calendar 14 Apr 15:21
eye 61
comments 0
comments Manba: xs

Og‘zibirchiligi mustahkam mahallalar birdamligini namoyon etmoqdalar

image

Foto: Xalq so'zi

Hozirgi kunga kelib “Open byudjet”, “Fuqarolar uchun byudjet” tushunchalari aholining ko‘pchilik vakillariga ma’lum bo‘lgan tizimga aylanib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida tashkil qilingan mazkur mexanizm byudjet mablag‘larini fuqarolar tashabbusi asosida yanada takomillashtirilmoqda. 

Yaqinda 2023 yilgi «Tashabbusli byudjet»ning 3-bosqichiga ovoz berish yakunlanib, g‘oliblar aniqlandi. Bu boradagi ayrim tashabbuskorlar harakatlari ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgani ham bor gap.

Biz, Qoraqalpog‘iston Respublikasining shahar va tumanlari bo‘yicha «Tashabbusli byudjet»da eng ko‘p mablag‘ ajratilgan Amudaryo tumanida bo‘lib, tashabbuskor fuqarolar bilan suhbatlashdik.

-Mahallamizga keladigan yo‘lni asfalt qilish uchun uchinchi bor «Tashabbusli byudjet»da ishtirok qilib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdik, - deydi Amudaryo tumanidagi “Tor-yop” mahallasidan Qudrat Jumabayev. – Mahallamiz magistral yo‘ldan uch yarim-to‘rt kilometr ichkirida bo‘lib, qishda loy, yozda esa changli yo‘llardan harakatlanib mahallamizga yetib olardik. Ba’zan to‘y yoki boshqa tadbirlarga mahallamizga kelgan mehmonlar yo‘limizdan shkoyat qilsa hijolat bo‘lardik.

O‘tgan yil «Tashabbusli byudjet»ni eshitib mahallamiz ahli tashabbuskor Nozakat Jumamuratova rahbarligida 2022 yilning aprel oyida yo‘lning dastlabki 1-kilometr qismiga mablag‘ ajratilishiga erishilgan edi. Keyin noyabr oyida Zokir Qalandarov tashabbusi qo‘llab-quvvatlanib yana ushbu yo‘lning 1,5 kilometr qismiga asfalt yotqizildi.

Lekin, bu yo‘l hali endi qo‘shni mahallalardan o‘tib, biz tomonga chiqish qismigagina kelgan edi xalos. Shu bois “Tashabbusli byudjet”ning 3-bosqichida tashabbuskor Yusuf Xudoyberganov atrofida jipslashib, faol ishtirok qilishdi. Mazkur loyihaga ovoz to‘plash jarayonida “Tor-yop” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi barcha mahalladoshlarimiz og‘zibirchilikda faol ishtirok qildilar. Natijada yetarli ovoz to‘plandi va mahallamizgacha asfalt yo‘l keladigan bo‘ldi.

Biz, ushbu mahalladagi tashabbuskorlar bilan suhbatlashib, nima sababdan Amudaryo tumani ajratilayotgan mablag‘lar bo‘yicha eng yuqori o‘rinni egallagani va ushbu mablag‘lar qanday ishlarga sarflanayotganiga javob topgandek bo‘ldik.

Tashabbuskorlarning aytishicha mahallasigacha bo‘lgan yo‘l 3,5 yarim kilometr qismiga bir tashabbusda mablag‘ ajratish imkoni bo‘lmagan. Shu bois yo‘lni ta’mirlash uchun 3 marotaba ishtirok qilishga to‘g‘ri kelgan. Xo‘ja ovul Qilchiboy DFX yo‘lining nolinchi kilometridan ikkinchi kilometrigacha asfalt yotqizish tashabbusida g‘oliblikni qo‘lga kiritishda mahalladagi J.Haytboyev, M.Urazimbetov, O.Gulmanov, J.Urazimbetov, I.O‘taboyev, Q.Qodirov, Sh.O‘taboyev, B.O‘razimbetov, F.Haytboyev, X.Ochilov, Sh.Jumabayev, G.O‘rizimbetov, J.O‘taboyevlarning xizmatlari katta bo‘lganini mahalladoshlari e’tirof qilishdi. Ushbu mahalla faollari qo‘shni mahalla vakillariga ham oldingi asfalt qilingan yo‘llar misolida “tashabbusli byudjet” natijasini keng tushuntirib, mahallasining obod bo‘lishiga munosib hissa qo‘shgan.

Shuningdek, ushbu mahallada o‘tgan yilning aprel oyida ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha Ozod Gulmonov tashabbusi qo‘llab-quvvatlanib, “Dehqonbirlik” ko‘chasining 1 kilometr uzunlikdagi qismi ta’mirlangan.

Qoraqalpog‘istonlik yoshi ulug‘ oqsoqollar “og‘zibirchilikda gap ko‘p”, degan hikmatli iborani bot-bot ta’kidlashadi. Ha, og‘zibirchiligi mustahkam bo‘lgan mahallalar aholisi “Tashabbusli byudjet”da ovoz yig‘ish bo‘yicha ham birdamligini namoyon etmoqdalar. Erishilgan natija esa, mahallani obod qilish, yo‘llarni ravon bo‘lishiga xizmat qilayotir.

Ma’lumot uchun: “Tashabbusli byudjet”ning joriy yilgi 3-bosqichida Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha 2 ming 95 ta tashabbuslar uchun 121 milliard 641 million so‘m mablag‘ ajratilgan. Shundan Amudaryo tumaniga 133 ta tashabbuskorlar loyihasi uchun 18 milliard 970 million so‘m mablag‘ ajratilgan. To‘rtko‘l tumanidagi 170 ta tashabbuskorlar loyihasi uchun 14 mlrd. 728 million, Nukus shahridagi 231 ta g‘olib bo‘lgan tashabbuskorlarga14 mlrd. 474 million so‘m mablag‘ ajratilishi nazarda tutilgan.

Gʻ.Otajonov, “Xalq so‘zi”


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 09:12
 
43
0
xs.uz

Andijon viloyati iqtisodiyotini rivojlantirish rejalari taqdimot qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatida 2025-yilda erishilishi rejalashtirilgan asosiy maqsadlarga oid taqdimot bilan tanishdi.Joriy yilning birinchi choragida investitsiya loyihalari samarasida hamda tijorat banklari ishtirokida 77 ming nafar fuqaro ish bilan ta'minlangan.Umuman, 2025-yilda 5 milliard 700 million''dollarlik 166 ta investitsiya loyihasi amalga oshiriladi. Bu orqali 31 mingta ish o'rni ochiladi. 31 turdagi yangi mahsulot olish yo'lga qo'yilib, 1,5 milliard dollarlik ekspo

04 Apr 16:18
 
40
0
xs.uz

Hayotini gazetaga bagʻishlagan fidoyi jurnalist

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Qoʻshtepa tumani hokimligi bosh nashri 'Istiqbol yoʻli' gazetasi bosma davriy nashrlar jiddiy qiyinchiliklar bilan yuzma-yuz boʻlayotgan keyingi yillarda muntazam ravishda nashr etib kelinayotgani eʼtiborga molik. Boisi, tanqidiy chiqishlari, qilichdek keskir soʻzi bilan tanilgan gazetaning doimiy oʻquvchilari bor.Oʻttiz yildan buyon ijodiy jamoani ahil-inoqligini taʼminlab kelayotgan 'Mehnat shuhrati' ordeni sohibi Xadichaxon Karimovaning mehnat faoliyati

16 Apr 09:11
 
24
0
xs.uz

TDT mamlakatlari o‘rtasida savdo salohiyatini kengaytirish: qo‘shma tadqiqotlar va strategik yechimlar

Konferensiyada Turkiy davlatlar tashkiloti mamlakatlarining yetakchi ilmiy tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda tadqiqotlar o'tkazish bilim almashish va savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama etildi.'Mintaqaviy integratsiya va infratuzilmaviy loyihalar' mavzusidagi panel sessiyasida Transportni rivojlantirish muammolarini o'rganish markazi direktori B.Xolmatov O'zbekistonning TDT mamlakatlari bilan hamkorligining joriy holati va O'zbekiston Respublikasida amalga oshirila

22 Mar 08:54
 
66
0
xs.uz

Tungi klubda bir necha kishini kaltaklagan shaxs Qozogʻistondan ekstraditsiya qilindi

Toshkentdagi tungi klubda sherigini himoya qilishga uringan erkak ayovsiz kaltaklanishi oqibatida komaga tushib qolgani haqida'xabar berilgan edi. Mazkur jinoyatni sodir etgan erkak tergovdan qochib, qoʻshni Qozogʻistonda'qoʻlga olinganidan'soʻng, Toshkentga ekstraditsiya qilindi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati'maʼlum qildi.Bildirilishicha, hozirda Akmal Shukurov Qozogʻiston Respublikasidan Toshkent shahriga ekstraditsiya qilingan va tergov harakatlari davom ettirilmoqda.'Mazkur hol