Maxsus komissiya sportchilarning reyting pog'onasini o'rganib chiqdi va bu borada Olimpiada yo'llanmalarining egalari maʻlum bo'lgach, Milliy olimpiya qo'mitalariga rasmiy xat jo'natdi.

Unga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi vakillaridan Fanat Qahramonov (-75 kg) va Dilshod Ro'zmetov (-81 kg), ayollardan Rayhon Qodirova (-60 kg) va Maftuna Meyliyeva (-69 kg) Olimpiada yo'llanmalariga ega bo'lishdi.

Taʻkidlash joiz, oilaviy sharoit (homilador) sabab Maftuna Meyliyevaning litsenziyasi reytingda u bilan yonma-yon turgan boshqa bir hamyurtimiz Shahnoza Yunusovaga o'tadigan bo'ldi.

Bu xaqda Milliy olimpiya qo'mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Shu tariqa boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi «Tokio – 2020» olimpiya o'yinlarida 11 nafar sportchi bilan ishtirok etadigan bo'ldi. Erkaklar jamoamiz to'liq tarkibda, qizlarimiz esa 3 nafar ishtirokchi bilan Olimpiadada yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Olimpiya o'yinlarida ishtirok etadigan tarkibimiz:
Erkaklar:
-52 kg: Shahobiddin Zoirov
-57 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov
-63 kg: Elnur Abduraimov
-69 kg: Bobousmon Baturov
-75 kg: Fanat Qahramonov
-81 kg: Dilshod Ro'zmetov
-91 kg: Sanjar Tursunov
+91 kg: Bahodir Jalolov
Ayollar:
-51 kg: Tursunoy Rahimova
-60 kg: Rayhon Qodirova
-69 kg: Shahnoza Yunusova. «Zamin» yangiliklarini «Vkontakti»da kuzatib boring
Sambo bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionatining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi
Ochilish tadbirida Xalqaro sambo federatsiyasi, Osiyo-Okeaniya sambo ittifoqi, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi hamda mamlakat sambo federatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi. Rasmiylar o'z chiqishlarida ushbu chempionat nafaqat mintaqada, balki jahon miqyosida ham katta ahamiyatga ega ekanini ta'kidlashdi. Shuningdek, O'zbekistonda noolimpiya sport turlari, xususan samboning rivojiga katta e'tibor qaratilayotgani qayd etildi.Marosimdan so'ng musobaqaning final blokiga start berildi va bellas
“U har doim 18 yoshda qoladi” — “Bavariya”ning sobiq futbolchisi jarohatidan soʻng vafot etdi
Germaniyaning 'Bavariya' klubining sobiq yosh futbolchisi Go Szyasyuan fevral oyida boshidan olgan jarohati oqibatida 18 yoshida hayotdan koʻz yumdi.'Biz futbolni yaxshi koʻradigan bolamizni yoʻqotdik', deya xabar taqatdi ayni paytdagi uning jamoasi 'Beijing Guoan' futbol klubi.Futbolchi shu yilning 6-fevral kuni Ispaniyada 'RC Alkobendas'ga qarshi mashgʻulot oʻyini vaqtida jarohat olgan edi. Bir epizodda raqib uning boshiga tizzasi bilan urgan, shundan soʻng Szyasyuan hushini yoʻqotgan.
TAJRIBA VA MAHORAT USTUNLIGI
Yaqinda sportning mini futbol turi bo‘yicha “IIV Malaka oshirish instituti boshlig‘i kubogi” uchun musobaqa tashkil etildi. Unda Toshkent davlat texnika universiteti talabalari, Olmaliq shahridagi bir qator ta'lim muassasalari yoshlari hamda mazkur institut tinglovchilaridan iborat jamoalar ishtirok etishdi. Qiziqarli bahslarga boy tarzda o‘tgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko‘ra, tajriba va mahorat bobida raqiblaridan ustun kelgan IIV Malaka oshirish institutining
Xokkeychilarimiz Eron darvozasiga javobsiz 20 ta shayba yo‘llashdi
Bugun O'zbekiston terma jamoasi uchinchi tur uchrashuvini o'tkazdi. Eronga qarshi maydonga chiqqan yigitlarimiz yirik 20:0 hisobida g'alaba qozonishdi.