calendar 27 Jul 17:40
eye 94
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

“Qamchiq”da Mercedes-Benz Sprinter va 3 ta yuk avtomobili ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

image

Bugun, 27 iyul kuni “Vodiy-Toshkent” yo‘lida Mercedes-Benz Sprinter va 3 ta yuk avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea soat 05:00 larda “Qamchiq” dovoni hududidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lining 247-kilometrida yuz bergan. 1983 yilda tug‘ilgan haydovchi A.K. CAMC rusumli yuk avtomobilida harakatlanayotib, ehtiyotsizlik sabab o‘zi bilan bir yo‘nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan Isuzu hamda Howo yuk avtomobillari bilan to‘qnashgan va yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketib Mercedes-Benz Sprinter rusumli avtomobiliga borib urilgan.

YTH oqibatida CAMC rusumli yuk avtomobilida yong‘in yuzaga kelgan. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida CAMC rusumli yuk avtomobili haydovchisi va 1995 yilda tug‘ilgan yo‘lovchi B.T. tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Qamchiq” dovonida yo‘lida Equinox rusumli avtomobil yonib ketgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Jul 12:48
 
72
0
qalampir.uz

Rossiyada narkotik saqlashda ayblangan o‘zbekistonlik 13 yilga qamaldi

Rossiyada O‘zbekiston fuqarosi geroin sotganlikda ayblanib, 13 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda “Ural Insider” axborot agentligi xabar berdi. Qayd etilishicha, Perm shahrining Sverdlovsk tuman sudi O‘zbekiston Respublikasida tug‘ilgan 25 yoshli fuqaroni 5 ta jinoyat sodir etganlikda, shu jumladan, Rossiya Jinoyat kodeksining 228-moddasi (giyohvandlik vositalarini katta miqdorda sotish)ga ko‘ra, aybdor deb topib, 13 yilga ozodlikdan mahrum qilgan. Aniqlanish

15 Jul 12:03
 
99
0
qalampir.uz

Konditsionerli kupeda konditsionerdan darak yo‘q. Yo‘lovchilar norozi (video)

Ijtimoiy tarmoqda kecha, 12 iyul kuni bir nechta o‘zbek kinosi va estradasi yulduzlari yo‘lovchi poyezdning ichki sharoiti yomonligi, jumladan, sovitish tizimi ishlamayotgani, shuningdek, tom qismidan qum tushib, dimog‘iga kirayotganidan shikoyat qilgani tasvirlangan video tarqaldi. Mazkur holat bo‘yicha “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ munosabat bildirdi. Ma’lum bo‘lishicha, bir guruh san’atkorlar poyezdda safarga chiqqan, ularga konditsioneri bor kupe uchun chipt

11 Jul 10:36
 
48
0
qalampir.uz

Qashqadaryoda 15 yashar qizni jinsiy qullikda saqlagan ayolga sud hukmi o‘qildi

Qashqadaryo viloyatida voyaga yetmagan qizni o‘z uyida saqlab, uni jinsiy aloqa qilishga jalb qilgan ayol qamaldi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi. Qayd etilishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrisabz tuman sudida 2009 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan qizga nisbatan sodir etilgan jinsiy jinoyatlar yuzasidan yopiq tarzdagi sud muhokamasi bo‘lib o‘tgan. Joriy yilning 8 aprel kuni sud sudlanuvchilarni aybli deb topgan. Jumladan, sudlanuvchi ayol N.A. Jinoyat kodeksining 135-

15 Jul 12:03
 
45
0
qalampir.uz

Toshkentda aholidan yig‘ilgan mablag‘ni talon-toroj qilgan mansabdorlar ushlandi

Toshkentda aholidan yig‘ilgan mablag‘ni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan mahallaga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv servis kompaniyasi mansabdorlari ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Uchtepa tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda tumandagi “K.Ch.” va “B.” mahallalari aholisiga xizmat ko