calendar 13 Jun 00:39
eye 3
comments 0
comments Manba: xs.uz

Hindistonda samolyot qulashi oqibatida yoʻlovchilar va ekipaj aʼzolaridan hech kim tirik qolmagan — “CBS News”

image
Hindiston respublikasi Ahmadobod shahri hududida halokatga uchragan 'Air India' aviakompaniyasining 'Boeing 787-8 Dreamliner' samolyoti bortida boʻlgan 242 yoʻlovchining barchasi halok boʻlgan, deb xabar bermoqda 'CBS News' nashri.

Aviahalokatga uchragan samolyot bugun, 12-iyun kuni Ahmadobod ' London yoʻnalishida parvozni amalga oshirayotgan boʻlgan. Guvohlarning soʻzlariga koʻra, havo kemasi qulagan joydan olingan tasvirlarda havoni quyuq qora tutun qoplagani aks etgan. Halokatdan keyin voqea joyiga favqulodda xizmatlar yettita oʻt oʻchirish mashinasi yetib kelgan.

Dastlab, mazkur fojia yuz bergan vaqtda havo kemasi bortida 242 kishi boʻlganligi haqida maʼlumot berilgandi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, samolyot bortida boʻlgan 242 nafar yoʻlovchining barchasi halok boʻlgan. Ular orasida 10 nafar ekipaj aʼzosi va bort kuzatuvchilari ham borligi taʼkidlanmoqda.

Samolyot bortida boʻlganlarning 169 nafari Hindiston fuqarosi, 53 nafari britaniyalik, 7 nafari portugaliyalik va bir nafar Kanada fuqarosi boʻlganligi haqida maʼlumot berilgan.

Hindiston rasmiylari mazkur hodisaning kelib chiqish sabablarini aniqlash chora-tadbirlarini boshlab yuborgan. Ayni vaqtda havo kemasi qushlar galasi bilan toʻqnashgan boʻlishi, natijada esa parvoz uchun zarur tezlikka erisha olmagan degan taxminlar ilgari surilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Jun 02:27
 
131
0
xs.uz

Tramp 12 davlat fuqarolarini AQSHga kirishini taqiqladi. Ular qaysi davlatlar?

AQSH prezidenti Donald Tramp 12 davlat fuqarolarini AQSHga kirishini toʻliq va yana yetti davlat, jumladan Turkmaniston fuqarolarini qisman taqiqladi.Respublikachi bunday taqiqni oʻzining birinchi prezidentlik muddati davrida ham kiritgan edi, ammo hozir roʻyxatga KXDR va Suriya kiritilmagan.Oq uy saytida chop etilgan press-relizga koʻra, Afgʻoniston, Myanma, Chad, Kongo Respublikasi, Ekvatorial Gvineya, Eritreya, Gaiti, Eron, Liviya, Somali, Sudan va Yaman fuqarolariga toʻliq taqiq qoʻyi

15 Apr 07:06
 
63
0
xs.uz

AQSH Kongressida Trampga iqtisodiyotni oʻrganishi maslahat berildi

AQSH prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati XXI asr iqtisodiyoti haqida tushunchaga ega emas. Bu haqda kaliforniyalik demokrat kongressmen Ro Xanna aytib oʻtdi.'Men ularda XIX asrning MakKinli (Uilyam MakKinli AQSHning 25-prezidenti ' tahr.) siyosati borligini tushunaman, lekin ular XXI asr iqtisodiyotini tushunish kerak', ' deydi siyosatchi.Shuningdek, u Oq uyning mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish tashabbusi allaqachon barbod boʻlayotganini taʼkidladi. Bunga misol sifatida Xanna Tramp

04 Jun 02:45
 
101
0
xs.uz

Germaniyada rossiyalik diplomatlarni mamlakatdan chiqarib yuborish talab qilindi

Xristian-demokratik ittifoqdan Bundestag deputati Roderix Kizevetter hukumatdan qolgan rossiyalik diplomatlarni Germaniyadan chiqarib yuborishni va Berlindagi Ruslar uyini yopishni talab qildi. Bu haqda 'Handelsblatt' gazetasi deputatning soʻzlariga asoslanib xabar tarqatdi.'Qolgan agent va diplomatlarni chiqarib yuborishimiz kerak. Past darajadagi agentlar deb atalmish shaxslarni yollashga qarshi choralar koʻrish kerak. Bundan tashqari, Berlindagi Ruslar uyi va boshqa muassasalar yopilishi ke

17 May 21:47
 
298
0
xs.uz

Tramp Saudiya Arabistonida Salmon bilan nimalar haqida gaplashdi?

Kecha AQSH prezidenti Donald Tramp rasmiy tashrif bilan Saudiya Arabistoniga kelgandi. Bu uning qayta saylanganidan keyingi ilk xorijiy safari hisoblanadi.Ommaviy axborot vositalari xabarlariga qaraganda tashrif davomida asosiy eʼtibor mintaqaviy xavfsizlik masalalariga emas, balki iqtisodiy kelishuvlarga qaratiladi.Oq uy rahbari Ar-Riyoddagi Qirollik saroyida Valiahd Shahzoda Muhammad ibn Salmon tomonidan iliq kutib olindi. Uchrashuvda anʼanaviy Arab qahvasi taqdim etildi. Muloqot avvalida Tr