calendar 27 Dec 01:21
eye 54
comments 0
comments Manba: xs

“TST Cluster”ning sholichilik klasterida sanoat zanjiri yaratildi

image

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

“TST SLUSTER” ning sholichilik klasterida toʻliq sanoat zanjiri yaratildi

Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanidagi “Surum” MFY hududida “TST Sluster” klasteri tomonidan sholini qayta ishlash va saqlashga ixtisoslashtirilgan Markaziy Osiyodagi eng yirik korxona foydalanishga topshirildi.

Tantanali marosimda viloyat va tuman hokimligi mutasaddilari, mahalliy kengash deputatlari, “TST Sluster” va tegishli tashkilot rahbarlari, senatorlar, jamoatchilik vakillari hamda OAV xodimlari ishtirok etdi.

Qiymati 25 milliard soʻmlik loyiha asosida bunyod etilgan zamonaviy korxonaning ishga tushirilishi natijasida “TST Rice” Sluster mahsulot yetishtirish va uni chuqur qayta ishlash boʻyicha toʻliq sanoat zanjiri yaratildi.

—Yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan — agrar sohaga klaster tizimini izchil joriy etish gʻoyasi bugun oʻzining yuksak samaralarini berayapti. Quyi Chirchiq tumanida sholini qayta ishlash zavodining tez fursatda qurib foydalanishga topshirilishi ham buning yorqin isbotidir, -deydi tantanali marosimda soʻzga chiqqan, Toshkent viloyati hokimi, Xalq deputatlari viloyat Kengashi rahbari, senator Rustam Xolmatov. — Quyi Chirchiq tumanida klaster tizimi tufayli keyingi ikki yilda 7 ming nafardan oshiq aholi doimiy ish bilan taʼminlandi. Birgina paxtachilik sohasini oladigan boʻlsak, hosildorlik yildan - yilga ortib bormoqda. Bundan bor-yoʻgʻi, uch-toʻrt yil muqaddam 18 sentnerdan hosil yetishtirilgan maydonlardan 45 sentnergacha paxta xom ashyosi yigʻishtirib olinmoqda.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

 Joriy yilda “TCT Rice” klasteri tomonidan 2,5 ming gektardan ortiq yerda sholining “Lazurniy”, “Iskandar”, “Mustaqillik”, “Tarona” navlari ekilgandi. Noqulay ob-havo sharoiti, ayniqsa, vegetatsiya davrida kuzatilgan suv tanqisligiga qaramasdan, moʻl hosil yetishtirildi.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

 Oʻtgan yillarda aholi sholi ekib tuzukli daromad topmagan. Barcha jarayonlar tarqoq ahvolda edi. Shu bois hosildorlik va rentabellik darajasi juda past koʻrsatkichni qayd etgan. Ushbu korxonaning ishga tushirilishi natijasida sholi ekishdan boshlab, uning hosilini chuqur qayta ishlab tayyor mahsulotni sotuvga chiqarishgacha boʻlgan jarayon toʻliq qamrab olindi. Yaʼni, klaster oʻzi parvarishlagan sholini oʻrib-yanchib oladi. Maxsus maydonlarda quritadi, oqlaydi, saralaydi va zamonaviy uskunalarda qadoqlab isteʼmolchiga yetkazib beradi.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

“TST Sluster”ning muvaffaqiyatlari tufayli keyingi yillarda viloyatimizda baliqchilik va chorvachilikni rivojlantirish borasida ham yuksak natijalarga erishilayotir.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Shundan soʻng alvon lentalar qirqilib, Turkiyaning “Yashar Makina” kompaniyasidan keltirilgan eng soʻnggi rusumdagi uskuna va dastgohlar bilan jihozlangan sexlar tomon birinchi qadamlar tashlandi. Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov va “TST Sluster”, “BST Sluster” klasterlari rahbari Murtazo Rahmatov start tugmasini bosib, korxonani ilk bor harakatga keltirishdi.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

—Bugungi tantanali marosim barchamiz uchun quvonchlidir,-deydi klaster rahbari, iqtisod fanlari doktori, senator Murtazo Rahmatov. — Bu kabi korxonalarni bunyod etilishi tufayli qishloq hududlariga sanoatni olib kiramiz, mahalla va guzarlarni obodonlashtiramiz, aholi bandligini taʼminlab, odamlarga farovon turmush sharoitini yaratamiz. Albatta, bu loyihalar zamirida muhtaram Prezidentimizning oqilona siyosati, klaster gʻoyasi mujassam. Qishloq joylaridagi korxonalarda mahsulotni chuqur qayta ishlash orqali aholining moddiy manfaatdorligini yildan-yilga oshirish kuzda tutilganligini alohida qayd etish joiz.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Umumiy maydoni 6 gektar yerni egallagan ushbu inshootda bu yil dalalardan yigʻishtirib olingan yalpi 9,5 ming tonna sholi hosili quritilib, umumiy sigʻimi 15 ming tonnalik 2 ta yopiq omborda saqlanmoqda. Bu yerdagi maxsus uskunalarda qoplangan sholi shu yerning oʻzidagi tegirmonda oqlanib saralanadi.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

—Dalalardan yigʻishtirib olingan hosilni quritib, qadoqlash va saqlash jarayonlarida yangi texnologiyalar qoʻllanilmoqda, deydi “Yashar Makina” kompaniyasi vakili, korxona bosh texnologi Ridvon Gunun. — Har biri 1 tonna sigʻimiga ega boʻlgan maxsus qoplarga joylangan sholi omborlarga peshma-pesh joylashtirildi. Bu yangi ish uslubi hosilni oʻzoq vaqt yaxshi saqlash va undan yuqori sifatli guruch ishlab chiqarish imkonini beradi.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Tozalash va quritish sexi toʻrtta liniya bilan jihozlangan boʻlib, ularning har biri yordamida bir smenada 120 tonna sholini quritish mumkin. Yana bir eʼtiborli jihati shundaki, ular muqobil yoqilgʻi — koʻmirda ishlashga moslashtirilgan. Shuningdek, mazkur zamonaviy sexda boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari, xususan, dukkakli mahsulotlarni ham tozalash va quritish imkoniyati mavjud.

Korxonaning zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan laboratoriyasida sholining namligi, quritish va qayta ishlash jarayonlari, shuningdek, guruch mahsulotlarining sifat koʻrsatkichlari doimiy nazorat qilinmoqda.

Kompaniyamiz taqdim etgan ilgʻor texnologik dastgohlarda yuqori navdagi guruch mahsulotlari ishlab chiqariladi va buyurtmachi talabidan kelib chiqqan holda, sigʻimi 2 kilogrammdan to 50 kilogrammgacha boʻlgan maxsus qoplarga qadoqlab beriladi. Hozirgi paytda zavod bir mavsumning oʻzida 40 ming tonnagacha mahsulotni qayta ishlash quvvatiga ega. Yaqin kelajakda loyihaning ikkinchi bosqichi ishga tushirilishi tufayli korxona quvvati yana ikki barobarga ortadi.

Korxonadan qaytarkanmiz, jamoaning yana bir xayrli tashabbusini aytishdi. Unga koʻra, bu yerdagi mavjud hosil qayta ishlab boʻlingach, viloyatdagi fermer va dehqon xoʻjaliklari bilan sholini qayta ishlash borasida yangi hamkorliklar yoʻlga qoʻyiladi. Hozirda har kim guruchni oʻz imkoniyati darajasida oqlab, ichki bozorga taqdim etayotgan jarayonlar barham topib, aholiga bejirim idishlarda, jahon andozalari darajasida qadoqlangan yuqori sifatli guruch mahsulotlari yetkazib beriladi.

Shodiyor MUTAHAROV,
(Xalq soʻzi).


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 13:56
 
30
0
qalampir.uz

Lukashenkoning tanqidchisi tergov hibsxonasida vafot etdi

Joriy yilning 9 aprel kuni zaxiradagi podpolkovnik, siyosiy mahbus va tadbirkor Aleksandr Kulinich Belarusning Brest shahridagi tergov hibsxonasida vafot etdi. Bu haqda “Zerkalo” xabar berdi. Belarus Oliy sudi veb saytida yozilishicha, Kulinich 16 aprelda Jinoyat kodeksining 368-moddasi 1-qismi ("Belarus Respublikasi Prezidentini haqorat qilish") bo‘yicha sudga tortilishi kerak edi. Mahbus sud jarayoniga 1 hafta, 52 yoshga to‘lishiga esa 2 kun qolganida yurak ishemik

08 Mar 16:37
 
45
0
qalampir.uz

Si Szinpin Xitoy qo‘shinlarini shay holatga keltirishga buyruq berdi

Xitoy rahbari Si Szinpin Qurolli kuchlarni dengizdagi harbiy mojarolarga tayyorgarlikni muvofiqlashtirishga, mamlakatning dengiz chegaralari va manfaatlarini himoya qilishga buyruq berdi. U bu haqda kecha, 7 mart kuni Xitoy parlamentining yillik yig‘ilishida ma’lum qilgan. XXR rahbarining so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda kiberkosmik mudofaa tizimini yaratish va milliy tarmoq xavfsizligini ta’minlash imkoniyatlarini yaxshilash zarur. Qolaversa, Si Szinpin harbiylarni islohotlarni olg‘a

11 Apr 13:56
 
37
0
qalampir.uz

Qozog‘istonda toshqin boshlanganidan beri 86 ming kishi evakuatsiya qilindi

Qozog‘iston qutqaruvchilari mart oyi boshidan beri 86 ming fuqaroni suv toshqini zonalaridan evakuatsiya qildi. Bu haqda bugun, 9 aprel kuni Respublika Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. “Toshqin boshlanganidan buyon 86 mingdan ortiq odam qutqarilib, evakuatsiya qilindi. Jalq qilingan samolyot 2823 kishini qutqarib qoldi. Vaqtinchalik joylashtirish markazlarida 8 ming 472 kishi bor. 81 mingdan ortiq qishloq xo‘jaligi hayvonlari xavfsiz joyga olib keti

11 Apr 13:56
 
30
0
qalampir.uz

Gruziyada “xorijiy agentlar” haqidagi qonunga qarshi namoyish bo‘ldi

Kecha, 9 aprel kuni Tbilisida hukmron “Gruziya orzusi” partiyasining xorijiy ta’sirning shaffofligi to‘g‘risidagi qonunni qabul qilish rejalariga qarshi namoyish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Georgia Today” xabar berdi. Muxolifat partiyalari hujjatni "Rossiya qonuni" deb ataydi. “Ozodlik marshi” aksiyasida 10 mingga yaqin kishi qatnashdi. Kortej Respublika maydonidan boshlandi.  “Yevropaga ha! Yo‘q – Rossiya qonunlariga