calendar 05 Dec 12:23
eye 136
comments 0
comments Manba: xs

Yangi Nafas — ekiden ommaviy yugurish musobaqasi oʻtkaziladi

image

Joriy yilning 10-dekabr kuni soat 11:00 da Yangi Nafas xalqaro sport harakatining boshqaruvi ostida Oʻzbekiston Konstitusiyasi qabul qilingan kunga bagʻishlangan jamoaviy musobaqalar boʻlib oʻtadi.

Yangi Nafas – ekiden musobaqalari erkaklar, ayollar va aralash estafetada oʻtkaziladi. Har bir jamoa 7 ta ishtirokchidan iborat boʻlishi kerak, bunda har bir yuguruvchi 1 aylana - 3,18 km masofani yugurib oʻtishi kerak boʻladi. Jamoa “Yangi Oʻzbekiston” istirohat bogʻi hududida maʼlum bir yugurish marshruti boʻylab jami 22,26 km masofani bosib oʻtishi, har bir ishtirokchiga jamoaning estafeta lentasini uzatishi kerak.

Jamoaviy musobaqalarda 15 yosh va undan katta yoshdagi ishtirokchilar qatnashishi mumkin. Ayni paytda iticket.uz saytida roʻyxatdan oʻtish jarayoni ochiq.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 15:12
 
29
0
xs.uz

Buxoro qarolisining shuhratini qayta tiklaylik

Istam IBROHIMOV/'Xalq soʻzi'. Oʻshanda 2018-yilning sentyabri edi. Davlatimiz rahbarining 'Buxoro-agro' erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qarori ijrosi doirasida xalqaro forum oʻtkazildi. Qator davlatlardan kelgan soha vakillari Buxoro tumanidagi 'Madaniyat, Muhammad, Ismat' fermer xoʻjaligi faoliyati bilan ham tanishdi. Xoʻjalikning moʻjazgina fayzli bogʻi hammani oʻziga maftun etdi. Shunda eronlik mehmon Said Abbos Karbosiyning bir juft qaroli old

23 Mar 16:44
 
56
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-mart kuni Samarqandga tashrif buyurib, Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Qurʼon tilovat etilib, duo oʻqildi.' Kuni kecha xalqimiz bilan Navroʻz ayyomini kutib oldik. Bugun, muqaddas Ramazon oyida mana shu tabarruk joyga kelib turibmiz. Bu ulugʻ kunlarga tinchlik-xotirjamlikda yetkazgani uchun Yaratganga shukronalar aytamiz. Ilohim, hamisha yurtimiz tinch, elimiz farovon boʻlsin, hamma xayrli niyatlarimiz amalga oshsin. Bu majmuani Imom Buxoriy bobomizga

23 Mar 16:43
 
41
0
xs.uz

Qoraqalpogʻistonda yuk mashinasi portlab ketdi

Qoraqalpogʻistonning Toʻrtkoʻl tumanida MAN yuk avtomobili portlab ketdi. Bu haqda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.Qayd etilishicha, joriy yilning 21-mart kuni soat 13:50 atrofida Toʻrtkoʻl tumani 'Guliston' MFY hududidagi ustaxonada MAN rusumli yuk avtomobilining yonilgʻi bakida payvandlash ishlari olib borilishi oqibatida portlash yuz bergan.Hodisa tufayli MAN va 'Ford' rusumli avtomobillar toʻliq, DAF rusumli avtomobilning orqa shinalari qis

04 Apr 16:19
 
38
0
xs.uz

“Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi“ birinchi sammitidan fotoreportaj

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta bilan uchrashuv o'tkazdi.O'zbekiston Prezidenti va YTTB rahbari strategik sheriklikning ustuvor yo'nalishlarini muhokama qildilar.O'zbekiston va YeI yetakchilari iqtisodiy hamkorlikni tubdan kengaytirish muhimligini qayd etdilar.Samarqanddagi 'Markaziy Osiyo ' Yevropa Ittifoqi' sammitining birinchi kuni uchrashuvlarga boy va sermahsul bo'ldi.Foto: Xasan Paydoyev / 'Xalq so'zi'