calendar 26 May 15:25
eye 64
comments 0
comments Manba: xs

Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetida Markaziy Osiyo huquqiy forum oʻtkazildi

image

Foto: TXVU Axborot xizmati

Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetida “Oʻzgarishlar davrida huquqiy asoslar: Markaziy Osiyo, Yevropa, Buyuk Britaniya va dunyo hamjamiyati hamkorligi” mavzusida Markaziy Osiyo huquqiy forumi oʻtkazildi.

Forum Markaziy Osiyo mamlakatlarining Yevropa va dunyo hamjamiyati bilan savdo aloqalarining huquqiy sohadagi rivoji va istiqbollarining tahliliga bagʻishlandi.

Uning doirasida Markaziy Osiyo davlatlarining xalqaro savdo borasidagi amaldagi qonunchiligi tahlili va Oʻzbekistonning bu boradagi strategiyasi koʻrib chiqildi. Ushbu tadbirning asosiy maqsadlaridan xalqaro savdo huquqi borasidagi yangi yoʻnalishlarni aniqlab, bu boradagi muammolar yechimi borasidagi yagona yondashuvni ishlab chiqish boʻldi. Anjuman doirasida tadqiqotchilar, huquqshunoslar va ushbu sohaga aloqador boʻlgan chet ellik mutaxassislar xalqaro savdo huquqi sohasida mavjud boʻlgan boshqarish modellari hamda uning Oʻzbekiston, Yevropa, Buyuk Britaniya va dunyo miqyosida qoʻllanish amaliyotini muhokama qilishdi. Forumda “Iqtisodiy sanksiyalar: Xalqaro arbitrajdagi yangi muammolar”, “Investitsiyalarni himoya qilish tizimi va barqaror rivojlanish”, “Oʻzbekistonda qonun ustuvorligi: qogʻozda va amalda” mavzularida maʼruzalar taqdim etildi.

Anjumanda “Taraqqiyot strategiyasi” markazining ijrochi direktori Eldor Tulyakov, Toshkent davlat yuridik universiteti rektori vazifasini bajaruvchi Islombek Rustambekov va bir necha boshqa davlat muassasalari vakillari ishtirok etdi.

Forumning asosiy spikerlari sifatida Angliyaning Liverpul universitetining Xalqaro iqtisodiy huquq boʻyicha professori Mavluda Sattorova, shuningdek, global miqyosda 77 ta mamlakatda faoliyat yurituvchi va tasarrufidagi huquqshunoslar soni boʻyicha dunyoning eng yirik xalqaro huquqshunoslik kompaniyasi — “Denton” vakila Diyora Ziyayeva va bir qator boshqa xalqaro ekspertlar qatnashdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Apr 16:18
 
32
0
xs.uz

Buxoroda “Alisher Navoiy ensiklopediyasi” toʻrt jildligi taqdimoti oʻtkazildi

Istam IBROHIMOV/'Xalq soʻzi'. Buxoro davlat universitetida 'Alisher Navoiy ensiklopediyasi' toʻrt jildligi hamda zahmatkash olim Ibrohim Haqqulning 'Navoiyga qaytish ' 5', 'Mushohada yogʻdusi ' 3', 'Soʻzboshi: irfon va ishonch' kitoblari taqdimoti boʻlib oʻtdi. Tadbirda adabiyotshunos olim va tadqiqotchilar, talaba yoshlar, sheʼriyat ixlosmandlari ishtirok etdi.Davlat tilini rivojlantirish departamenti, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbek tilini rivojlantirish

20 Mar 12:53
 
55
0
xs.uz

Navroʻz bayrami Surxondaryoga tarovat bagʻishlamoqda

Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'. Surxondaryo viloyatining Navroʻz shodiyonalariga bagʻishlangan asosiy bayram sayli Termiz shahridagi Sanʼat saroyi bogʻida boʻlib oʻtdi. Sharqona yangi yil boshi, goʻzallik, bunyodkorlik va yangilanish ayyomi erta tongdan karnay-surnay sadolari ostida tantanali ravishda boshlandi.Vohaning har bir tumani oʻziga ajratilgan qoʻrgʻonlarni, oʻtovlarini hududning milliy qadriyatlariga xos bezatib, turli koʻrgazmalar tashkil etdi. Sanʼatkorlarning konsert dastu

20 Mar 12:54
 
64
0
xs.uz

Shu yilning oʻzida 30 ming gektar yerlar yangi tizim asosida savdoga chiqariladi

Endilikda shu yilning oʻzida yana 30 ming gektar yerlar yangi tizim asosida savdoga chiqariladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning kichik va oʻrta biznes vakillari bilan sohaning iqtisodiyotdagi oʻrnini oshirish va rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bagʻishlangan uchrashuvida'maʼlum qilindi.Yaqinda 'Uzagro-star' xolding kompaniyasi tashkil qilindi. 9 ta bank ushbu xolding tarkibida meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan 16 ta kompaniya ochdi.Bu kompaniyalar har b

20 Mar 12:53
 
42
0
xs.uz

Andijonda yuk mashinasi yonib ketdi

Andijon viloyatida 'Zil' rusumli yuk transport vositasi yonib chiqdi. Bu haqda viloyat IIB JXX Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, hodisa kecha, 19-mart kuni soat 22:00 lar atrofida Asaka tumani 'Navoiy' MFY hududidan oʻtgan A-373 xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yoʻlida sodir boʻlgan.1994-yilda tugʻilgan haydovchi U.Sh. oʻzining boshqaruvida boʻlgan 'Zil-130' rusumli yuk transport vositasini 'A-373 Toshkent-Oʻsh yoʻlining Shahrixon' yoʻnalishi boʻylab bosh