Bogʻotlik abituriyent 7 nufuzli universitetda tahsil olish imkoniyatini qoʻlga kiritdi


Xorazm viloyati Bogʻot tumanidagi 92-son ixtisoslashtirilgan maktab internati bitiruvchisi Benazirbonu Oʻrinboyeva birvarakayiga 7 nufuzli universitetda tahsil olish imkoniyatini qoʻlga kiritdi. Test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan abituriyentga M.Lomonosov nomli Moskva davlat universiteti, Lobachevskiy nomli Nijniy Novgorod davlat universiteti, Buyuk Pyotr Sankt-Peterburg politexnika universiteti, Qozon federal universiteti, Sirm Singapur universiteti, Turin politexnika universiteti va xalqaro Vestminster universiteti talabasi boʻlish taklif etildi. Oddiy oilada oʻsgan qishloq qizi oʻqishni M.Lomonosov nomli Moskva Davlat universitetining global jarayonlar fakulteti xalqaro munosabatlar yoʻnalishida davom ettirishga qaror qildi.
Odilbek Odamboyev,
“Xalq soʻzi”
“Sharaf yorligʻi”: ota-onalar mehnatining oʻziga xos eʼtirofi
Ahmadali SHERNAZAROV/'Xalq soʻzi'. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Guliston davlat universiteti boshlangʻich tashkilotining tashabbusi bilan 'Dolzarb 90 kun' tadbirlari doirasida 'Sharaf yorligʻi' loyihasi amalga oshirilayotir. Ushbu loyihaga koʻra eng faol, namunali, tashabbuskor talabalarning uylariga 'Ushbu xonadonda Guliston davlat universitetining eng namunali talabasini tarbiyalagan muhtaram ota-ona istiqomat qiladi' degan mazmundagi 'Sharaf yorligʻi' oʻrnatilmoqda.' Talabaning har jih
Sifatli taʼlim qaygʻusi
Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz toʻrtinchi yiliga ham tobora yaqinlashmoqdamiz. Bu vaqt tarix uchun qisqa bir davrni tashkil etsa-da, maʼlum bir xulosalar, saboqlar chiqarishga yetarli deb oʻylayman.Toʻgʻrisi, biz mustaqillikning dastlabki oʻn yilini tirikchilik gʻamida oʻtkazdik. Yetishmovchilik, xavf-xatar, inqirozga uchragan iqtisodiyot, butunlay tanazzulga yuz tutgan aloqalar iskanjasida qolgandik. Gʻalla mustaqilligi biz uchun hayot-mamot masalasiga aylang
Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Respublika Milliy matbuot markazida mahoratli jurnalist Said Rahmonovning 'Oltin meros press' nashriyotida chop etilgan 'Hamohanglik' kitobining taqdimoti boʻlib oʻtdi. Mazkur kitobga kiritilgan 35 ga yaqin maqolalar fermerlarning bugungi ishlari va tashvishlari, ularning yutuqlari, oilaviy koʻp tarmoqli korxonalarning izdoshlari va vorislari, oʻzi mustahkam oyoqqa turgan gʻayratli va gʻamxoʻr odamlar haqida hikoya qiladi. Har bir qahramoni nafaqat qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining
Kunduzgi parvarish xizmati yoʻlga qoʻyildi
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Mamlakatimizda ijtimoiy himoya tizimi samaradorligini oshirish, aholining koʻmakka muhtoj qatlamini qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish koʻlamini kengaytirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.Samarqand shahri, Urgut va Toyloq tumanlarida 'Parvarish xizmati' masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan nogironligi boʻlgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati yoʻlga qoʻyildi. Bu yangi xizmatning koʻrsatilishi nafaqat bolalarning mu