calendar 22 Sep 16:20
eye 36
comments 0
comments Manba: xs

Kasanachilarga ajratiladigan subsidiya miqdori oshiriladi

image

Foto: Arxiv surat

“Xotin-qizlar bandligini oshirish va salomatligini mustahkamlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–376-son, 21.09.2022-y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, 2022-yil 1-oktyabrdan:

— kasanachiga ajratiladigan subsidiya miqdori BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (3 mln soʻmdan 4,5 mln soʻmgacha) oshiriladi;

— olis va chekka hududlardagi mahallalarda kamida 20 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarni kasanachilik asosida ish bilan taʼminlagan tadbirkorlar oʻrtasida har yili bir marta har birining qiymati 50 million soʻm boʻlgan loyihalar tanlovi oʻtkaziladi;

— “Ayollar daftari”dagi kamida 5 ta ishsiz xotin-qizlarni kasanachilik asosida ishga qabul qilgan tadbirkorlar tomonidan davlat mulkidagi bino va inshootlarni ijaraga olishda ijara haqi 50 foiz miqdorda undiriladi;

— xodimlari umumiy sonining kamida 70 foizi “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar boʻlgan kasanachilikni tashkil etgan va imtiyoz berilgan davrda ularning bandligini saqlab qolgan tadbirkorlar davlat mulkidagi bino va inshootlar uchun ijara haqi toʻlovidan 2027-yil 1-oktyabrgacha ozod etiladi.

Har bir tuman (shahar)da xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari huzurida lider kasanachilarni jalb etgan holda “maslahat soatlari” joriy etiladi.

Hududlarda kasanachilik orqali yangi ish oʻrinlarini tashkil etgan tadbirkorliklar oʻrtasida “Eng namunali tadbirkor” koʻrik-tanlovi oʻtkaziladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

07 Mar 20:11
 
43
0
qalampir.uz

Ayrim hokimlar hatto o‘z hududida “pastga tushmagan” – Prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev 6 mart kuni Toshkent viloyatining tuman va shaharlaridagi imkoniyatlarni to‘liq ishga solish chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Prezident huzurida Toshkent viloyati tuman va shaharlaridagi "o‘sish nuqtalari" tahlil qilindi: Ohangaronda O‘zbekiston–Vengriya sanoat zonasi tashkil etiladi, Angren erkin iqtisodiy zonasida maishiy texnika, metall prokat, meva-sabzavotni qayta ishlash

07 Mar 20:12
 
45
0
xs.uz

“Oʻzbekiston 2030” strategiyasining ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish doirasidagi ishlarning borishi koʻrib chiqildi

'Oʻzbekiston 2030' strategiyasining borishi va uni joriy yilda amalga oshirish boʻyicha Davlat dasturining ijrosi koʻrib chiqildi. Oʻzbekistonning JSTga kirish boʻyicha muzokaralar jarayoni doirasidagi ishlarni faollashtirish, jumladan, milliy normativ-huquqiy hujjatlarni tashkilot talablariga uygʻunlashtirish masalalari muhokama qilindi.Ichimlik suvi taʼminoti, maktablar infratuzilmasini yaxshilash, onkologik kasalliklarning oldini olish, davlat xizmatida sifatni oshirish va raqobatni ta

09 Mar 00:16
 
62
0
xs.uz

Yirik shaharlarda saraton bilan kasallangan ayollar uchun oʻzaro yordam guruhlari tashkil etiladi

Maqsadli guruhdagi ayollarni bachadon saratoni va koʻkrak bezi saratoni skrining dasturlari bilan qamrov darajasini oshirish rejalashtirilmoqda.Buning doirasida:' Skrining registr va kanser registrlar amaliyotga tatbiq etiladi.' Bachadon boʻyni saratoni skriningi va koʻkrak bezi saratoni skriningi klinik standarti tasdiqlanadi.' Koʻkrak bezi saratonini erta aniqlash tizimi joriy qilinib, bunda:' tuman tibbiyot birlashmalari 14 ta mammograf uskunasi bilan jihozlanadi va ular respublika yagona

07 Mar 20:11
 
33
0
qalampir.uz

Farg‘onadagi “Yoshlar ko‘li” hududi turarjoy qurish uchun berib yuborildi

Farg‘ona shahri markazidagi “Yoshlar ko‘li” hududi mehmonxona, restoran, savdo majmuasi va turarjoy qurish uchun, ochilganiga hali bir oy to‘lmagan firmaga berib yuborildi. Bu haqda O‘zA ma’lum qildi. Aytilishicha, maydoni 2,2 gektar bo‘lgan sun’iy ko‘l, 2020 yilda ta’mirlangan, obodonlashtirilgan, toza suv bilan ta’minlab turish uchun quduqlar chiqarilgan. 2021 yildan keyingi uch yil davomida u suv bilan to‘ldirilmagan, yozda ham faoliyat ko‘rsatmagan.