Yaqinda sportning mini futbol turi bo‘yicha “IIV Malaka oshirish instituti boshlig‘i kubogi” uchun musobaqa tashkil etildi. Unda Toshkent davlat texnika universiteti talabalari, Olmaliq shahridagi bir qator ta'lim muassasalari yoshlari hamda mazkur institut tinglovchilaridan iborat jamoalar ishtirok etishdi.
Qiziqarli bahslarga boy tarzda o‘tgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko‘ra, tajriba va mahorat bobida raqiblaridan ustun kelgan IIV Malaka oshirish institutining “Vatanparvarlar” jamoasi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Toshkent davlat texnika universitetining “Texnika” jamoasi shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan joy olgan bo‘lsa, Olmaliq kon-metallurgiya kollejining “Metallurg” jamoasi esa, uchinchi o‘ringa loyiq topildi. Shuningdek, “Eng yaxshi hujumchi” va “Eng yaxshi darvozabon” nominasiyalari bo‘yicha ham munosiblar aniqlandi.
G‘olib va sovrindorlar kubok, diplom, medal' va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
O‘z muxbirimiz.
Shahram Gʻiyosovning navbatdagi jangi sanasi va manzili aniq boʻldi
Oʻzbekistonlik professional bokschi Shahram Gʻiyosov navbatdagi jangini qachon va qayerda oʻtkazishi aniq boʻldi. Bu haqda sportchining oʻzi 'Sport' telekanaliga bergan intervyusida maʼlum qildi.Gʻiyosovning soʻzlariga koʻra, u joriy yilning 12-aprel kuni AQSHning Nyu-Jersi shtatida tashkil etiladigan boks oqshomida ringga koʻtariladi. Oʻsha kuni unga meksikalik bokschi raqiblik qiladi.Maʼlumot uchun, mazkur turnirning markaziy jangi yarim oʻrta vaznda WBA chempioni Eymantas Stanyon
Кучлар яшил майдонда синалди
Жиззах вилояти ИИБ бошлиғи кубоги учун соҳавий хизматлар ҳамда ҳудудий ички ишлар бошқарма ва бўлимлари ходимлари ўртасида мини футбол мусобақаси бўлиб ўтди. Икки кун давом этган ва 19 та жамоа қатнашган баҳсларда биринчи ўринни Жиззах шаҳар ИИБ жамоаси қўлга киритди.
Bahodir Jalolovning keyingi jangi qachon?
Oʻzbekistonlik taniqli bokschi Bahodir Jalolov 5-aprel kuni Qozogʻistonning Ostana shahrida boʻlib oʻtadigan yirik boks oqshomida ringga chiqishi kutilmoqda. Mazkur turnirni jahonga mashhur 'Top Rank' promouterlik kompaniyasi tashkil etmoqda. Jalolov ushbu kompaniya bilan shartnomaga ega boʻlgani uchun bu xabar haqiqatga yaqin.Qayd etish kerakki, Jalolov 7-fevral kuni Kanadada fransiyalik Devid Spilmontga qarshi jang oʻtkazishi kerak edi. Ammo tashkilotchilar bokschining yuzida paydo boʻl
“Barselona” ishtirok eta olmaydigan turnirning mukofot jamgʻarmasi 1 milliard AQSH dollar etib belgilandi
'FIFA Club World Cup 2025' musobaqasi uchun 1 milliard AQSH dollari miqdoridagi rekord mukofot puli ajratiladigan boʻldi. Ushbu taqsimot modeli FIFA Kengashi va Yevropa klublar assotsiatsiyasi kabi asosiy hamkorlar bilan muhokama qilingan. FIFA prezidenti Janni Infantinoning taʼkidlashicha, musobaqa formati 7 ta uchrashuvdan iborat guruh va pley-off tizimi asosida oʻtkaziladi.Yangi tizim boʻyicha gʻolib jamoa 125 million dollargacha daromad olish imkoniga ega boʻladi. Shu bilan birga, 250