calendar 06 Jun 08:28
eye 60
comments 0
comments Manba: xs

Respublika ishchi guruhining navbatdagi ommaviy qabuli Xorazmda boʻlib oʻtdi

image

Davlatimiz rahbari topshirigʻiga asosan tuzilgan Respublika ishchi guruhining navbatdagi ommaviy qabuli Xorazm viloyatining Xonqa tumani “Durgadik” mahallasida tashkil etildi.

Ochiq muloqotlarda Prezident Administratsiyasi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi va Soliq qoʻmitasi, viloyat hokimligi rahbar va masʼullari Qoraqalpogʻiston va Xorazm aholisi muammolarini tingladi.

Jumladan, 149 ta murojaat boʻyicha arizalar Oliy sud tomonidan kassatsiya va takroran kassatsiya tartibida mazmunan koʻrib chiqish uchun qabul qilinib, tegishli sudlov hayʼatlariga koʻrib chiqish uchun oʻtkazildi. 37 nafar mahkum axloq tuzatish ishlari jazosidan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi, 2 ta jinoyat ishi boʻyicha 2 nafar shaxs sud zalidan qamoqdan ozod etildi, 4 ta jinoyat ishi taraflar yarashganligi sababli tugatildi.

Undan tashqari, tadbirkorlik subyektlari daʼvo arizalari asosida ular foydasiga 1.2 mlrd. soʻmlik qarzdorlik undirilishi belgilandi.

Ichki ishlar vazirligi rahbariyati bilan muloqotlar natijasida surishtiruv yo dastlabki tergov harakatlaridan norozi 63 nafar murojaatchining masalasi hal qilib berilgani yoki 12 nafar sobiq xodimning yana tizimga ishga tiklangani – jamiyatimizda adolat ovozi tobora balandroq jaranglayotganiga yorqin hayotiy misoldir.

Xivalik Odilbek Xudoyberganov esa oilaviy korxonasi uchun olgan 2 milliard 179 million soʻm kreditni toʻlayotgan boʻlsa-da, bank va taʼminotchi xorijdan qoʻlqop ishlab chiqarish uskunalarini toʻliq yetkazib bermaganidan shikoyat qilyapti. Murojaatdan soʻng mazkur masala Bosh prokuratura nazoratiga olindi.

Qoraqalpogʻistonlik Shaydo Nuraliyeva avvalgi murojaatlari asosida kuni kecha turmush oʻrtogʻi Husniddin Nuraliyevga oqlov hukmi chiqarilgani uchun Oliy sud masʼullariga minnatdorlik bildirdi.

Soliq qoʻmitasi masʼullariga murojaatidan soʻng urganchlik tadbirkor Oybek Bekchanovga notoʻgʻri hisoblangan 1 mlrd. soʻmdan ziyod qoʻshilgan qiymat soligʻi qaytariladigan boʻldi.

Bundan tashqari qabullar natijasida 63 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarga kontrakt toʻlovlari toʻlab berilishi belgilandi, 40 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarga tikuv mashinalari, zarur asbob-uskuna va boshqa jihozlar berildi.

Ommaviy qabulda koʻrib chiqilgan 1164 ta masalaning 331tasi joyida hal qilinib, 262 nafar murojaatchiga huquqiy maslahat va tushuntirish berilgan boʻlsa, 571 ta murojaat nazoratga olindi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jun 21:55
 
174
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Ostonaga amaliy tashrifini yakunladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ostonaga amaliy tashrifi yakunlandi.Aeroportda oliy martabali mehmonni Qozogʻiston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qoʻydi.Davlatimiz rahbari Toshkentga joʻnab ketdi.

18 Jun 21:55
 
22
0
xs.uz

Kunduzgi parvarish xizmati yoʻlga qoʻyildi

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Mamlakatimizda ijtimoiy himoya tizimi samaradorligini oshirish, aholining koʻmakka muhtoj qatlamini qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish koʻlamini kengaytirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.Samarqand shahri, Urgut va Toyloq tumanlarida 'Parvarish xizmati' masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan nogironligi boʻlgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati yoʻlga qoʻyildi. Bu yangi xizmatning koʻrsatilishi nafaqat bolalarning mu

15 Jun 20:14
 
96
0
xs.uz

Parkentda uch nafar bolaning suvda halok boʻlishi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Toshkent viloyatining Parkent tumanida yuz bergan qaygʻuli holat ' uch nafar voyaga yetmagan bolaning suv havzasida choʻkib vafot etishi jamoatchilikda katta tashvish uygʻotdi. Mazkur voqea yuzasidan mutasaddi tashkilotlar tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borildi va qonunbuzarlik holatlari aniqlandi.Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining matbuot kotibi ' axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchi bu haqda rasmiy maʼlumot berdi.Tekshirish jarayonida maʼlum bo

18 Jun 21:55
 
21
0
xs.uz

Mikro GESlar: tabiiy, ekologik toza va tejamkor

Abdulaziz Yoʻldoshev/'Xalq soʻzi'. Yaqingacha turarjoy binolariga elektr va issiqlik quvvati faqat elektr stansiyalaridan yetkazib berilardi. Elektr energiyasining asosiy qismi gaz va koʻmir yoqish hisobiga olinardi. Bugungi kunda energiya tejovchi texnologiyalar oʻrnatilib, elektr energiyasi hamda tabiiy gazni tejashga erishilmoqda. Bu muqobil energiya turlari asosan ekologik toza manbalardan foydalangan holda energiya ishlab chiqarmoqda. Ular umumiy tarmoqqa ulanmasdan, har bir hudud va ma