calendar 18 Jun 21:56
eye 23
comments 0
comments Manba: xs.uz

Tramp Eronga zarba berishni koʻrib chiqmoqda

image
AQSH Yaqin Sharqdagi harbiy harakatlarini kuchaytirishga kirishdi. 'Fox News' telekanali xabariga koʻra, Amerika qoʻshinlari mintaqaga qoʻshimcha qiruvchi samolyotlarni joʻnatmoqda hamda u yerdagi aviatsiya kuchlari dislokatsiyasini uzaytirmoqda.

CNN manbalari maʼlum qilishicha, AQSH prezidenti Donald Tramp Eronga qarshi ehtimoliy havo hujumi ssenariylarini koʻrib chiqmoqda. Shu doirada AQSH harbiylariga Isroilga yonilgʻi quyishda yordam berish haqida buyruq berish ehtimoli mavjud. Manbalarning taʼkidlashicha, harbiylar bunday amaliyotga tayyorgarlikni boshlab yuborgan.

'Axios' nashrining yozishicha, Tramp Eronning bir necha strategik obyektlari, jumladan, Fordo yadroviy kompleksi ' uranni boyitish markaziga zarba berish imkonini muhokama qilmoqda.

Buyuk Britaniya ham Yaqin Sharqdagi harbiy harakatlarini faollashtirmoqda. Mamlakat mudofaa vaziri Jon Xilining maʼlum qilishicha, London mintaqadagi bazalariga qoʻshimcha qiruvchi samolyotlar joʻnatishga kirishgan.

'Independent' nashri xabar berishicha, samolyotlarning birinchi guruhi allaqachon oʻz manziliga yetib borgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Jun 02:27
 
34
0
xs.uz

Tramp va Mask omma oldida janjallashdi

AQSH prezidenti Donald Tramp oʻzining sobiq doʻsti va ittifoqchisi, milliarder Ilon Maskni birinchi marta oshkora tanqid qildi. U tadbirkordan hafsalasi pir boʻlganini aytdi va Maskning 'Tesla' va 'SpaceX' kompaniyalariga davlat subsidiyalarini toʻlashni toʻxtatishni taklif qildi. Bunga javoban Mask uning yordamisiz respublikachi hech qachon prezidentlik saylovlarida gʻalaba qozona olmasligini aytdi va Trampni voyaga yetmaganlarni zoʻrlashga aloqadorlikda aybladi. Sobiq doʻstlar oʻrtasi

08 Jun 02:27
 
31
0
xs.uz

Yaqin orada tinchlik boʻlishini kutmayapman — Tramp Putinga yana qoʻngʻiroq qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilgani haqida xabar berdi. Unga koʻra, Putin Ukrainaning Rossiya harbiy aerodromlariga bergan zarbalariga javob berish niyatida.'Bu yaxshi qoʻngʻiroq boʻldi, lekin zudlik bilan tinchlikka olib keladigan qoʻngʻiroq emas', ' deydi Oq uy rahbari.Trampning soʻzlariga koʻra, 1 soat 15 daqiqa davom etgan suhbat davomida u Putin bilan Rossiya harbiy aerodromlariga qilingan hujum ' Ukrainaning 'Oʻrgimch

08 Jun 02:27
 
31
0
xs.uz

Isroil Gʻazodagi shifoxonani bombardimon qildi, uch nafar jurnalist halok boʻlgan

Isroil Gʻazo shahridagi 'Al-Ahli' kasalxonasiga uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida hujum uyushtirdi, deb xabar bermoqda 'Al Jazeera' nashri.Bildirilishicha, Isroilning 'Al-Ahli' kasalxonasiga bergan zarbalari oqibatida 'Palestine Today' nashrining ikki nafar jurnalisti Ismoil Bada hamda Sulaymon Xoja voqea joyida halok boʻlgan.'Al Jazeera' nashri halok boʻlgan jurnalistlar haqidagi batafsil maʼlumotlar va hujum tafsilotlari haqida qoʻshimcha maʼlumot berilishini maʼlum qilgan.Shunin

08 Jun 02:27
 
28
0
xs.uz

Tramp 12 davlat fuqarolarini AQSHga kirishini taqiqladi. Ular qaysi davlatlar?

AQSH prezidenti Donald Tramp 12 davlat fuqarolarini AQSHga kirishini toʻliq va yana yetti davlat, jumladan Turkmaniston fuqarolarini qisman taqiqladi.Respublikachi bunday taqiqni oʻzining birinchi prezidentlik muddati davrida ham kiritgan edi, ammo hozir roʻyxatga KXDR va Suriya kiritilmagan.Oq uy saytida chop etilgan press-relizga koʻra, Afgʻoniston, Myanma, Chad, Kongo Respublikasi, Ekvatorial Gvineya, Eritreya, Gaiti, Eron, Liviya, Somali, Sudan va Yaman fuqarolariga toʻliq taqiq qoʻyi