calendar 16 Apr 09:11
eye 62
comments 0
comments Manba: xs.uz

TDT mamlakatlari o‘rtasida savdo salohiyatini kengaytirish: qo‘shma tadqiqotlar va strategik yechimlar

image
Konferensiyada Turkiy davlatlar tashkiloti mamlakatlarining yetakchi ilmiy tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda tadqiqotlar o'tkazish bilim almashish va savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama etildi.



'Mintaqaviy integratsiya va infratuzilmaviy loyihalar' mavzusidagi panel sessiyasida Transportni rivojlantirish muammolarini o'rganish markazi direktori B.Xolmatov O'zbekistonning TDT mamlakatlari bilan hamkorligining joriy holati va O'zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan muhim infratuzilmaviy loyihalarga bag'ishlangan taqdimot bilan ishtirok etdi.

B.Xolmatov Turkiy dunyo mamlakatlari o'rtasidagi transport-logistika hamkorligini mustahkamlash muhimligini qayd etib, TDTga a'zo davlatlar O'zbekistonning savdo-iqtisodiy sohadagi eng muhim strategik sheriklaridan biri ekanini ta'kidladi.

Markaz direktori o'z nutqida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan TDT sammitlari doirasida ilgari surilgan multimodal transport yo'laklarini rivojlantirish, transport jarayonlarini raqamlashtirish (jumladan, e-Permit va e-TIR tizimlarini joriy etish), shuningdek, asosiy yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirish 'Xitoy ''Qirg'iziston ''O'zbekiston' temir yo'li va 'O'zbekiston ''Afg'oniston ''Pokiston' transport yo'lagini shakllantirish bo'yicha qator tashabbuslarga e'tibor qaratdi.



So'zining yakunida B. Xolmatov joriy yilning yanvar oyida qabul qilingan va logistika infratuzilmasini keng miqyosda kengaytirish, konteyner tashuvlari hajmini oshirish hamda transport xizmatlari eksportini ko'paytirishni nazarda tutuvchi O'zbekiston Respublikasining transport-logistika tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga e'tibor qaratdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:49
 
39
0
xs.uz

Qashqadaryoda ikkita qishloqqa “Turizm qishlogʻi” maqomi berildi

Jahongir BOYMURODOV/'Xalq soʻzi'. Kitob tumanining Qaynar hamda Bashir qishloqlariga 'Turizm qishlogʻi' maqomi berildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda maqomni tasdiqlovchi sertifikatlar ushbu qishloqlar aholisiga tantanali tarzda topshirildi. Tadbirda Turizm qoʻmitasi, viloyat va tuman hokimliklari masʼullari, sohada faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar, keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.Unda'soʻzga chiqqanlar tomonidan taʼk

31 May 08:49
 
46
0
xs.uz

Odam savdosi bilan bogʻliq jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga kiritilgan yangi oʻzgartirishlarga koʻra, odam savdosi bilan bogʻliq jinoyatlar uchun belgilangan jazolar kuchaytirildi. Bu oʻzgartirishlar 2025-yil 19-may kuni qabul qilingan 'Odam savdosi jinoyati uchun jazoni kuchaytirish toʻgʻrisida'gi qonun bilan amalga oshirildi.Yangi tahrirga binoan, Jinoyat kodeksining 135-moddasida odam savdosi jinoyatini qalbaki hujjatlar asosida yoki jabrlanuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni olib qoʻygan,

17 May 21:46
 
55
0
xs.uz

Yuksak hamdoʻstlik ifodasi

Xivadagi Ichan Qalʼa davlat muzey-qoʻriqxonasi Koʻhna Ark tarixiy-meʼmoriy majmuasi yozgi kinoteatrida anʼanaviy Koreya kinofestivali boʻlib oʻtdi. Unda mahalliy aholi vakillari, yoshlar, viloyatdagi koreys milliy markazi faollari qatnashdi.Kinofestivalning tantanali ochilish marosimida Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Von Do Yon ishtirok etib, yigʻilganlarga samimiy va ezgu tilaklarini izhor qildi. U har ikki davlat oʻrtasida barcha sohalar, xususan

17 May 21:46
 
50
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Vengriya va Sloveniyaga boradi

19-22-may kunlari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vengriya va Sloveniya Respublikasiga rasmiy tashriflari bo'lib o'tadi.O'zbekiston yetakchisi Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning taklifiga binoan 19-may kuni Budapeshtga keladi.Oliy darajadagi muzokaralar, Vengriya rasmiylari va yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar bo'lib o'tadi.Kun tartibidan ikki mamlakat o'rtasidagi amaliy hamkorlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish masalala