calendar 21 Jul 17:50
eye 85
comments 0
comments Manba: xs.uz

Janubiy Koreyaning birinchi xonimi hashamatli sumka tufayli 12 soat soʻroq qilindi

image
Seul markaziy okrugi prokuraturasi Janubiy Koreyaning birinchi xonimi Kim Gon Xini ruhoniydan 'Christian Dior' sumkasi va boshqa qimmatbaho sovgʻalarni olgani haqidagi ayblovlar yuzasidan soʻroq qildi. Bu haqda 'Yonhap' axborot agentligi xabar bermoqda.

'Prokurorlar Kim Gon Xini ruhoniydan qimmatbaho sovgʻalar, jumladan, 'Christian Dior' sumkasini olish bilan bogʻliq mojaro, shuningdek, uning aksiyalar bilan bogʻliq firibgarlik ishiga aloqadorligi boʻyicha soʻroq qilishdi', deyiladi agentlik xabarida.

Material mualliflarining qoʻshimcha qilishicha, prokuror Janubiy Koreyaning birinchi xonimini nomaʼlum hukumat binosida soʻroq qilgan va suhbatni tungi soat 01:20 atrofida yakunlagan. Soʻroq taxminan 12 soat davom etgan.

Shu yilning 26-yanvar kuni Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol rafiqasining hashamatli sumkasi tufayli mojaro markaziga tushib qolgani maʼlum boʻldi.

Xabarlarga koʻra, ruhoniy Choy Chae Yon 2022-yilda Kim Gon Xi bilan bir necha bor uchrashgan. Uchrashuvlarning birida u Kim xonimga qiymati 2240 dollar boʻlgan 'Christian Dior' brendi sumkasi sovgʻa qilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
38
0
qalampir.uz

Britaniya falastinliklarga yordam berishni qayta tikladi (video)

Buyuk Britaniyaning yangi Leyboristlar hukumati BMTning Falastin qochqinlari bo‘yicha agentligi (UNRWA)ni moliyalashtirishni 6 oylik to‘xtashdan so‘ng yana davom ettiradi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi ma’lum qildi. “Swis info” nashri buni Leyboristlar oy boshida hokimiyatni qo‘lga kiritgandan so‘ng, Isroil-Falastin mojarosiga qanday yondashish bo‘yicha  hukumatning qilgan birinchi katta o‘zgarishi sifatida qayt etgan. 2023 yilning 7 ok

26 Jul 10:21
 
31
0
xs.uz

Kamala Xarrisning AQSH prezidentligi saylovida gʻalaba qozonish imkoniyati oshdi

'Ipsos'ning 22 va 23-iyul kunlari oʻtkazgan soʻroviga koʻra, respondentlarning 44 foizi Xarrisni qoʻllab-quvvatlagan. 42 foizi esa AQSHning sobiq prezidenti, Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Trampga ovoz berishga tayyorligini bildirgan.'Bir qator bukmekerlik idoralarining fikricha, noyabr oyida vitse-prezident Kamala Xarrisning prezidentlikka saylanish ehtimoli soʻnggi 24 soat ichida sezilarli darajada oshgan', deyiladi manbada.Maqolada aytilishicha, 'Bet365' bukmekerlik kompaniy

26 Jul 10:19
 
34
0
qalampir.uz

Rossiya Mudofaa vazirligiga qarashli qurilish kompaniyasi rahbari qo‘lga olindi

Rossiya Mudofaa vazirligining Harbiy qurilish kompaniyasining 46 yoshli bosh direktori Andrey Belkov Moskvada qo‘lga olindi. U davlat mudofaa topshiriqlarini bajarishda mansab vakolatlarini suiiste’mol qilishda gumon qilinmoqda (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 285.4-moddasi). Bu haqda 24 iyul kuni huquq-tartibot idoralaridagi manbalariga tayanib, “Kommersant” gazetasi xabar berdi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yilda o‘sha paytda maxsus ob’ektlar uchun Har

26 Jul 20:48
 
89
0
xs.uz

Obamalar Harrisni alqadi

Sobiq prezident Obama va sobiq birinchi xonim Mishel Obama qo'shma bayonotda Harrisning xarakteri va kuchiga ishonini qayd etishdi. Ular ushbu nomzodni qo'llash uchun qo'lidan keladigan barcha ishni qilishini aytdi.Obamalar Harrisning Kaliforniya Bosh prokurori, AQSH senatori va vise-prezidenti sifatida ishlagan faoliyatini alqagan.'U Bayden poygadan chiqqanidan buyon bir necha kun ichida mamlakat bo'ylab bir qator saylovoldi tadbirlarini o'tkazdi. 25-iyul kuni Xyustondagi Amerika o'qituvchilar