calendar 14 Feb 07:30
eye 60
comments 0
comments Manba: sputniknews-uz

Mirziyoyevning alohida topshirig'i bilan Xayrullo Bozorov So'xga bordi - foto

image
Siyosat
Havola olish
470 0 0

Aerodrom qurilayotgan hududda Xayrullo Bozorov tuman faollari, mahalla raislari bilan uchrashib, joriy yil amalga oshirilishi kerak bo'lgan ishlar xususida to'xtaldi.

TOShKENT, 13 fev - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Farg'ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov O'zbekistonning anklav hududi - So'x tumaniga tashrif buyurib, aerodrom qurilishi jarayonini ko'zdan kechirdi.

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Plan aerodroma

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston prezidentining "So'x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori bilan tumanda Farg'ona viloyati hokimligi So'x tumani "Novobod" mahalla fuqarolar yig'ini hududida salkam 10 gektar yerda aerodrom barpo etilishi: vertolyot va samolyot uchish-qo'nish maydonchasi qurilishi belgilangan bo'lib, bu haqda rasman 8 fevral kuni eʻlon qilingan edi.

Ayni damda tuman markaziga tutash hududda aerodrom qurilishi boshlab yuborilgan. Buning uchun davlat byudjyetidan 6,5 mlrd so'mdan ortiq mablag' ajratilgan.

Farg'ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov mazkur hududga kelib, qurilish ishlari loyihasi bilan shaxsan tanishdi, deb xabar bermoqda Sputnik O'zbekiston muxbiri.

Aerodrom qurilayotgan hududda Bozorov tuman faollari, mahalla raislari bilan uchrashib, joriy yil amalga oshirilishi kerak bo'lgan ishlar xususida to'xtaldi.

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Vstrecha glavi Ferganskoy dolini Xayrullo Bozorova s jitelyami Soxskogo rayona

Viloyat hokimi, asosiy va yagona maqsad, So'xda tadbirkorlikni rivojlantirib, bu orqali tuman iqtisodiyotini yanada boyitish, aholi bandligini taʻminlashdir, endi ortga yo'l yo'q ekanligini alohida qayd etdi.

"Prezidentimiz alohida topshiriq berdilar, meni nomimdan so'xliklarga salom aytasan, yuragim to'ridagi tilaklarimni yetkazasan dedilar", deya boshladi o'z gapini So'x xalqi bilan uchrashuvda Xayrullo Bozorov. Hokimning ushbu gaplari to'planganlar tomonidan "rahmat" va qarsaklar bilan kutib oldi.

"Bu hali boshlanishi. Hali ko'rasizlar, yaqinda vertolyotlar, kichik samolyotlar Farg'ona, Qo'qon tomonlarga qatnashni boshlaydi. Mana, qurilishni boshlaymiz va xudo xohlasa, olti oyda bitkazamiz", - deya vaʻda berdi so'xliklarga hokim.

Olti oy ichida qurib bitkaziladigan aeroport orqali An-2 samolyotlari hamda MI-8 vertolyotlarini jalb etgan holda So'xdan Farg'ona hamda Qo'qon yo'nalishlarida aviaqatnovlar yo'lga qo'yiladi.

Bozorov, shuningdek, So'xga tadbirkorlikni rivojlantirish, sanoatni, ishlab chiqarishni olib kirib rivojlantirish uchun davlat rahbari mutasaddi rahbarlarga So'xda alohida soliqdan imtiyozga ega zonani tashkil qilish topshirig'ini berganini aytib o'tdi. Bunda barcha soliqlar 1 foizga keltirilishi ko'zda tutilgan.

Asosiy mavzular


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Apr 16:20
 
56
0
xs.uz

Vengriya Xalqaro jinoiy sud tarkibidan chiqmoqda

Vengriya Xalqaro jinoiy sud (XJS)dan chiqadi. Bu haqda Vengriya bosh vaziri maʼmuriyati rahbari Gergey Guyyash maʼlum qildi. Tegishli qaror mamlakat hukumati tomonidan qabul qilingan.Uning soʻzlariga koʻra, Vengriya konstitutsiyasi va xalqaro huquqiy bazaga muvofiq vakolatlarni tugatish tartibi 3-apreldan mamlakat vazirlar mahkamasi tomonidan boshlanadi.Shu yilning 3-aprel kuni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Vengriyaga kelgani maʼlum boʻldi. 2024-yilning 21-noyabrida Xalqaro jinoiy

20 Mar 12:50
 
44
0
postda.uz

ХУРМОНИНГ ХОСИЯТЛАРИ

• Энергия манбаидир. Хурмо таркибидаги катта миқдордаги глюкоза, фруктоза ва сахароза организмга куч беради. Табиий шароитда етиштирилган хурмо тамадди қилиш кундузги ҳолсизликни бартараф этади.• Мия учун озуқадир. Фенол бирикмалари ва табиий антиоксидантларга э

20 Mar 12:50
 
48
0
postda.uz

“ЖАНОБ БИН” – ЖУДА АҚЛЛИ ИНСОН

Жаноб Бин роли билан машҳурликка эришган, кўпинча довдир ва кулгили қаҳрамонлар образларини маромига етказиб ижро этадиган Роуэн Аткинсон ҳаётда жуда ақлли инсон. Унинг IQ даражаси 178 баллга тенг. Гарчи ҳеч қачон синовдан ўтмаган бўлса-да, дунёга машҳур олим, физика бўйича

20 Mar 12:55
 
78
0
xs.uz

2024-yilda 150 dan ortiq iqlim ofatlari qayd etildi – BMT

BMTning Jahon meteorologiya tashkiloti (WMO) hisobotiga koʻra, 2024-yil yer yuzida rekord darajadagi issiq yil boʻldi. Issiqlik toʻlqinlari, suv toshqinlari va kuchaygan dovullar natijasida dunyo boʻylab 150 dan ortiq tabiiy ofatlar yuz berdi. Bu hodisalar millionlab insonlarning hayotiga taʼsir koʻrsatib, minglab uylarga zarar yetkazdi va oziq-ovqat yetishmovchiligiga sabab boʻldi.Hisobotda aytilishicha, dunyo boʻylab 800 mingdan ortiq kishi tabiiy ofatlar sababli oʻz uylarini tark eti