calendar 26 Feb 17:04
eye 319
comments 0
comments Manba: xs.uz

Aholi farovonligi yoʻlida: Mahallabay yondashuv va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot

image
2024-yil 26-fevral kuni 'Taraqqiyot strategiyasi' markazi Jahon banki va Buyuk Britaniya hukumati koʻmagida, Hamdoʻstlik va Taraqqiyot byurosining Markaziy Osiyo boʻyicha hududiy rivojlantirish ofisi hamkorligida 'Oʻzbekiston fuqarolarini tinglab: aholi turmush darajasini oshirishda mahallabay yondashuv' mavzusida davra suhbati tashkil etdi.

Tadbirda Oʻzbekiston parlamenti, vazirlik va idoralar, xalqaro tashkilotlar, xorijiy diplomatik vakolatxonalar, tahliliy markazlar, ekspertlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.



Davra suhbatida 'Oʻzbekiston fuqarolarini tinglab' tadqiqoti natijalari, 'Oʻzbekiston ' 2030' strategiyasining Barqaror rivojlanish maqsadlari bilan uygʻunligi, iqtisodiy oʻsish, aholi turmush darajasi, migratsiya muammolari va ijtimoiy himoya masalalari muhokama qilindi.

'Taraqqiyot strategiyasi' markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov Jahon bankining mazkur loyihasi Oʻzbekistonda olib borilayotgan islohotlarning aholi hayotiga taʼsirini oʻrganishga qaratilgan muhim tadqiqot ekanligini taʼkidladi.



Tadbirda Oʻzbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy tendensiyalarni aks ettiruvchi tahliliy taqdimot oʻtkazildi. Soʻnggi yillarda ijtimoiy-iqtisodiy holat yaxshilanib, islohotlar natijasida quyidagi oʻzgarishlar qayd etildi:

' Kambagʻallik darajasi 8,9 foizga qisqardi.

' Inflyatsiya 9,8 foizga tushirildi.

' Maktabgacha taʼlim qamrovi 76 foizga yetdi.

' Oliy taʼlim bilan qamrov 43 foizga oshdi.

' YAIM hajmi 115 milliard dollarga yetkazildi.

' Eksport hajmi 27 milliard dollarga yetdi.



Jahon banki 2025-yilda Oʻzbekiston YAIM oʻsishi 5,8 foiz atrofida boʻlishini prognoz qilmoqda.

Davra suhbatida mamlakatning migratsiya siyosati, ijtimoiy himoya choralari va 'Kambagʻallikdan farovonlik sari' dasturining mahallabay yondashuvi muhokama qilindi. Shuningdek, 'Mahalliy tashabbuslardan milliy taʼsirga qadar' mavzusida panel muhokamasi oʻtkazildi.



Jahon bankining katta iqtisodchisi Ikuko Uochi 2025-yil yanvar oyida 1500 ta uy xoʻjaligi bilan oʻtkazilgan soʻrov natijalari bilan oʻrtoqlashdi. U mehnat bozoridagi vaziyat, narx-navolarning aholi daromadlariga taʼsiri, oziq-ovqat xavfsizligi va migratsiya tendensiyalari boʻyicha tahliliy maʼlumotlarni taqdim etdi.

Tadbir davomida 'Oʻzbekiston ' 2030' strategiyasini BMTning 'Barqaror rivojlanish maqsadlari'ga mosligini koʻrsatuvchi infografik tahlil toʻplami ham taqdim etildi.



































Foto: Akmal Muhammadov / 'Xalq so'zi'


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 15:12
 
49
0
xs.uz

Endilikda qurilayotgan binolarga QR-kodli pasport beriladi

2025-yilning 1-sentyabridan boshlab Oʻzbekistonda har bir qurilayotgan obyekt uchun QR-kodli pasport joriy etiladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.Ushbu tizim orqali shaharsozlik subyektlari, qurilish muddatlari, hujjatlar va ekspertiza xulosalari kabi muhim maʼlumotlarga tezroq ega boʻlish mumkin boʻladi.Bundan tashqari, koʻp kvartirali uylarda joylar va yertoʻlalarni qayta qurish yoki rejalashtirishda qurilish meʼyorlarini buzgan holda konstruktiv qismlar va tayanch devorlarni o

13 May 14:37
 
29
0
xs.uz

Oʻzbekiston va Rossiya yetakchilari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

9-may kuni Moskva shahridagi tadbirlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning uchrashuvi boʻlib oʻtdi.Suhbat avvalida davlat rahbarlari Gʻalabaning 80-yilligi munosabati bilan bir-birini samimiy qutladilar.Oʻzbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish va mustahkamlash, shu jumladan Rossiya Prezidentining oʻtgan yil may oyidagi Oʻzbekistonga tashrifi

17 May 21:46
 
278
0
xs.uz

Bundan buyon tuman MMTB rahbarlari sohaga bogʻliq boʻlmagan yigʻilishlarga jalb qilinmaydi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtgan videoselektor yigʻilishida yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil qilish uchun 900 ga yaqin teatr, madaniyat markazlari va konsert zallari, hududlarda 1,5 mingga yaqin sport maydonchalari, 200 ta oromgoh, 2 mingdan ortiq turizm obyektlari imkoniyatlaridan toʻliq foydalanish zarurligi taʼkidlandi.Mutasaddilarga joylardagi amfiteatr va sayilgohlarda har kuni konsert va musiqa kechalari oʻtkazish, madaniyat va istirohat bogʻlarida sanʼat ko

21 Apr 08:34
 
742
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev ayrim rahbarlar tadbirkorlarga toʻsiq boʻlayotganini tanqid qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy tebranishlarning mamlakatimiz soha va tarmoqlariga taʼsirini yumshatish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishida global iqtisodiy holatga toʻxtalib oʻtildi.'Takror va takror aytaman ' 'hozirgi dunyodagi vaziyat bizga taʼsir qilmaydi' deganlar juda katta xato qiladi. Bunday sharoitda faqat oʻz kuchimiz va ichki imkoniyatlarimizga tayanib, dadil-dadil qadam tashlashimiz kerak', dedi davlatimiz r