calendar 27 Jul 17:27
eye 78
comments 0
comments Manba: xs.uz

Toshkentda “ahvoli yomonlashgan” abituriyentga tez yordam xodimi telefon berib chiqdi

image
Toshkent shahrida test topshirayotgan abituriyentga tez yordam xodimi telefon kiritib berdi. Bu haqda 'Kun.uz' xabar qildi.

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 17-iyul kuni Toshkent shahri Shayxontohur tumanida joylashgan 'Yoshlik' sport majmuasida oʻtayotgan test vaqtida abituriyentlardan birining ahvoli yomonlashgan. Unga yordam koʻrsatish uchun tez yordam xodimlari yetib kelgan va tibbiy yordam koʻrsatilgan.

Ahvoli yaxshilangach, abituriyent test jarayoniga qaytgan. Oradan biroz vaqt oʻtib, nazoratchilar abituriyentda telefon borligini aniqlagan va tegishli dalolatnoma tuzilib, u test jarayonidan chetlashtirilgan.

Manbaga koʻra, Shayxontohur tuman tez tibbiy yordam boʻlimi xodimi oʻz arizasiga koʻra ishdan boʻshatilgan, shuningdek, boʻlim boshligʻiga hayfsan eʼlon qilingan.

Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmatiga koʻra, hozirda holat yuzasidan tuman IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

22 Jul 16:23
 
72
0
xs.uz

Haftaning ikkinchi yarmida harorat yanada koʻtariladi

Unga koʻra, dushanba va seshanba kunlari havo harorati +36...+39 daraja, janubiy va choʻl zonasida +40...+41 darajagacha issiq boʻladi.Chorshanbadan jumagacha issiqlik 2-3 darajagacha oshishi kutilmoqda: kunduzi havo +38...+41 darajagacha, janubiy va choʻl zonasida +42...+43 darajagacha isishi mumkin.Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, chang-toʻzonlar kuzatilishi ehtimoli bor.Toshkentda 22'25-iyul kunlari havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingar

18 Jul 11:52
 
75
0
xs.uz

Yorliqsiz tabletkalar “Tramadol” boʻlib chiqdi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi 'Boldir' temir yoʻl chegara bojxona postiga qoʻshni davlatdan Oʻzbekiston Respublikasiga tranzit ravishda oʻtish uchun kirib kelgan temir yoʻl yuk vagonlari bojxona nazoratidan oʻtkazildi.Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati maʼlum qilishicha, temir yoʻl yuk vagonlarining birida bojxona nazoratidan xufiyona tarzda yashirilgan 2 dona oʻramlar ichida 641 dona hech qanday yorligʻi va nomi mavjud boʻlmagan tabletkalar borligi an

18 Jul 11:51
 
83
0
xs.uz

“Andijon—Xonobod” poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyiladi

' Prezidentimiz joriy yilda Andijonga tashrifi chogʻida 'Andijon'Xonobod' yoʻnalishida yoʻlovchi poyezdi qatnovini yoʻlga qoʻyish boʻyicha topshiriq bergan edi, ' deydi viloyat 'Nuroniylar' uyushmasi rahbari Oʻktamjon Oxunov. ' Navroʻz bayrami arafasida 'Qoʻqon'Andijon' yoʻnalishida harakatlanuvchi poyezd oʻz qatnovini 'Andijon'Xonobod' yoʻnalishi boʻyicha ham davom ettira boshladi. Qoʻshimcha harakatning joriy etilishi ichki sayyohlik salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. Andijon

29 Jul 16:13
 
105
0
qalampir.uz

Xotin-qizlar uchun qo‘shimcha davlat granti taqsimoti tasdiqlandi

Xotin-qizlar uchun qo‘shimcha 2000 ta davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti e’lon qilindi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi. Unga ko‘ra: Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 111; Andijon viloyati – 183; Buxoro viloyati – 112; Jizzax viloyati – 81; Qashqadaryo viloyati – 193; Navoiy viloyati – 60; Namangan viloyati – 165; Samarqand viloyati – 227