calendar 04 Apr 16:18
eye 26
comments 0
comments Manba: xs.uz

Buxoroda “Alisher Navoiy ensiklopediyasi” toʻrt jildligi taqdimoti oʻtkazildi

image
Istam IBROHIMOV/'Xalq soʻzi'. Buxoro davlat universitetida 'Alisher Navoiy ensiklopediyasi' toʻrt jildligi hamda zahmatkash olim Ibrohim Haqqulning 'Navoiyga qaytish ' 5', 'Mushohada yogʻdusi ' 3', 'Soʻzboshi: irfon va ishonch' kitoblari taqdimoti boʻlib oʻtdi. Tadbirda adabiyotshunos olim va tadqiqotchilar, talaba yoshlar, sheʼriyat ixlosmandlari ishtirok etdi.

Davlat tilini rivojlantirish departamenti, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi hamkorligida mamlakat ziyolilari tashabbusi bilan nashrga tayyorlanib chop etilgan 'Alisher Navoiy' ensiklopediyasi koʻp yillik orzuning ushalishi, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Zero, keyingi yillarda buyuk bobokalonimizning ijodiga boʻlgan qiziqish yanada kuchaydi. Uning asarlari tadqiqiga eʼtibor oshmoqda. Davlatimiz rahbarining tegishli qarori ijrosi doirasida amalga oshirilgan bu ish navoiyshunoslikning koʻplab dolzarb masalalariga oydinlik kiritib berishi bilan ahamiyatlidir. Qolaversa, unda qiziqarli axborotlar, oʻziga xos yondashuvlardan tashqari, navoiyshunos olimlar toʻgʻrisida ham maʼlumotlar berilgan. Bu yosh tadqiqotchilar uchun dasturilamal vazifasini oʻtaydi. Chunki Alisher Navoiy nomi millat nomi bilan bir qatorda turadi. Hassos olim Ibrohim Haqqul taʼbiri bilan aytganda, Navoiy turkiy sheʼriyatning poytaxtidir. Hamma shu poytaxtga qarab intiladi.



Taqdimot marosimida soʻz olgan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat boʻlimi rahbari Shodmon Sulaymonov, viloyat hokimining davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi Akbar Rustamov, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori oʻrinbosari Maqsud Asadov, Qoʻqon universitetining ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Zebo Qobilova va boshqalar ana shular haqida atroflicha toʻxtaldi. Shuningdek, tadbirda koʻplab shogirdlar ustozi sanalgan olim, faylasuf Ibrohim Haqqulning xotirasi yod olinib, uning navoiyshunoslik rivojiga qoʻshgan hissasi alohida eʼtirof etildi. Xuddi shunday tadbir Buxoro davlat pedagogika institutida ham boʻlib oʻtdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Apr 16:19
 
33
0
xs.uz

Biz Yerni ajdodlarimizdan meros sifatida emas, balki farzandlarimizdan qarzga olganmiz – Prezident

Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!Hurmatli forum ishtirokchilari!Xonimlar va janoblar!Barchangizni bugungi davrdagi asosiy tahdid ' global iqlim o'zgarishlariga bag'ishlangan konferensiyamizda chin yurakdan qutlayman.Hurmatli hamkasblarim ' Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti nomidan qatnashayotgan bizning ishonchli hamkorlarimiz, xalqaro moliya institutlari, global va milliy ekologik tashkilotlar vakillariga ushbu tadbirda ishtirok etayot

20 Mar 12:54
 
44
0
xs.uz

Prezident Kichik biznes uyushmasini tashkil qilish tashabbusini qoʻllab-quvvatladi

Prezidentning kichik va oʻrta biznes vakillari bilan uchrashuvida kichik biznesdagi kelgusi qadamlarni belgilab beradigan besh yillik strategiya ishlab chiqilgani taʼkidlandi.Buni xalqaro moliya tashkilotlari ham qoʻllab-quvvatlab, yangi biznes yoʻnalishlari boʻyicha ilgʻor tajriba, innovatsiya, texnologiya va xalqaro standartlarni joriy qilishda koʻmaklashishga, buning uchun hozirni oʻzida 470 million dollar resurs ajratishga tayyor.Jumladan, Osiyo taraqqiyot banki 'Moliyaviy ommaboplik

21 Apr 08:34
 
89
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev: Tushumni koʻpaytirish soliq stavkasini oshirish hisobidan boʻlmasligi kerak

Joylarda yer soligʻi va ijara toʻlovlariga oshiruvchi koeffitsiyent belgilayotganda uning biznesga taʼsirini oʻrganish, tadbirkorlarning imkoniyati va moliyaviy ahvolidan kelib chiqib, qaror qabul qilish muhimligini taʼkidladi.'Tushumni koʻpaytirish soliq stavkasini oshirish hisobidan boʻlmasligi kerak. Aksincha, tadbirkorga yordam berib, soliq bazasini kengaytirsak, tushum koʻpayadi, tadbirkorlar ham rozi boʻladi', dedi Prezident.Endilikda tadbirkorlarga ushbu soliqlarni yilda ikkiga b

24 Mar 13:25
 
72
0
xs.uz

24-mart kuni ayrim hududlarda kuchli yomgʻir yogʻishi mumkin

Toshkent'shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-14 daraja iliq, kunduzi 15-17 daraja iliq boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi,'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.Buxoro'v