining X ijtimoiy termog‘idagi sahifasida yozdi. Unga ko‘ra, tanlov har doim aniq bo‘lib kelgan. Prezident posti ostida jurnalistlarga bergan intervyusidan parchani ilova qilgancha, bugungi kunnin