calendar 11 Apr 13:56
eye 59
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Gruziya Yevropa va Rossiyadan birini tanlashi kerak – Zurabishvili (video)

image
Gruziyada G‘arbga yoqmaydigan qonun yana kun tartibiga chiqyapti north_east

Gruziyada G‘arbga yoqmaydigan qonun yana kun tartibiga chiqyapti

Gruziya mustaqillik yoki qullik, Yevropa yoki Rossiya orasidagi tanlov oldida turibdi. Bu haqda bugun, 9 aprel kuni Gruziya Prezidenti Salome Zurabishvili o‘zining X ijtimoiy termog‘idagi sahifasida yozdi.

Unga ko‘ra, tanlov har doim aniq bo‘lib kelgan. Prezident posti ostida jurnalistlarga bergan intervyusidan parchani ilova qilgancha, bugungi kunning ahamiyati Gruziya mustaqilligining daxlsizligida ekanini bildirgan.

“Bu kunning ahamiyati Gruziya mustaqilligining daxlsizligidadir. Bizni hech kim parchalay olmaydi. Hech kim – na bugun, na ertaga, na indinga”, degan u.

Qolaversa, u Gruziyaga rus yozuvi, rus bayrog‘i yoki rus qulligi hech qachon kirmasligini va g‘alaba qozonmasligini bildirgan. 

“Biz 9 aprelda (SSSRdan mustaqillik kuni) sodir bo‘lgan voqeani takrorlashni xohlaymizmi yoki 1991 yil 9 aprel ruhiga intilamizmi? Bu Gruziya mustaqilligi yoki qulligi bo‘ladi”, degan Prezident.

So‘zi yakunida Zurabishvili Gruziya Yevropa yoki Rossiyani tanlashi kerakligini bildirgan va mamlakat qanday tanlov qilish kerakligini bilishini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 yanvar kuni Gruziya Prezidenti Salome Zurabishvili mamlakatning yagona dushmani Rossiya ekanini aytgan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
19
0
qalampir.uz

G‘azo va Ukrainadagi urushlarni tugatishga harakat qilaman – Bayden 

AQSH Prezidenti Jo Bayden G‘azodagi urushni tugatish va Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun harakat qilishga va’da berdi. Bu haqda u prezidentlik poygasini tark etganidan so‘ng birinchi marta jamoatchilikka murojaatida ma’lum qildi. Bayden prezidentlik muddatining qolgan qismini ichki va tashqi siyosatdagi muhim mavzularga qaratish bilan o‘tkazishini va kam ta’minlangan oilalar uchun xarajatlarni qisqartirish, iqtisodiyotni rivojlantirish va demokratiya va inson huquqlari kabi so

05 Jul 19:52
 
25
0
qalampir.uz

Orban Moskvaga bordi (video)

Bugun, 5 iyul kuni Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashish maqsadida Moskva shahriga bordi. Bu haqda Vengriya Bosh vazirining matbuot kotibi Bertalan Xavashi xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, Viktor Orban Moskvada Putin bilan uchrashib, muzokaralarni boshlab yuborgan. Putin Orbandan Vengriya va Yevropa Ittifoqining Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha pozitsiyasi bilan tanishtirishni aytdi. Shuningdek, Ukrainadagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal et

05 Jun 21:49
 
163
0
qalampir.uz

SHHTga a’zo davlatlar rahbarlari Ostonada yig‘iladi

Joriy yilning 3-4 iyul kunlari Qozog‘istonning Ostona shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Qozog‘iston Prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda. Sammitda SHHTga a’zo davlatlar rahbarlari siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikning keng ko‘lamli dolzarb masalalarini ko‘rib chiqadilar. “Forumda kuzatuvchi davlatlar rahbarlari va muloqot bo‘yicha hamkorlar ishtirok etishi kutilmoqda”, deyiladi Oq o‘rda xabarida.

25 Jun 14:44
 
55
0
qalampir.uz

Putin bilan muloqotga tayyorman – Makron 

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan muloqot qilishga tayyor ekanini bildirdi. Bu haqda u “Generation Do It Yourself” podkastida so‘z ochdi. “Men Putin bilan muloqotni davom ettirgan bo‘lardim va bunga tayyorman ham. Biz so‘nggi oylarda bir-birimiz bilan muloqot qilganimiz yo‘q, lekin men u yoki bu masala bo‘yicha gaplashish imkoniyati tug‘ilsa, buni rad qilmayman”, degan Makron. Fransiya yetakchisi, shuningdek,