calendar 02 Apr 09:20
eye 32
comments 0
comments Manba: zamin

Baydenning o'g'li giyohvandlikka ruju qo'yganiga iqror bo'ldi

image
Foto: Visar Krеziu/AP
Amerikaning amaldagi prezidenti Jo Baydenning o'g'li — Xanter alkogol va giyohvandlikka ruju qo'yganligiga iqror bo'lgan. U bu haqda 6 aprelda sotuvga chiqariladigan «Chiroyli narsalar» kitobida so'zlab berdi, deb yozmoqda The Waшington Pots nashri.

Kichik Baydenning aytishicha, giyohvandlik 2015 yilda akasi saraton kasalligidan vafot etganidan keyin uning muammosiga aylangan. Xanter Ukrainaning Burisma gaz kompaniyasi boshqaruvida ishlagan pulini spirtli ichimliklar va turli xil psixoaktiv moddalarga sarflab, ularga qaram bo'lib qolgan.

Kitobda kichik Baydenning reabilitatsiya markazlarida davolanganligi ham aytib o'tilgan.

«So'nggi besh yil ichida mening yigirma yillik nikohim buzildi, peshonamga miltiq tirashdi, men bir vaqtlar yo'qolganman, motellarda yashaganman, bir kecha uchun 59 dollar to'laganman. O'zimdan ko'ra ko'proq oilamdagilarni ko'proq xavotirga qo'ydim», — deyiladi hikoyada.

Shu bilan birga, Xanter Bayden otasi Jo AQShning vitse-prezidenti bo'lgan paytda Burismada ishlash beadablik bo'lganiga ishonmaydi. U otasining siyosiy faoliyati unga yordam berganini tan oladi, ammo «biz noqonuniy ish qilishmaganmiz», deydi.

Jo Bayden prezident Barak Obama maʻmuriyatida vitse-prezident bo'lib ishlagan davrida AQSh tashqi siyosatining Ukraina yo'nalishini nazorat qilgan. Shtatlarda bo'lib o'tgan saylov poygasi paytida shundan mojaro kelib chiqqan – Bayden vitse-prezident bo'lib ishlayotganida uning o'g'li Xanter rahbarlik qilayotgan Burisma faoliyatini tekshirayotgan Ukraina Bosh prokurori Viktor Shokinni ishdan bo'shatishni talab qilgani aytiladi.

Baydenning raqiblari — respublikachilar va 45-prezident Donald Tramp uni va o'g'lini korruptsiyada ayblashgandi. Xanter Bayden neft va gaz sohasida tajribaga ega bo'lmagan holda, kompaniya boshqaruvining aʻzosi sifatida 50 ming dollargacha pul olgan. Bayden bu ayblovlarni rad etadi.

Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:48
 
78
0
qalampir.uz

Indoneziya Rossiya neftiga qaytyapti

Indoneziyaning davlat nazorati ostidagi neftni qayta ishlash zavodi Pertamina neft sotib olish uchun tender ro‘yxatiga Rossiya neft navlarini qo‘shdi. Bu haqda uch nafar treyderga tayanib, "Reuters" xabar berdi.  Garchi Indoneziya Rossiyaga qarshi G‘arb sanksiyalariga qo‘shilmagan bo‘lsada, Pertamina 2022 yilda Rossiya-Ukraina harbiy mojarosi boshlanganidan beri orqaga qadam tashlab, ancha vaqt davomida Rossiya neftini sotib olmadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Pertamina

03 Sep 21:35
 
19
0
xs.uz

Serbiya Rossiyadan emas, Fransiyadan qiruvchi samolyot sotib oladi

Serbiya va Fransiya fransuz qiruvchi samolyotlarini sotish uchun 3 milliard dollarlik bitimini imzoladilar. Ushbu jarayon Serbiyani anʼanaviy ittifoqchi va qurol yetkazib beruvchi Moskvadan uzoqlashtirishi mumkin.Serbiya Fransiyada ishlab chiqarilgan 12 ta 'Rafale' qiruvchi samolyotlarini sotib oladi. Shu yilning 29-avgust kuni Emmanyuel Makron ikki mamlakat oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlash uchun Belgradga tashrif buyurdi.'Biz Fransiya prezidentiga 'Rafale'ni sotib olishga imkon bergani uc

26 Jul 10:19
 
39
0
qalampir.uz

Qirg‘izistonda firma nomlarida diniy so‘zlarni ishlatish taqiqlandi

Qirg‘izistonda firma nomlarida diniy so‘zlardan foydalanish taqiqlandi. Tegishli qonun Prezident Sadir Japarov tomonidan imzolandi.  Bunday qonun qabul qilinishining sababi firibgarlar investorlarning pullarini jalb qilish maqsadida shirkat nomlarida diniy atamalar ishlatgan. Taqiqlash ustavida asosiy maqsad daromad olishdan iborat bo‘lmagan diniy notijorat tashkilotlarga, shuningdek, Qirg‘iziston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlarida nazarda tutilgan yuridik shaxslarga

22 Jul 20:48
 
69
0
qalampir.uz

NATO 500 mingdan ortiq askarini shay holatga keltirmoqda

NATO Ukraina-Rossiya masalasida o‘zining 500 mingdan ortiq qo‘shinini jangovar shay holatga keltirishni boshladi. Bu haqda alyans matbuot kotibi Farah Daxlallah kecha, 21 iyul kuni SNN telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi. Daxlallahga ko‘ra, 2014 yilda Qrimning noqonuniy anneksiya qilinishi ortidan 2022 yilda Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli hujumi muqarrar ravishda NATOni urushga tayyorligini qayta ko‘rib chiqishga va mudofaasini kuchaytirishga majbur qilgan. &ld