calendar 07 Mar 20:11
eye 69
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Farg‘onadagi “Yoshlar ko‘li” hududi turarjoy qurish uchun berib yuborildi

image

Farg‘ona shahri markazidagi “Yoshlar ko‘li” hududi mehmonxona, restoran, savdo majmuasi va turarjoy qurish uchun, ochilganiga hali bir oy to‘lmagan firmaga berib yuborildi. Bu haqda O‘zA ma’lum qildi.

Aytilishicha, maydoni 2,2 gektar bo‘lgan sun’iy ko‘l, 2020 yilda ta’mirlangan, obodonlashtirilgan, toza suv bilan ta’minlab turish uchun quduqlar chiqarilgan. 2021 yildan keyingi uch yil davomida u suv bilan to‘ldirilmagan, yozda ham faoliyat ko‘rsatmagan.

“Farg‘ona shahridagi bu ko‘l kelajakda iqtidorli yosh sportchilarni tanlashda eng asosiy o‘ringa ega degandim. Mana endi hozirga kelib, havzada suv yo‘q, uni to‘ldirish imkoniyati bo‘lmadi. Tik quduq orqali olinayotgan suv uchun sarflangan elektr quvvatiga pul topilmadi. Shuning uchun asta-sekinlik bilan barcha mashg‘ulotlarimiz to‘xtab qoldi. Ko‘l ko‘p xizmat qilishi kerak edi bu sport turi uchun”, degan Farg‘ona viloyati Kanoe federatsiyasi ijrochi direktori Nasriddin Xoliqov “Farg‘ona haqiqati” gazetasi muxbiriga.

Kuni kecha Farg‘ona markazidagi “Yoshlar ko‘li”da buzish ishlari boshlangan. Ma’lum bo‘lishicha, u Farg‘ona viloyati hokimining 2024 yil 29 yanvardagi qaroriga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tganiga hali bir oy ham to‘lmagan “Unays building” MCHJga mehmonxona, restoran, savdo majmuasi va turarjoy qurish sharti bilan doimiy muddatga berilgan.

Amaldagi qonunchilik va me’yoriy hujjatlarda yer maydoni emas, balki bo‘sh turgan binolargina tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun foydalanib turishga biriktirilishi mumkinligi belgilangan.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Dilshod To‘lqinovning bildirishicha, oldi-sotdi shartnomasi rasmiylashtirilmagan, sababi ob’ekt sotilmagan, tadbirkorga foydalanish uchun topshirilgan.

Ma’lumot uchun, prezident farmoni bilan 2021 yil 1 avgustdan boshlab hokimliklarning yerni to‘g‘ridan to‘g‘ri ajratish, foydalanishga berish, zaxiralash, biriktirish, obodonlashtirish uchun berish yoki yerlarni boshqacha yo‘l bilan tasarruf qilishga oid vakolatlari bekor qilingan.

Farg‘ona viloyati hokimligi bu borada hozircha rasmiy munosabat bildirmadi.

Sarvar Xurramov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:46
 
74
0
xs.uz

“Muammolarni “Tashabbusli byudjet” orqali hal qilyapmiz”

Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'. Keyingi paytda aholi oʻrtasida 'Tashabbusli byudjet' loyihasiga qiziqish ortib bormoqda. Har bir hudud aholisi ushbu platformada loyihasi yetarli ovoz olishi uchun faol ishtirok etmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan yoʻlga qoʻyilgan 'Tashabbusli byudjet' loyihasi mamlakatimiz iqtisodiyotini isloh qilish, moliyaviy imkoniyatlarni muhim masalalarga yoʻnaltirish va byudjet sarfining shaffofligini taʼminlashda muhim oʻrin tutmoqda. Oʻz nav

31 May 08:49
 
44
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev html5-dom-document-internal-entity1-quot-endMarkaziy Osiyo - Italiyahtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end sammitida ishtirok etadi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog'iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 30-may kuni Ostona shahrida bo'lib o'tadigan 'Markaziy Osiyo ' Italiya' formatidagi oliy darajadagi sammitda ishtirok etadi.Tadbirda mintaqa mamlakatlari yetakchilari va Italiya Bosh vaziri ishtirok etishi ko'zda tutilgan.Kun tartibiga muvofiq, ko'p qirrali hamkorlikni, eng avvalo 'yashil' iqtisodiyot, investitsiyalar, innovatsiyalar, fan va ta'lim sohalarida yanad

31 May 08:49
 
65
0
xs.uz

Sogʻliqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev 'Respublikada sogʻliqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi farmonni imzoladi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' xabar berdi.Farmonga koʻra, aholiga tibbiy xizmat koʻrsatishning zamonaviy, samarali va xalqchil tizimini joriy etish maqsadida sogʻliqni saqlash sohasini tubdan takomillashtirish koʻzda tutilgan. Farmonda belgilangan asosiy maqsadlard

17 May 21:46
 
57
0
xs.uz

MMTV qoshida Bolalar kontentini rivojlantirish markazi tashkil qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan maktab taʼlimi yuzasidan videoselektor yigʻilishida bolalarni zararli axborotlardan himoya qilish boʻyicha koʻp ishlar qilinayotgani, bu borada alohida qonun ham qabul qilingani qayd etildi.'Toʻgʻri, bugungi kunda yoshlar maʼnaviyati bilan hamma shugʻullanyapti.Lekin, zararli axborotlarga qarshi tura oladigan milliy kontent yaratish, ularni targʻiboti, ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha professional tashkilot yoʻq', dedi Prezi