calendar 22 Mar 08:55
eye 74
comments 0
comments Manba: xs.uz

“U har doim 18 yoshda qoladi” — “Bavariya”ning sobiq futbolchisi jarohatidan soʻng vafot etdi

image


Germaniyaning 'Bavariya' klubining sobiq yosh futbolchisi Go Szyasyuan fevral oyida boshidan olgan jarohati oqibatida 18 yoshida hayotdan koʻz yumdi.

'Biz futbolni yaxshi koʻradigan bolamizni yoʻqotdik', deya xabar taqatdi ayni paytdagi uning jamoasi 'Beijing Guoan' futbol klubi.

Futbolchi shu yilning 6-fevral kuni Ispaniyada 'RC Alkobendas'ga qarshi mashgʻulot oʻyini vaqtida jarohat olgan edi. Bir epizodda raqib uning boshiga tizzasi bilan urgan, shundan soʻng Szyasyuan hushini yoʻqotgan. Baxtsiz hodisadan soʻng futbolchi Xitoyga olib ketilgan, biroq uni saqlab qolishning iloji boʻlmagan. Shifokorlar uning miyasiga kislorod yetib bormayotgani tufayli klinik oʻlim qayd etishgan.

Szyasyuanning qarindoshlari Pekin futbol federatsiyasini voqeani toʻgʻri oʻrganmaganlikda ayblab, aniqlik kiritishni talab qilishdi. 'Beijing Guoan' oʻyindan olingan videoyozuvlarni allaqachon qabul qilib, tahlil qilish uchun ekspertlarga topshirganini xabar qildi.

Szyasyuan 20-mart kuni 19 yoshga toʻlishi kerak edi. Uning akasi futbolchining oq-qora suratini joylab, 'U doim 18 yoshda qoladi', deb yozgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:50
 
22
0
xs.uz

Shaxsiy rekordini yangilagan hamyurtimiz

Gap shundaki, ayollar o'rtasida kechgan 400 metrga yugurish bahsida hamyurtimiz Jonbibi Hukmova bronza medaliga ega chiqdi. Saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o'tgan sportchimiz finalda 52.79 soniya qayd etib, uchinchi bo'lib marraga yetib keldi.Qayd etish joiz, bu bilan J. Hukmova shaxsiy rekordini ham yangilashga erishdi.

04 Jun 02:45
 
122
0
xs.uz

Namangan “O‘zbek botirlari” Gran-prisiga mezbonlik qildi

Bahslar yunon-rum va erkin kurash bo'yicha o'tkazildi. Unda O'zbekiston terma jamoasining asosiy tarkib vakillari ham qatnashdi. Bu orqali murabbiylar shtabi sportchilarimizning yil davomida kutib turgan jahon chempionati va boshqa nufuzli musobaqalarga tayyorgarligini ko'zdan kechirib oldi.

13 Jun 00:40
 
98
0
xs.uz

Nursulton Roʻziboyevning navbatdagi raqibi va jang sanasi maʼlum boʻldi

Oʻsha kuni Roʻziboyevga amerikalik Brayan Battle raqiblik qiladi. 30 yoshli Battle hozirgacha UFCʼda 8 ta jang oʻtkazgan boʻlib ularning 7 tasida gʻalaba qayd etgan, 1 ta jangda esa magʻlubiyatga uchragan. Shuningdek uning hisobida 1 ta NC (jang oʻtkazilmagan) natija ham bor.U soʻnggi jangini 2024-yil 7-dekabrda Rendi Braunga qarshi oʻtkazgan va hakamlar qaroriga koʻra gʻalabaga erishgan.31 yoshli hamyurtimiz esa soʻnggi bor 2024-yilning 19-may kuni Las-Vegasda boʻlib oʻtgan 'UFC

31 May 08:50
 
22
0
xs.uz

Safina Sa’dullayeva Osiyo chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi

Hamyurtimiz musobaqada 1.86 metr natija qayd etishga erishdi. Shuningdek, bugun ishtirokini yakunlagan yurtdoshlarimizdan O'g'iloy Norboyeva yetti kurash dasturida 5461 ochko jamg'arib to'rtinchi, uzunlikka sakrash sektorida esa Anvar Anvarov 7.98 metr bilan beshinchi natijani qayd etdi.