calendar 27 Jul 18:23
eye 87
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Zelenskiy dekabrgacha Ukrainada tinchlikka erishish rejasini tayyorlamoqchi

image

2024 yil noyabr oyi oxirigacha Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy tinchlikka erishish bo‘yicha harakatlar rejasini ishlab chiqishni rejalashtirmoqda. Bu haqda u NHK televideniyesiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Men o‘z ma’muriyatim va diplomatik jamoamiz oldiga tegishli vazifani qo‘ydim, o‘ylaymanki, reja noyabr oyi oxiriga qadar tayyor bo‘ladi”, deydi Zelenskiy.

U Ukraina armiyasining kuchayishi, birinchi navbatda Qo‘shma Shtatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi va Rossiyaga xalqaro diplomatik bosim “urushni adolatli yakuniga yetaklaydigan uchta komponent” ekaniga ishonch bildirgan.

Ukraina Prezidenti mojaroni muzlatish bo‘yicha norasmiy takliflar olganini, biroq ularni qabul qila olmasligini ta’kidladi. Shuningdek, u harakatlar rejasining asosini Ukrainaning hududiy yaxlitligi masalasi tashkil etishini va bu mavzu manfaatdor davlatlar bilan mohiyatan muhokama qilinishini qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy 2024 yilning oxirigacha urushning qiyin davri yakunlanishi mumkinligini ma’lum qilgandi.

Azizbek Eshmamatov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

21 Jul 17:50
 
82
0
xs.uz

Janubiy Koreyaning birinchi xonimi hashamatli sumka tufayli 12 soat soʻroq qilindi

Seul markaziy okrugi prokuraturasi Janubiy Koreyaning birinchi xonimi Kim Gon Xini ruhoniydan 'Christian Dior' sumkasi va boshqa qimmatbaho sovgʻalarni olgani haqidagi ayblovlar yuzasidan soʻroq qildi. Bu haqda 'Yonhap' axborot agentligi xabar bermoqda.'Prokurorlar Kim Gon Xini ruhoniydan qimmatbaho sovgʻalar, jumladan, 'Christian Dior' sumkasini olish bilan bogʻliq mojaro, shuningdek, uning aksiyalar bilan bogʻliq firibgarlik ishiga aloqadorligi boʻyicha soʻroq qilishdi', deyiladi agentl

21 Jul 16:06
 
53
0
xs.uz

AQSHning 12 shtatida yangi kasallikning tarqalishi kuzatildi

Amerika Qoʻshma Shtatlarining 12 shtatida listerioz kasalligining tarqalishi kuzatilmoqda. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, ushbu xastalik bilan 28 kishi kasalxonaga yotqizilgan, yana toʻrt kishi vafot etgan. U bilan bogʻliq oʻlim holatlari Illinoys va Nyu-Jersi shtatlarida, eng koʻp kasallanganlar Merilend va Nyu-Yorkda qayd etilgan.Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish federal markazlarining xabar berishicha, kasallangan 10 kishidan toʻqqiz nafari doʻkonlarda sotib olingan goʻsht i

26 Jul 10:19
 
51
0
qalampir.uz

G‘azo va Ukrainadagi urushlarni tugatishga harakat qilaman – Bayden 

AQSH Prezidenti Jo Bayden G‘azodagi urushni tugatish va Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun harakat qilishga va’da berdi. Bu haqda u prezidentlik poygasini tark etganidan so‘ng birinchi marta jamoatchilikka murojaatida ma’lum qildi. Bayden prezidentlik muddatining qolgan qismini ichki va tashqi siyosatdagi muhim mavzularga qaratish bilan o‘tkazishini va kam ta’minlangan oilalar uchun xarajatlarni qisqartirish, iqtisodiyotni rivojlantirish va demokratiya va inson huquqlari kabi so

14 Aug 06:38
 
14
0
xs.uz

Rossiyaning sobiq prezidenti Germaniyaga qattiq tahdid qildi

Rossiyaning sobiq prezidenti Dmitriy Medvedev Germaniyani qattiq ogohlantirib, Berlinga rus tanklarini yuborish bilan tahdid qildi. Bu haqda 'Newsweek' nashri xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, bu bayonot Germaniyaning 'Bild' gazetasining Medvedevni nemis tanklarining Rossiya hududiga qaytishini nishonlashda ayblagan maqolasiga javoban bildirildi. Medvedevning izohlari Rossiya va NATO davlatlari oʻrtasidagi munosabatlarni yanada keskinlashtirdi.Medvedev 'X' ijtimoiy tarmoqdagi postida Germaniyan