calendar 02 Apr 05:30
eye 30
comments 0
comments Manba: qalampir

Ever Given kemasining egasi tovon pulini qay tartibda to'lashi aytildi 

image
image

Suvaysh kanalini yopib qo'ygan Ever Given kemasining egasi bir hafta ichida tovon puli masalasini tinch yo'l bilan hal qilishni rejalashtirgan. Bu haqda Misr Prezidentining dengiz portlari va Suvaysh kanalini rivojlantirish bo'yicha maslahatchisi, admiral Mohab Mamish maʻlum qilgan.  

"Vaziyat sud bosqichigacha yetib bormaydi, kemaning egasi tinchlik kelishuviga erishish orqali tovon to'lamoqchi", degan u. 

Unga ko'ra, kema kapitanini hibsga olish va unga nisbatan har qanday qonuniy choralarni qo'llash istisno qilingan. 

Shuningdek, Mamish ushbu tergov uzoq davom etmasligini va katta ehtimol bilan bir hafta ichida yakunlanishini qo'shimcha qilgan. 

"Tiqilinchda qolib ketgan kema egalariga tovon puli xalqaro sug'urta kompaniyalari tomonidan to'lanadi", degan Prezident maslahatchisi. 

Avvalroq, Ever Given konteyner kemasi Suvaysh kanaliga tiqilib qolib, yo'lni to'sib qo'ygani oqibatida Misr ko'rgan moliyaviy zarar 1 milliard dollarga yetishi mumkinligi haqida xabar bergandik.  

Eslatib o'tamiz, joriy yilning 24 martga o'tar kechasi Xitoydan Niderlandiyaga yo'l olgan konteynerlarni tashuvchi eng yirik kemalardan biri Ever Given Suvaysh kanaliga tiqilib qoldi. Shu munosabat bilan 450 dan ortiq kemalarning tirbandligi yuzaga keldi.    

29 mart kuni qutqaruvchilar 27 ming kubometr qum chiqarilgandan so'ng Ever Given kemasini ozod qilishga muvaffaq bo'lishdi. 

Maʻlumot o'rnida, Suvaysh kanali Evropani Osiyo bilan bog'lovchi muhim transport yo'lagi hisoblanadi. Kanal O'rta yer dengizidagi Port-Said shahridan boshlanib, Qizil dengizdagi Suvaysh portida nihoyasiga yetadi. Kanal maʻmuriyati Port-Fuadda joylashgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Aug 07:04
 
23
0
xs.uz

Yerliklar 19-avgust kuni super Oy hodisasiga guvoh boʻladi

Avgust oyida sodir boʻladigan toʻlin Oylardan birining nomi 'Bakra Oyi'. Bu super Oy va moviy Oyning kombinatsiyasi hisoblanadi. Uning nomi yilning shu davrida buyuk koʻllarda va boshqa yirik suv havzalarida bakra baliqlarini tutgan hind qabilalari bilan bogʻliq.NASA maʼlumotlariga koʻra, navbatdagi mavsumiy moviy Oy 2027-yilning may oyida kutilmoqda. 'Bakra Oyi' va moviy Oyning keyingi juftligi 2037-yil yanvar va mart oylarida kuzatiladi.Maʼlumot uchun, super Oy hodisasi vaqtida Oy odatd

26 Jul 10:19
 
39
0
qalampir.uz

Rossiyada YouTube tezligi 70 foizga sekinlashishi mumkin

Rossiyada YouTube videoxostingining yuklanish tezligi 40 foizga, keyingi hafta oxiriga kelib esa 70 foizga tushishi mumkin. Bu haqda Rossiya Davlat Dumasining Axborot siyosati qo‘mitasi rahbari, deputat Aleksandr Xinshteyn o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi. Deputatning yozishicha, mamlakat rasmiylari platformaning ishlash tezligini sun’iy ravishda sekinlashtira boshlagan. “Yaqin kunlarda YouTube'ning kompyuterlarda foydalanganda yuklab olish tezligi 40 foizga, key

22 Jul 19:08
 
53
0
qalampir.uz

Kuleba ertaga Xitoyga boradi

Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba 23-25 ​​iyul kunlari Xitoyga tashrif buyuradi. Bu haqda Ukraina Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi. Qayd etilishicha, ushbu tashrif Kulebaning xitoylik mavqedoshi Van Ining taklifiga binoan rejalashtirilgan. Muzokaralarning asosiy mavzusi Rossiya agressiyasini to‘xtatish yo‘llarini izlash va Xitoyning tinchlikka erishishdagi mumkin bo‘lgan roli bo‘ladi. Shuningdek, tomonlar ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va rivojlanish i

26 Jul 10:19
 
42
0
qalampir.uz

Kongressdagi demokratlarning yarmi Netanyaxu nutqini boykot qildi

AQSH Kongressidagi demokratlarning yarmi kecha, 24 iyul kuni bo‘lib o‘tgan Kongress palatalarining qo‘shma yig‘ilishida Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning nutqiga kelmadi. Bu haqda “Axios” portali xabar berdi. Ko‘plab demokratlarning ta’kidlashicha, Isroilning ilg‘or tanqidchilari, Netanyaxuning G‘azodagi urush uchun jinoiy javobgarlikka tortilishini ta’kidlab, norozilik sifatida tadbirni ochiqdan ochiq boykot qilgan. “Isroil Bosh vazirining nut