Yangi aksiya: Yurtimizda nogironligi boʻlgan bolalar salomatligi oyligi boshlandi


Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy yil yurtimiz boʻylab tugʻma yurak nuqsonidan aziyat chekayotgan 2 ming nafar bemor bolada bepul yuqori texnologik operatsiyalar oʻtkazilmoqda.
Buning uchun davlatimiz tomonidan 64 milliard soʻmdan ziyod mablagʻ yoʻnaltirilib, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 18 yoshgacha boʻlgan farzandlarida navbatsiz, imtiyozli yoʻllanmasiz, eng malakali shifokorlar tomonidan jarrohlik amaliyotlari bajarilyapti.
Mazkur ezgu tashabbusning davomi sifatida Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan mamlakatimizda ilk bor “Dispanser nazoratida turgan hamda nogironligi boʻlgan bolalar salomatligi oyligi” boshlandi.
Shu yil 7-iyundan 7-iyulga qadar boʻlib oʻtadigan mazkur aksiya davomida surunkali va ogʻir xastaliklarga chalinib, tibbiy yordamga muhtoj boʻlgan bemor oʻgʻil-qizlar chuqurlashtirilgan tibbiy koʻriklardan oʻtkaziladi.
— Dastlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlardagi oilaviy poliklinikalar va oilaviy shifokor punktlarining patronaj va amaliyot hamshiralari tomonidan oʻz uchastkasidagi dispanser nazoratida turgan hamda nogironligi boʻlgan bolalar bazasi shakllantiriladi, — deydi Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari Elmira Basitxanova. — Shundan soʻng maxsus tibbiy brigadalar tomonidan chuqurlashtirilgan tekshiruvlar oʻtkaziladi.
Xususan:
— koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalar mutaxassislari jalb qilingan holda oilaviy poliklinika va oilaviy shifokor punktlarida tibbiy koʻriklar tashkil etiladi;
— xonadonlarda tibbiy-diagnostika muolajalari amalga oshiriladi;
— zarurat boʻlganda KTMPda tekshiruvlar oʻtkaziladi.
Shuningdek, tibbiy koʻriklarga Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Bolalar milliy tibbiyot markazi hamda hududiy koʻp tarmoqli bolalar tibbiyot markazlarining eng malakali mutaxassislari jalb etiladi.
Tekshiruvlarda aniqlangan kasalliklar boʻyicha har bir bola salomatligini tiklash va mustahkamlash choralari koʻrilib, ular uchun alohida sogʻlomlashtirish rejasi tuziladi.
Unga koʻra:
— bemor bolalarning bir guruhi uy sharoitida;
— birlamchi boʻgʻindagi kunduzgi shifoxonalarda ambulator holatda;
— statsionar yordamga muhtoj bemorlar tuman, shahar hamda viloyat miqyosidagi tibbiyot muassasalarida davolanadi.
Bundan tashqari, yuqori texnologik tibbiy yordamga ehtiyoji bor bolalarga viloyat va respublika muassasalariga imtiyozli yoʻllanmalar taqdim etiladi.
“Insonparvarlik yordami bilan sogʻligimni tikladim”
Farhod ESONOV'Xalq soʻzi'. Yangi Oʻzbekistonda kambagʻallikni qisqartirish va kuchli ijtimoiy himoyaning mukammal tizimini yaratish ijtimoiy siyosatning asosiy yoʻnalishiga aylangan. Bu yoʻlda har bir insonning farovonligi, jamiyatda oʻz oʻrnini topishi va kelajakka ishonch bilan qarashi uchun barcha imkoniyatlar ishga solinmoqda.Bu jarayonda 'Inson qadri uchun', 'Xalq davlatga emas, davlat xalqqa xizmat qiladi' kabi xalqchil tamoyillarga asoslangan islohotlar, 'Temir daftar', 'Ayollar da
Shavkat Mirziyoyev html5-dom-document-internal-entity1-quot-endMarkaziy Osiyo - Italiyahtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end sammitida ishtirok etadi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog'iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 30-may kuni Ostona shahrida bo'lib o'tadigan 'Markaziy Osiyo ' Italiya' formatidagi oliy darajadagi sammitda ishtirok etadi.Tadbirda mintaqa mamlakatlari yetakchilari va Italiya Bosh vaziri ishtirok etishi ko'zda tutilgan.Kun tartibiga muvofiq, ko'p qirrali hamkorlikni, eng avvalo 'yashil' iqtisodiyot, investitsiyalar, innovatsiyalar, fan va ta'lim sohalarida yanad
Prezident tashabbuskor yoshlar bilan muloqot qildi
Bugun, Yoshlar kunida Shavkat Mirziyoyev oʻz sohasida ilgʻor, tashabbuskor yoshlar bilan muloqot qildi, ularning taklif va gʻoyalarini tingladi.Prezident farmoni bilan ilm-fan, texnologiya, madaniyat, sanʼat, sport, tadbirkorlik va boshqa sohalarda tengdoshlariga oʻrnak boʻlayotgan bir guruh oʻgʻil-qizlar'mukofotlangan edi.Bugungi tadbirda davlat rahbari ushbu mukofotlarni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirdi.Tadbir yakunida Prezident yana bir bor yoshlarga murojaat qildi:'Yoshlik
Unutmang: mustaqillik – bu shunchaki rasmiy maqom emas, balki har bir yoshga oʻz taqdirini oʻzi belgilash imkonini beradigan buyuk neʼmat – Shavkat Mirziyoyev
Prezidentning yoshlar bilan uchrashuvida yoshlarni kitob oʻqishga qiziqishini oshirishda tanlovlar muhim rol oʻynayotgani qayd etildi.Birgina misol, Xorazmiy maktabining 8-sinf oʻquvchisi Dilbar Haydarova 'Yosh kitobxon' tanlovida gʻolib boʻlib, ota-onasiga Prezident sovrini ' avtomobil sovgʻa qildi.'Dilbarxon qizim, sen oʻz misolingda inson chin dildan harakat qilsa, koʻp narsaga erisha olishini isbotlading, bu yoʻlda koʻpchilik uchun namuna boʻlding. Buning uchun katta rahmat senga!