calendar 07 Mar 20:11
eye 57
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Ayrim hokimlar hatto o‘z hududida “pastga tushmagan” – Prezident

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev 6 mart kuni Toshkent viloyatining tuman va shaharlaridagi imkoniyatlarni to‘liq ishga solish chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident huzurida Toshkent viloyati tuman va shaharlaridagi "o‘sish nuqtalari" tahlil qilindi: Ohangaronda O‘zbekiston–Vengriya sanoat zonasi tashkil etiladi, Angren erkin iqtisodiy zonasida maishiy texnika, metall prokat, meva-sabzavotni qayta ishlash bo‘yicha 400 million dollarlik loyihalar amalga oshiriladi. 

Qayd qilinishicha, Toshkent viloyatida 15 ta tuman va 7 ta shahar bor. Hudud qulay geografik makonda, voha va vodiy viloyatlarini poytaxtimiz bilan bog‘laydigan muhim transport yo‘lagida joylashgan. Lekin viloyatning iqtisodiy rivoji mavjud salohiyatga umuman mos emas. Na savdo, na yer-suv, na transport-tranzit imkoniyatlaridan to‘la foydalanilyapti. Ba’zi ko‘rsatkichlar bunday qulayliklar bo‘lmagan ayrim chekka hududlardagidan ham past. 

Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda ishga solinmayotgan imkoniyatlar, bu boradagi sustkashliklar ko‘rsatib o‘tildi. 

Poytaxt jadal rivojlanayotgani holda uning yonidagi viloyat hududlari bu sur’atdan ortda qolmoqda. Masalan, Toshkent, Zangiota, Qibray, Yuqori Chirchiq, O‘rta Chirchiq tumanlarida sanoat hajmi yondosh poytaxt tumanlariga nisbatan bir necha barobar kam. Qurilish sohasida ham shu ahvol. 

Bir qator kichik tadbirkorlar faoliyatini to‘xtatgan. 29 ta yirik korxonada hamda Bekobod va Yangiyo‘l shaharlarida ishlab chiqarish kamaygan. Viloyatda ekin yerlari ko‘p bo‘la turib, Andijon bilan deyarli bir xil hajmda mahsulot yetishtirilgan. 

Hududlarning bor salohiyati daromadga aylanmayapti. Sababi "o‘sish nuqtalari"ni topish va ishga solish bo‘yicha hokimlarda tashabbus yetishmayapti. Ayrim hokimlar hatto o‘z hududida "pastga tushmagan", tadbirkorni qo‘llab-quvvatlash, ish o‘rinlarini ko‘paytirishga harakat qilmagan. 

Yig‘ilishda viloyatdagi shahar va tumanlar mutasaddilari o‘z faoliyatida o‘zgarish qilmasa, lavozimiga loyiqligi ko‘rib chiqilishi to‘g‘risida ogohlantirildi. 

Ta’kidlanishicha, Parkent, Yangiyo‘l, Chinoz va Oqqo‘rg‘on tumanlarida turizm, tranzit va iqtisodiy qulayliklar ko‘p bo‘lsa-da, taraqqiyotdan orqada. Shu bois, prezident topshirig‘iga muvofiq, ulardagi haqiqiy holat, imkoniyatlar va tadbirkorlarning takliflari o‘rganildi. 

Yig‘ilishda shu boradagi tahlillar, mazkur tumanlarning "o‘sish nuqtalari" taqdimot qilindi. 

Jumladan, Parkent tumanining xushmanzara joylariga olib boruvchi yo‘llarni ta’mirlash, mikroavtobuslar qatnovini tashkil etish, yo‘l bo‘yida savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari qurish uchun tadbirkorlarga yer ajratish taklif etilmoqda. Parkentsoy, Qizilsoy va Chovlisoyning muhofaza hududini aniq belgilash va qirg‘oqlarini mustahkamlash orqali bo‘shaydigan yerlardan samarali foydalanish ham mumkin. 

Yangiyo‘l tumanida oziq-ovqat va gigiyena mahsulotlariga ixtisoslashgan kichik sanoat zonasi tashkil etish ko‘zda tutilmoqda. 

Chinoz tumanida savdo-ko‘ngilochar majmua va zamonaviy baliq bozori barpo etish, yo‘l bo‘yida savdo va xizmatlarni kengaytirish, xonadonlarda issiqxonalarni ko‘paytirish kabi imkoniyatlar hisob-kitob qilingan. 

Oqqo‘rg‘onda sanoat rivojlanmagani sababli ko‘plab xotin-qizlar Toshkent shahri va boshqa tumanlarga qatnab, to‘qimachilik korxonalarida ishlamoqda. Shunday korxonalarni tumandagi bo‘sh binolar o‘rnida tashkil qilish rejalashtirilgan. 

Davlat rahbari tumanlar iqtisodiyotini sog‘lomlashtirish bo‘yicha choralarni ko‘rsatib o‘tdi. Mutasaddilarga viloyatning barcha hududlarini shunday tahlil qilib, qo‘shimcha "o‘sish nuqtalari"ni aniqlash, daromad manbalarini ko‘paytirish vazifasi qo‘yildi. 

Ohangaron tumanida O‘zbekiston – Vengriya sanoat zonasi tashkil etilib, 100 million dollarlik loyihalar joylashtiriladi. Angren erkin iqtisodiy zonasida maishiy texnika, metall prokat, meva-sabzavotni qayta ishlash bo‘yicha 400 million dollarlik, "Eltex industrial" texnoparkida 260 million dollarlik loyihalar amalga oshiriladi.

Yig‘ilishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb qilib, iqtisodiy-ijtimoiy loyihalarni jadallashtirish masalalari ko‘rib chiqildi. Poytaxtdagi sanoat korxonalarini bosqichma-bosqich shahardan tashqariga ko‘chirish rejalashtirilgani, bu Toshkent viloyati uchun katta imkoniyat ekani ta’kidlandi. 

O‘zini o‘zi band qilgan insonlarning kichik biznesga o‘tishi, faoliyatini to‘xtatgan tadbirkorlarning ishini yana tiklashiga ko‘maklashiladi. Tomorqalarda Chinoz tajribasi bo‘yicha ixcham issiqxonalar, kooperatsiya asosida mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash majmualari tashkil etiladi. 

Shuningdek, joriy yilda mahalliy va xorijiy turistlar sonini 5 millionga, turizmda eksportni kamida 300 million dollarga yetkazish choralari bo‘yicha fikr almashildi. 

Xotin-qizlar va yoshlarni kasbga o‘qitish hamda bandligini ta’minlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Sarvar Xurramov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

10 Oct 10:49
 
20
0
xs.uz

Oʻzaro manfaatli hamkorlik

Gʻ.Otajonov/'Xalq soʻzi'. Fransiya taraqqiyot agentligining va Yevropa Investitsion Banki vakillari Qoraqalpogʻistonga tashrif buyurdi. Delegatsiya vakillari dastlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi F.Ermanov qabulida boʻlib, 'Qoraqalpogʻiston Respublikasida 'Suyenli kanali tizimini rekonstruksiya qilish' loyihasi boʻyicha oʻzaro fikr almashishdi.Shuningdek, Fransiya taraqqiyot agentligining va Yevropa Investitsion Banki vakillari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv x

25 Sep 13:14
 
15
0
xs.uz

Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishga oid Hukumat Qarori qabul qilindi

Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda huquqiy targʻibotning innovatsion usullaridan foydalaniladi. Bu toʻgʻrisida '2024-2025-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida'gi Hukumat Qarori qabul qilindi.Maʼlum boʻlishicha, quyidagilarni nazarda tutuvchi 2024-2025-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan. Bunda bir nechta ishlar amalga oshiriladi.Birinchidan, sh

24 Aug 17:26
 
34
0
xs.uz

OAV vakillari bilan uchrashuvda Oʻzbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari oʻtkazilgan muzokaralar yuzasidan oʻz fikrlarini bildirdi

Davlatimiz rahbari Ozarbayjon Prezidentining Oʻzbekistonga davlat tashrifi ikki mamlakat oʻrtasidagi koʻp asrlik doʻstona munosabatlarni rivojlantirishda tarixiy voqea boʻlganini katta mamnuniyat bilan taʼkidladi.Prezident Shavkat Mirziyoyev tashrifning asosiy natijalaridan biri sifatida Ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi shartnomani alohida qayd etdi. Bu, Oʻzbekiston yetakchisi taʼkidlaganidek, davlatlararo hamkorlikni mustahkamlashda yangi sahifa ochilganini anglatadi va tomon

26 Aug 12:29
 
54
0
xs.uz

25-avgust kuni harorat biroz pasayadi

'Oʻzgidromet' 25-avgust, yakshanba kuni kuzatiladigan ob-havo toʻgʻrisida maʼlumot berdi.Toshkent shahri. Havo biroz bulutli, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +18...+20 daraja, kunduzi +31...+33 daraja boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +28...+33 da