Norasmiy bandlikni qisqartirishga qaratilgan Qonun ma’qullandi


Foto: "Xalq so'zi"
Senatning qirq birinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga norasmiy bandlikni qisqartirishga qaratilgan o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.
Ta’kidlanganidek, Qonun aholining bandligini ta’minlash va ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish, norasmiy bandlik ulushini qisqartirish, shuningdek, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Qonun bilan Soliq kodeksiga va “Tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risidagi” Qonunga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Xususan, yakka tartibdagi tadbirkor bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar tomonidan ijtimoiy soliq summasining amaldagi bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizidan, endilikda yillik bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir barobari miqdorida soliq to‘lashi belgilanmoqda.
Shuningdek, kiritilayotgan o‘zgartishga ko‘ra, chorvachilik (qoramol, qo‘y, echki, ot va boshqalar), issiqxona, parrandachilik (bedana, kurka, g‘oz, o‘rdak), quyonchilik, asalarichilik, baliqchilik, bog‘dorchilik, limonchilik, gulchilik faoliyat turlari bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarga ularga tegishli bo‘lgan tomorqa yer uchastkasi maydoni yoki ular tomonidan parvarish qilinayotgan uy hayvonlari va parrandalarning sonidan qat’iy nazar ixtiyoriy tartibda ijtimoiy soliqni to‘lashga ruxsat etilishi belgilanmoqda.
Shu sababli “Tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonundan yer uchastkasi maydoniga qo‘yilgan talablar chiqarib tashlanmoqda.
Qonunning qabul qilinishi mahallalarda ishsizlikni kamaytirish va norasmiy bandlikni qisqartirishga, rasmiy bandlar soni oshishiga hamda fuqarolarning ish stajiga ega bo‘lishiga va pensiya yoshiga yetganda o‘zi uchun maqbul pensiyaning ta’minlanishiga xizmat qiladi.
Muhokama yakunida Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Hindistonda samolyot qulashi oqibatida yoʻlovchilar va ekipaj aʼzolaridan hech kim tirik qolmagan — “CBS News”
Hindiston respublikasi Ahmadobod shahri hududida halokatga uchragan 'Air India' aviakompaniyasining 'Boeing 787-8 Dreamliner' samolyoti bortida boʻlgan 242 yoʻlovchining barchasi halok boʻlgan, deb xabar bermoqda 'CBS News' nashri.Aviahalokatga uchragan samolyot bugun, 12-iyun kuni Ahmadobod ' London yoʻnalishida parvozni amalga oshirayotgan boʻlgan. Guvohlarning soʻzlariga koʻra, havo kemasi qulagan joydan olingan tasvirlarda havoni quyuq qora tutun qoplagani aks etgan. Halokatdan keyin
Germaniya Ukrainani jiddiy qoʻllashga kirishdi. Rossiyaning munosabati qanday?
Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius yangi qurol yetkazib berish masalalarini muhokama qilish uchun Ukrainaga kelgan. Bu haqda 'Tagesschau' xabar tarqatdi.'Mudofaa vaziri Boris Pistorius siyosiy muzokaralar uchun Ukraina poytaxti Kiyevga keldi. Siyosatchi Ukrainadagi vaziyat bilan tanishib, keyingi harbiy yordam masalasini muhokama qilmoqchi', ' deyiladi nashr xabarida.Germaniya Ukrainaga qanday yordam bermoqchi?Oʻtgan haftada Pistorius Ukraina Qurolli kuchlari yaqin orada Berlin yordamida
AQSHda Putin Ukrainada toʻxtamasligi aytildi. Tramp esa mojaro boʻyicha yangi bayonot berdi
Ukraina va Rossiya mojarosi Moskva foydasiga hal boʻlsa, Rossiya prezidenti Vladimir Putin goʻyoki Ukraina bilan toʻxtamaydi. Bu fikrlarni AQSH Qurolli kuchlari shtab boshliqlari birlashgan qoʻmitasi raisi, general Den Keyn AQSH Kongressidagi eshituvda aytib oʻtdi, deya xabar bermoqda 'The Hill' nashri.Maqolada qayd etilishicha, bunday ritorika AQSH prezidenti Donald Trampning bu boradagi pozitsiyasiga 'keskin qarama-qarshidir'.Eshituvda senator Lindsi Grem Keynga xorijiy mojarolar boʻyich
Tramp Saudiya Arabistoniga keldi
AQSH prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodga rasmiy tashrif bilan keldi va Yaqin Sharq boʻylab toʻrt kunlik safarini boshladi. Bu haqda 'Al Arabiya' telekanali xabar berdi.Bu uning qayta saylanganidan keyin amalga oshirgan birinchi xorijiy safari hisoblanadi.'Tramp seshanba kuni ertalab Saudiya Arabistoniga Fors koʻrfazi mintaqasi boʻylab toʻrt kunlik safarini boshlash uchun yetib keldi', ' deyiladi xabarda.Telekanal xabariga koʻra, tashrif davomida asosiy eʼtibor m