calendar 11 May 19:55
eye 72
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Afg‘onistonda suv toshqini oqibatida halok bo‘lganlar 150 nafardan oshdi (video)

image

Afg‘onistonda suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lgan fuqarolar kamida 151 nafarga yetgan. Bu haqda "Reuters" Afg‘onistondagi muvaqqat hukumatga tayanib, xabar berdi.

Qayd etilishicha, juma kuni kuzatilgan kuchli yomg‘ir tufayli halokatli suv toshqinlari yuzaga kelgan. Mamlakat bo‘ylab davom etayotgan suv toshqinlari va noqulay iqlim sharoitlaridan eng ko‘p Bag‘lon viloyati zarar ko‘rgan. Viloyatdagi minglab uylar vayron bo‘lgan.

Xalqaro migratsiya tashkilotining "Agence France-Presse"ga bergan ma’lumotida esa qurbonlar soni 200 ga yetgani aytilgan. Toshqinlar davom etishi bilan halok bo‘lganlar soni ham oshishi ma’lum qilingan.

Muvaqqat hukumat Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Abdul Matin Qane uchta viloyatda jabrlanganlar soni 138 kishini tashkil qilishini ma’lum qilgan. Jabrlanganlarga tezkor ravishda yordam ko‘rsatilgani bildirilgan.

“Tolibon” hukumatining bosh matbuot kotibi Zabihulloh Mujohid ijtimoiy tarmoqdagi postida “yuzlab odamlar bu dahshatli suv toshqini tufayli halok bo‘lgani, ko‘pchilik jarohat olgani” ni ma’lum qilgan.

Shimoldagi Bag‘londan tashqari, shimoli-sharqdagi Badaxshon, markaziy G‘or va g‘arbiy Hirot viloyatlari ham toshqinlardan jiddiy zararlangan, katta moliyaviy yo‘qotishlarga olib kelgan.

Toshqinlar sabab Badaxshonning 20 ming aholi yashaydigan Tishkan tumaniga kirish yo‘li to‘silib qolgan. Qutqaruv guruhlari ishlayotgani aytilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Jun 02:27
 
16
0
xs.uz

Tramp va Mask omma oldida janjallashdi

AQSH prezidenti Donald Tramp oʻzining sobiq doʻsti va ittifoqchisi, milliarder Ilon Maskni birinchi marta oshkora tanqid qildi. U tadbirkordan hafsalasi pir boʻlganini aytdi va Maskning 'Tesla' va 'SpaceX' kompaniyalariga davlat subsidiyalarini toʻlashni toʻxtatishni taklif qildi. Bunga javoban Mask uning yordamisiz respublikachi hech qachon prezidentlik saylovlarida gʻalaba qozona olmasligini aytdi va Trampni voyaga yetmaganlarni zoʻrlashga aloqadorlikda aybladi. Sobiq doʻstlar oʻrtasi

08 Jun 02:27
 
9
0
xs.uz

Lukashenko Si Szinpinga haykal oʻrnatishni taklif qildi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Milliy futbol stadioni yaqinida Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin haykalini oʻrnatishni taklif qildi. Bu haqda Belarus prezidenti matbuot xizmatiga yaqin boʻlgan 'Pul pervogo' Telegram kanali xabar tarqatdi.Stadion Xitoy tomonidan ajratilgan mablagʻ evaziga qurilgan va ushbu loyiha toʻliq Xitoy tomonidan amalga oshirilgan. U Xitoyning Belarusga sovgʻasi boʻldi.Ochilish marosimidan oldin Belarus prezidentiga stadionga kiraverishda oʻrnatilgan

13 May 14:38
 
109
0
xs.uz

Makron va Mers poyezdda kokain isteʼmol qilganmidi?

Gap shundaki, fotosuratchilar siyosatchilarga yuzlanganda Makron stoldan gʻijimlangan qogʻozni, Mers esa tayoqcha oʻxshash jismni olib tashlagan.Internetda sharhlovchilar, bir qator blogerlar, shuningdek, Rossiya tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova sayohat paytida siyosatchilar kokain isteʼmol qilganini aytishdi. Bunga isbot tarzida Makron va Mersning harakatlarini keltirildi.Shu qatorda 'Liberation' gazetasi kokain haqida hech qanday gap-soʻz yoʻqligini yozib, yuqori

18 Apr 11:08
 
85
0
xs.uz

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Oʻzbekistonga keladi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 22html5-dom-document-internal-entity1-minus-end23-aprel kunlari rasmiy tashrif bilan Toshkentda boʻladi.'Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova maʼlum qildi.Tashrif davomida Toshkent shahrida Oʻzbekiston prezidenti bilan muloqot, shuningdek, mamlakatimiz tashqi ishlar vaziri bilan muzokaralar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.Xabarda aytilishicha, asosiy eʼtibor Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 2024-yil may oyida O