“Tez yordam” mashinalari harakati sunʼiy yoʻldosh orqali monitoring qilib boriladi


“103” xizmati faoliyatini takomillashtirish, sohani malakali kadrlar bilan taʼminlash borasidagi ijobiy oʻzgarishlar yurtimizda aholiga xalqaro andozalarga mos tarzda tez tibbiy yordam koʻrsatish imkonini bermoqda.
Birgina misol. Bugungi kunda “Tez yordam”da bitta chaqiriqqa dori-darmon uchun ajratilayotgan mablagʻ 16 barobardan ziyodga ortib, oʻrtacha 8000 soʻmni tashkil qilmoqda. Vaholanki, bu mablagʻ 2016-yil oʻrtacha 500 soʻm edi.
Shuningdek, bundan 7 yil avval yurtimizda atigi 818 ta “Tez yordam” shoxobchasi faoliyat yuritgan boʻlsa, ayni paytda ular soni 1455 taga yetdi. Qolaversa, bugunga kelib, “103” brigadalari jami 2755 tani tashkil qilmoqda. Vaholanki, bu raqam ham 2016-yilda 1648 ta edi.
Yana bir gap. Bundan 6-7 yil avval yurtimiz tez tibbiy yordam tizimida 1868 ta avtomashina bor edi. Bugun esa 2865 ta avtomobil aholiga sifatli xizmat koʻrsatyapti. Shuningdek, maxsus avtomashinalar parki 60-70 foizga yangilandi. Foydalanilayotganiga 8 yildan oshgan avtotransport vositalarini zamonaviylariga almashtirish ishlari esa bosqichma-bosqich davom ettirilyapti.
Qolaversa, 7 yilda “Tez yordam”da reanimobillar soni 24 tadan 500 taga koʻpaydi. Jumladan, joriy yil Respublika tez tibbiy yordam markazi “Jizzakh Auto” tomonidan ishlab chiqarilgan 337 ta “Volkswagen Caddy” mashinalari bilan bilan boyidi.
Bundan tashqari, oxirgi yillarda “103” brigadalari dislokatsiyasi qayta koʻrib chiqilib, aholi yashash punktlariga yaqinlashtirildi. Natijada oʻtgan 6 yil davomida xizmat koʻrsatish radiusi oʻrtacha 13-15 kilometrdan 5-6 kilometrga qisqardi.
“103” raqami markazlashtirilishi hamda muvofiqlashtiruvchi dispetcherlik xizmati — “Call markaz»lar tashkil etilishi orqali esa “Tez yordam”ning kechikishi 40 foizdan 20 foizgacha kamaydi.
Eng muhimi, sohadagi islohotlar 2023-yilda ham izchil davom ettiriladi. Jumladan, tizimdagi eskirgan avtoulovlarni bosqichma-bosqich zamonaviylariga almashtirish choralari koʻriladi.
Unga koʻra:
Aholiga yanada sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish maqsadida “Tez yordam” uchun yana 1000 dona A toifali zamonaviy avtomashina xarid qilinishi koʻzda tutilgan. Ushbu maqsadda Osiyo taraqqiyot banki loyihasi asosida kredit mablagʻlari ajratilgan. Bu orqali tizimdagi “Damas” avtomobillari toʻliq yangilanadi.
Shuningdek, olis va chekka hududlar, togʻli va choʻl mintaqalarida ushbu sohani rivojlantirish, tizim xodimlarining xizmat koʻrsatish imkoniyatini oshirish maqsadida maxsus yoʻl tanlamas avtomobillar olib kelinadi.
Yana bir yangilik. Joriy yil “103” xizmatida yagona Call-markaz tashkil qilinadi. Sohada kompleks axborot tizimlarini joriy etish maqsadida ularda yagona intellektual chaqiruv platformasi yaratiladi. Shu bilan birga, xizmat avtotransportlari uchun GPS yordamida sunʼiy yoʻldosh monitoringi tizimi yoʻlga qoʻyilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xalqaro investorlarni qabul qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 'Al Mirqab Capital' kompaniyasi boshqaruvi raisi Hamad bin Jassim Ol Soniy va 'Blackrock' investitsiya kompaniyasi katta boshqaruvchi direktori Adebayo Ogunlesidan iborat xorijiy investorlar delegatsiyasini qabul qildi.Oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish va mamlakatimizda istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi.Davlat-xususiy sheriklikda yirik infratuzilma va sanoat loyihalarini amalga oshir
Jurnalistlar uchun radikalizmga qarshi kurash mavzusida oʻquv seminari tashkil etildi
Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida 'Radikallashuv omillari, axborot manipulyatsiyasi va unga qarshi kurashish' mavzusida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun oʻquv seminari boʻlib oʻtdi. Ushbu tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 'Oʻzbekiston ' 2030' strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi farmoni ijrosi doirasida Jurnalistlar uyushmasi va 'Ziyo' media markazi hamkorligida tashkil etildi.Seminarda jurnalistlarga diniy radikalizmning xavfli jihatlari, radikal
Oʻzbekiston Prezidenti Yevropaning qator yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Toshkent xalqaro investitsiya forumi va Xorijiy investorlar kengashi majlisi doirasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 'Standard Chartered', 'International Hospitals Group', 'LVMH', 'Airbus' kabi Yevropaning qator yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi.Davlatimiz rahbari forumda Yevropa davlatlaridan ishtirokchilar sonining ko'paygani tomonlar iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanidan dalolatligini ta'kidladi.Yevropa mamlakatlari
Oʻrmon xoʻjaligini raqamlashtirish markazi tashkil etiladi
Qarorga koʻra, oʻrmon fondi resurslaridan samarali foydalanishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib quyidagilar belgilandi:Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi 'Oʻrmontexnoservis' davlat unitar korxonasi negizida 'Oʻrmon xoʻjaligini raqamlashtirish markazi' davlat muassasasi tashkil etiladi.Markaz quyidagilarni nazarda tutuvchi 'Aqlli oʻrmon xoʻjaligi' (Smart forestry) axborot platformasining yagona operatori hisoblanadi: