calendar 11 Apr 13:56
eye 37
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Lukashenkoning tanqidchisi tergov hibsxonasida vafot etdi

image

Joriy yilning 9 aprel kuni zaxiradagi podpolkovnik, siyosiy mahbus va tadbirkor Aleksandr Kulinich Belarusning Brest shahridagi tergov hibsxonasida vafot etdi. Bu haqda “Zerkalo” xabar berdi.

Belarus Oliy sudi veb saytida yozilishicha, Kulinich 16 aprelda Jinoyat kodeksining 368-moddasi 1-qismi ("Belarus Respublikasi Prezidentini haqorat qilish") bo‘yicha sudga tortilishi kerak edi. Mahbus sud jarayoniga 1 hafta, 52 yoshga to‘lishiga esa 2 kun qolganida yurak ishemik kasalligidan vafot etgan.  

Aniqlanishicha, Kulinich 29 fevral kuni Brestda Aleksandr Lukashenkoni haqorat qilganlikda ayblanib, hibsga olingan. Shuningdek, u Ukrainaga qarshi harbiy tajovuzga, xususan, Belarusning unda ishtirok etishiga qarshi chiqqani va Ukraina Qurolli kuchlari tomonida jang qilayotgan ko‘ngillilarni qo‘llab-quvvatlagani ta’kidlangan. 

“Sota” Telegram-kanalining yozishicha, 2020 yil Belarusda ommaviy qatag‘onlar boshlanganidan beri mamlakat qamoqxonalarida kamida 9 nafar siyosiy mahbus vafot etgan, Kulinich esa ularning o‘ninchisi bo‘ldi. 

Xabarlarga ko‘ra, Aleksandr Kulinichning jasadi allaqachon qarindoshlariga topshirilgan. U bugun, 11 aprel – tug‘ilgan kunida Molodechnoda dafn etiladi.

Ma’lumot uchun, Aleksandr Kulinich 1972 yil 11 aprelda Belarusning Molodechno shahrida dunyoga kelgan. U Brest havo-desant kuchlari brigadasida xizmat qilgan. Kulinich ozuqaviy qo‘shimchalar bilan shug‘ullanadigan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ham faoliyat olib borgan.

Komila Latipova


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 May 19:55
 
27
0
qalampir.uz

Afg‘onistonda suv toshqini oqibatida halok bo‘lganlar 150 nafardan oshdi (video)

Afg‘onistonda suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lgan fuqarolar kamida 151 nafarga yetgan. Bu haqda "Reuters" Afg‘onistondagi muvaqqat hukumatga tayanib, xabar berdi. Qayd etilishicha, juma kuni kuzatilgan kuchli yomg‘ir tufayli halokatli suv toshqinlari yuzaga kelgan. Mamlakat bo‘ylab davom etayotgan suv toshqinlari va noqulay iqlim sharoitlaridan eng ko‘p Bag‘lon viloyati zarar ko‘rgan. Viloyatdagi minglab uylar vayron bo‘lgan. Xalqaro migratsiya tashkilotinin

11 Apr 13:56
 
35
0
qalampir.uz

Agar Tehron hujum qilsa, Isroil Eronga zarba berishi aytildi

Eron tomoni hujum qilsa, Isroil Eronga zarba beradi. Bu haqda Isroil Tashqi ishlar vaziri Israel Kats X ijtimoiy tarmog‘ida Eron diniy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiyning akkauntini belgilagan holda ibroniy va fors tillarida post qoldirdi. "Agar Eron bizga o‘z hududidan hujum qilsa, biz javob beramiz va Eronga hujum qilamiz", deb yozgan u. Ma’lumot uchun, 1 aprel kuni Isroil Damashqdagi Eron konsulligi binosiga havodan hujum uyushtirdi. Hujum oqibatida Eron inqilob

11 May 18:05
 
31
0
qalampir.uz

Olmaotada Ozarbayjon va Armaniston muzokaralari bo‘lib o‘tdi

Ozarbayjon va Armaniston Tashqi ishlar vazirlari Jayhun Bayramov va Ararat Mirzoyan kecha, 10 may kuni ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish uchun Qozog‘istonning Olmaota shahridagi Do‘stlik uyiga bordi. Bu haqda uchala davlatning TIVlari xabar berdi. “Mehmonlarni Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi rahbari Murat Nurtleu kutib oldi. Keyin vazirlar kutib olish marosimi uchun Davra zaliga yo‘l olishdi. Aynan shu zalda 1991 yilda MDH davlatlarining mustaqil rivojlanishi asoslari

11 May 12:29
 
25
0
qalampir.uz

Ukraina yozda birinchi F-16 qiruvchilarini oladi – “Reuters”

Birinchi F-16 qiruvchi samolyotlari Ukrainaga iyun yoki iyul oylarida yetkaziladi. Bu haqda “Reuters” Kiyevdagi harbiy manbaga tayanib xabar berdi. Manba samolyotni qaysi davlat yetkazib berishiga aniqlik kiritmagan. Avvalroq Daniya, Niderlandiya, Norvegiya va Belgiya Kiyevga F-16 samolyotlarini yuborishga va’da bergan edi. “Reuters” agentligining ta’kidlashicha, Rossiya armiyasining Xarkov viloyatidagi hujumi sharoitida F-16 samolyotlarini yetkaz