So'x aholisi yer va mol-mulk solig'idan ozod qilinmoqda, tadbirkorlarga soliq imtiyozlari berilmoqda

Shuningdek, joriy yil 1 avgustdan boshlab 2021 yil 31 iyulga qadar yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i amaldagi qatʻiy belgilangan soliq stavkasining 50 foizi miqdorida belgilanadi.
Tadbirkorlarning biznes loyihalarini moliyaviy qo'llab-quvvatlash maqsadida kredit foiz stavkasining 10 foizli punktidan yuqori bo'lgan qismini, biroq Markaziy bank asosiy stavkasining 1,75 baravaridan oshmagan miqdorini Tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash davlat jamg'armasi hisobidan kompensatsiya qilish tartibi joriy etiladi.
Moliya vazirligi tijorat banklari bilan birgalikda So'x tumani aholisiga yangi uy-joy qurishlari uchun ipoteka kreditlari ajratilishini taʻminlaydi.
Prezident qaroriga ko'ra, So'x tumani hokimiga Farg'ona viloyati hokimligi bilan kelishgan holda 2022 yil 1 yanvarga qadar tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar uchun, istisno tariqasida, sug'oriladigan yer maydonlaridan tashqari yer uchastkalarini to'g'ridan to'g'ri ajratish huquqi berilmoqda. "Zamin" yangiliklarini "Odnoklassniki"da kuzatib boring
Buxoro qarolisining shuhratini qayta tiklaylik
Istam IBROHIMOV/'Xalq soʻzi'. Oʻshanda 2018-yilning sentyabri edi. Davlatimiz rahbarining 'Buxoro-agro' erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qarori ijrosi doirasida xalqaro forum oʻtkazildi. Qator davlatlardan kelgan soha vakillari Buxoro tumanidagi 'Madaniyat, Muhammad, Ismat' fermer xoʻjaligi faoliyati bilan ham tanishdi. Xoʻjalikning moʻjazgina fayzli bogʻi hammani oʻziga maftun etdi. Shunda eronlik mehmon Said Abbos Karbosiyning bir juft qaroli old
Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-mart kuni Samarqandga tashrif buyurib, Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Qurʼon tilovat etilib, duo oʻqildi.' Kuni kecha xalqimiz bilan Navroʻz ayyomini kutib oldik. Bugun, muqaddas Ramazon oyida mana shu tabarruk joyga kelib turibmiz. Bu ulugʻ kunlarga tinchlik-xotirjamlikda yetkazgani uchun Yaratganga shukronalar aytamiz. Ilohim, hamisha yurtimiz tinch, elimiz farovon boʻlsin, hamma xayrli niyatlarimiz amalga oshsin. Bu majmuani Imom Buxoriy bobomizga
Qoraqalpogʻistonda yuk mashinasi portlab ketdi
Qoraqalpogʻistonning Toʻrtkoʻl tumanida MAN yuk avtomobili portlab ketdi. Bu haqda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.Qayd etilishicha, joriy yilning 21-mart kuni soat 13:50 atrofida Toʻrtkoʻl tumani 'Guliston' MFY hududidagi ustaxonada MAN rusumli yuk avtomobilining yonilgʻi bakida payvandlash ishlari olib borilishi oqibatida portlash yuz bergan.Hodisa tufayli MAN va 'Ford' rusumli avtomobillar toʻliq, DAF rusumli avtomobilning orqa shinalari qis
“Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi“ birinchi sammitidan fotoreportaj
Prezident Shavkat Mirziyoyev Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta bilan uchrashuv o'tkazdi.O'zbekiston Prezidenti va YTTB rahbari strategik sheriklikning ustuvor yo'nalishlarini muhokama qildilar.O'zbekiston va YeI yetakchilari iqtisodiy hamkorlikni tubdan kengaytirish muhimligini qayd etdilar.Samarqanddagi 'Markaziy Osiyo ' Yevropa Ittifoqi' sammitining birinchi kuni uchrashuvlarga boy va sermahsul bo'ldi.Foto: Xasan Paydoyev / 'Xalq so'zi'