calendar 03 Apr 10:31
eye 79
comments 0
comments Manba: qalampir

Pokiston Prezidenti mamlakat parlamentini tarqatib yubordi 

image
image

Pokiston Prezidenti Orif Alvi bugun, 3 aprel kuni Bosh vazir Imron Xonning taklifiga binoan Milliy assambleyani (parlament quyi palatasi) tarqatib yubordi. Bu haqda Pokistonning "Geo.tv" telekanali xabar berdi. 

Taʻkidlanishicha, muxolifat parlamentda Imron Xonga ishonchsizlik votumini o'tkazishga uringan. So'ng Bosh vazir Prezidentga qonun chiqaruvchi organni tarqatib yuborishni taklif qilgan. Prezident taklifni qabul qilgan. 

Palataning tarqatilishi haqidagi maʻlumotni Bosh vazirning maxsus yordamchisi Shahbaz Gill ham tasdiqlagan. 

"Milliy assambleya tarqatildi", deb yozgan u o'zining Twitter’dagi sahifasida va endi Pokiston xalqi Bosh vazir taqdirini hal qilishini qo'shimcha qilgan. 

Bu muxolifat 2018 yilda hokimiyat tepasiga kelgan Xonni mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatni yaxshilay olmayotganlikda, shuningdek, korruptsiyada ayblab, Bosh vazirga ishonchsizlik votumini eʻlon qilishga urinish boshlanganidan keyin yuz bergan. Mamlakat parlamenti quyi palatasida bo'lib o'tgan yig'ilishda vitse-spiker Qosim Suri bunday ovoz berishni o'tkazish mamlakat konstitutsiyasiga zid bo'lishini, shuning uchun uni o'tkazish mumkin emasligini aytgan. Shundan so'ng u parlament ishida tanaffus eʻlon qilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

21 Apr 08:34
 
46
0
xs.uz

Xitoy dunyodagi birinchi 10G internet tarmogʻini ishga tushirdi

Xitoyning Xebey provinsiyasidagi dunyodagi birinchi 10G keng polosali internet tarmogʻini ishga tushirildi. Bu haqda 'Mydrivers' portali'xabar berdi.Qayd etilishicha, 'Huawei' kompaniyasi va 'China Unicom' bilan hamkorligida ishga tushirilgan yangilangan tarmoq dunyodagi ilk 50G PON texnologiyasi asosida ishlaydi. U orqali har bir foydalanuvchi uchun internet tezligi anʼanaviy gigabit darajasidan 10G darajasigacha oshiriladi. Yaʼni yuklab olish ' 9834 Mbit/s, uzatish ' 1008 Mbit/s, kechikish

12 Apr 21:15
 
61
0
xs.uz

Isroil hukumati Gʻazodagi yirik suv inshootlarini ishdan chiqardi

Isroil hukumati Gʻazoning suv inshootlari obyektlariga zarar yetkazib, mahalliy aholini ogʻir ahvolga solib qoʻymoqda, deb xabar berdi 'Al Jazeera' nashri.Maʼlum boʻlishicha, Isroil kuchlari Gʻazo shahrining sharqidagi va markaziy gubernatorlikdagi ikkita yirik suv quvurlariga ataylab zarar yetkazgan. Shuningdek, Deyr al-Balah hududidagi suvni tuzsizlantirish zavodini elektr quvvati bilan taʼminlovchi liniyani ham uzib qoʻygan. Natijada Gʻazo hududini ichishga yaroqli suv bilan taʼminl

31 May 08:50
 
14
0
xs.uz

Isroil keng koʻlamli hujumga tayyorgarlik koʻrmoqda

AQSHning Isroildagi elchisi Stiv Uitkoff CNN telekanaliga bergan intervyusida Gʻazoga nisbatan oʻt ochishni toʻxtatish va garovdagilarni ozod qilish boʻyicha kelishuv muhokama qilinishayotganini maʼlum qildi. Uning taʼkidlashicha, mazkur kelishuv urushni tugatishga olib kelishi mumkin. Uitkoff HAMASdan taklifni qabul qilishni soʻragan.Taklifga koʻra, garovdagilarning yarmi (tiriklar va halok boʻlganlar) ozod qilinadi, evaziga vaqtinchalik oʻt ochish toʻxtatilib, keyin keng qamrovli su

16 Apr 09:12
 
57
0
xs.uz

Argentina prezidenti dunyoda yangi yetakchi paydo boʻlganini maʼlum qildi

Argentina prezidenti Xavyer Miley Rossiyani yangi dunyo tartibining yetakchilaridan biri deb atadi. Bu haqda u 'Neura Media' YouTube kanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.'Biz hozir dunyo tiklanayotganini koʻryapmiz. Ikkinchi jahon urushidan keyin mavjud boʻlgan dunyo tartibi endi oʻlik. Amerikada AQSH, Yevroosiyoda Rossiya, Osiyoning Rossiya yetakchilik qilmaydigan qismida esa Xitoy yetakchilik qiladi', ' deydi u.Shu bilan birga, Miley Yevropani 'uygʻonish' (inglizcha 'woke' soʻzidan o