calendar 01 Jul 04:28
eye 1
comments 0
comments Manba: xs.uz

Prezident tashabbuskor yoshlar bilan muloqot qildi

image
Bugun, Yoshlar kunida Shavkat Mirziyoyev oʻz sohasida ilgʻor, tashabbuskor yoshlar bilan muloqot qildi, ularning taklif va gʻoyalarini tingladi.

Prezident farmoni bilan ilm-fan, texnologiya, madaniyat, sanʼat, sport, tadbirkorlik va boshqa sohalarda tengdoshlariga oʻrnak boʻlayotgan bir guruh oʻgʻil-qizlar'mukofotlangan edi.

Bugungi tadbirda davlat rahbari ushbu mukofotlarni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirdi.

Tadbir yakunida Prezident yana bir bor yoshlarga murojaat qildi:

'Yoshlikda olingan bilim ' toshga oʻyilgan naqsh, kelajak uchun poydevor degani. Poydevor qancha mustahkam boʻlsa, hayotingiz, baxtingiz binosi shunchalik muhtasham boʻladi.

Yoshlikdagi harakat kelajakdagi yutuq degani. Yoshlikda orttirilgan doʻst bir umrlik hamkor, tayanch va suyanch degani.

Hech qachon unutmang, farzandlari bilimli, sogʻlom, mard va jasur, doimo oldinga intilib yashaydigan xalq va davlatning kelajagi albatta yorugʻ boʻladi.

Men butun Oʻzbekiston yoshlari ana shunday fazilatlar egasi boʻlishini tilayman!

Ishonchim komil, biz koʻp millatli butun xalqimiz bilan, siz, aziz farzandlarim bilan ulugʻ maqsadlarimizga, albatta, yetamiz! Yangi Oʻzbekistonni barchamiz birgalikda, albatta, barpo etamiz!'.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jun 10:46
 
94
0
xs.uz

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqda keskinlashib borayotgan vaziyat, xususan, Isroilning Eron Islom Respublikasiga qarshi amalga oshirgan harbiy amaliyoti yuzasidan chuqur xavotir bildirgan rasmiy bayonot eʼlon qildi.'Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi insonlarning halokatiga va Yaqin Sharqda vaziyatning keskinlashuviga olib kelgan Isroilning Eron Islom Respublikasiga qarshi harbiy amaliyoti yuzasidan chuqur xavotir bildiradi.Barcha tomonlarni toʻliq

08 Jun 02:26
 
38
0
xs.uz

Senatda AQSH Missisipi shtati Milliy gvardiyasi qoʻmondoni bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

2025-yil 5-iyun kuni Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev AQSHning Missisipi shtati Milliy gvardiyasi qoʻmondoni general Bobbi Jinn boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.Ushbu uchrashuv Oʻzbekiston va AQSH oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, xususan, xavfsizlik sohasidagi oʻzaro aloqalarni rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.Muzokaralar davomida tomonlar Oʻzbekiston va AQSH munosabatlarining bugungi holatini muhokama qilar ekan, hamkorlik aloqal

31 May 08:49
 
54
0
xs.uz

MIB tizimidagi davlat ijrochilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash mexanizmi ishlab chiqildi

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 19-may kuni davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan yangi nizomga koʻra, davlat ijrochilari va davlat ijrochisi maqomiga ega boʻlgan xodimlar ijro yigʻimi hisobidan moddiy ragʻbatlantiriladi.Ushbu nizom Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tizimidagi davlat ijrochilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash mexanizmini belgilab beradi.Nizomga muvofiq, moddiy ragʻbatlantirishning aniq miqdori Ijro ishi yuri

17 May 21:46
 
460
0
xs.uz

Ayrim tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi

2025-yil 16-may kuni qabul qilingan 'Ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida'gi qonunga (OʻRQ-1063-son) muvofiq, tadbirkorlik subyektlariga bir qator soliq imtiyozlari taqdim etildi. Ushbu oʻzgartirishlar pivo va tamaki mahsulotlari savdosi, parrandachilik sohasi hamda bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlariga tegishli.Qonunga koʻra, endilikda pivo va pivo ichimliklari, shuningdek tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻimlar bel