calendar 23 Mar 16:43
eye 45
comments 0
comments Manba: xs.uz

Qoraqalpogʻistonda yuk mashinasi portlab ketdi

image
Qoraqalpogʻistonning Toʻrtkoʻl tumanida MAN yuk avtomobili portlab ketdi. Bu haqda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 21-mart kuni soat 13:50 atrofida Toʻrtkoʻl tumani 'Guliston' MFY hududidagi ustaxonada MAN rusumli yuk avtomobilining yonilgʻi bakida payvandlash ishlari olib borilishi oqibatida portlash yuz bergan.

Hodisa tufayli MAN va 'Ford' rusumli avtomobillar toʻliq, DAF rusumli avtomobilning orqa shinalari qisman zararlangan.

Qoʻshimcha qilinishicha, oqibatda Toʻrtkoʻl tumanida yashovchi ' 1998-yil va 1980-yil tugʻilgan fuqarolar tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

'Vafot etgan fuqarolar yoʻq, moddiy zarar surishtiruvlar davomida aniqlanadi', deyiladi rasmiy axborotda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Apr 07:05
 
35
0
xs.uz

15-aprel kuni qaysi hududlarda yomgʻir yogʻishi maʼlum qilindi

Toshkent'shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, kechga yaqin 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-15 daraja, kunduzi 26-28 daraja issiq boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi va'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat kechga yaqin biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikd

12 Apr 21:14
 
31
0
xs.uz

Intellektual mulk sohasida yangi koʻkrak nishoni taʼsis qilinadi

Unga koʻra, koʻkrak nishoni bilan mamlakatda intellektual mulk sohasini rivojlantirishga, intellektual mulk obyektlarining huquqiy himoyasini taʼminlashga va aholida intellektual faoliyat natijalariga hurmat hissini shakllantirishga munosib hissa qoʻshgan fuqarolar taqdirlanadi.Nishon bilan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.Taqdirlashga oid takliflar tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼiy nazar, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari, tadbirkorlik

12 Apr 21:14
 
29
0
xs.uz

“Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi

Xabarda testga yuborilgan avtomobil ishlab chiqaruvchi tomonidan taqdim etilmagani va bu juda muhim omil ekanini qayd etgan.'Avtomobilni testga yuborishdagi holatlar va testlar qanday sharoitda oʻtkazilgani bizga nomaʼlum. Shu sababli, biz test natijalariga norozilik bildiramiz. Shaffof va obyektiv sinovlar orqali 'Leapmotor' mahsulotlarining haqiqiy holati baholanishiga umid qilamiz' deyiladi izohda.Kompaniya mazkur masala boʻyicha Oʻzbekiston tomoni bilan hamkorlikda ishlayotganini va test

04 Apr 16:19
 
57
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev: Bizning vazifamiz – kelajak avlodlar barqaror, xavfsiz va farovon dunyoda yashashi uchun barcha chora-tadbirlarni koʻrish

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-aprel kuni Samarqand xalqaro iqlim forumining yalpi sessiyasida nutq so'zladi.Forum ishida Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta, Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen, Qozog'iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg'iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki rahbari Odil