calendar 01 Dec 12:27
eye 223
comments 0
comments Manba: xs

Nukus shahrida piyodalar harakati boʻyicha OAV ishtirokida reyd oʻtkazildi

image

Maʼlumotlarga qaraganda, Qoraqalpogʻiston Respublikasida avtomobillar soni joriy yilning 1 dekabr holatiga 197 ming 946 taga, shundan yengil avtomobillar soni 166 ming 511 taga yetgan. Albatta, avtomobillar koʻpayishi yaxshi. Ular xalqimizning turmush sharoitlarini yuksaltirishga, aholining uzogʻini yaqin qilishga xizmat qiladi.

Lekin, avtomobillar soni ortishi bilan yoʻl harakati qoidalarining buzilishi, natijada avariyalar ham koʻpayib borayotgani bor gap. Bu holatlarning sabablari tahlil qilinganida ularning koʻpchiligi piyodalarning harakatlari bilan bogʻliq ekanligi maʼlum boʻlmoqda.

Nukus shahrida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida yoʻl transport hodisalarining oldin olish, ayniqsa, piyodalar ishtirokidagi qoidabuzarliklarni aniqlab, ularga yoʻl harakati qoidalarini tushuntirish yuzasidan reyd tadbirlari oʻtkazildi.

Tadbir ishtirokchilari guruhlarga boʻlinib, Nukus shahrida piyodalar tomonidan yoʻl harakati qoidalari koʻproq buzilayotgan oʻrinlarda boʻlib, tadbir davomida piyodalarga tushuntirish va targʻibot tadbirlari olib bordilar.

Tadbir davomida Nukus shahridagi markaziy bozor oldidagi kesishmada piyodalarding yoʻldan bemalol oʻtishi uchun yoʻl osti va yoʻl ustidan ikkita oʻrinda piyodalar oʻtish joylari boʻlishiga qaramay, koʻplab piyodalar yoʻlning taqiqlangan qismidan kesib oʻtganiga guvoh boʻldik.

— Qoraqalpogʻiston Respublikasida joriy yilning 10 oyi davomida jami 367 yoʻl transport hodisasi yuz berdi, — deydi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasining Axborot guruhi katta inspektori, mayor Qalbay Muratov. — Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 25 taga kamayganini koʻrsatadi. Yoʻl transport hodisasi natijasida vafot etganlar soni esa, umumiy 75 nafarni tashkil qilib, bu ham 22 taga kamaygan. Lekin, yoʻl-transport hodisalarining sabablari va turlari boʻyicha tahlil qilganimizda, piyodalar bilan bogʻliq holatlar kamaymayapti. Masalan, piyodalarni avtomobillar urib yuborish jami 141 ta holatda yuz berib, bu bittaga koʻpaygan.

Bugungi reyd tadbirlarini ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida oʻtkazayotganimizning asosiy sababi ham piyodalar orasida yoʻl-qoidalarini kengroq targʻib qilishdir.

Nukus shahrida jurnalistlar ishtirokida oʻtkazilgan reyd tadbirlari davomida yuzga yaqin holatda piyodalar tomonidan qoidabuzarliklar aniqlandi. Ularning koʻpchiligiga yoʻl harakati qoidalari tushuntirilgan boʻlsa, qoʻpol ravishda qoida buzgan piyodalarga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash va qoidalarni tushuntirishga qaratilgan targʻibot tadbirlari davom etmoqda.

Gʻayrat Otajonov, “Xalq soʻzi”.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Apr 16:18
 
39
0
xs.uz

Toshkentda beton toʻsiqqa urilgan BYD yonib ketdi

Qayd etilishicha, hodisa kecha, 3-aprel kuni soat 23:45 larda Yunusobod tumani TXAY koʻchasida yuz bergan. BYD rusumli transport vositasini boshqarib kelayotgan haydovchi rul boshqaruvini yoʻqotib, yoʻlni ajratib turuvchi beton toʻsiqqa urilgan, toʻqnashuv oqibatida transport vositasida yongʻin kelib chiqqan.YHXBga koʻra, alanga tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa tufayli jarohat olgan haydovchiga shifokorlar tomonidan tibbiy yordam koʻrsatilgan.'Mazkur hodisa yuzasida

04 Apr 16:19
 
53
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev: Bizning vazifamiz – kelajak avlodlar barqaror, xavfsiz va farovon dunyoda yashashi uchun barcha chora-tadbirlarni koʻrish

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-aprel kuni Samarqand xalqaro iqlim forumining yalpi sessiyasida nutq so'zladi.Forum ishida Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta, Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen, Qozog'iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg'iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki rahbari Odil

14 Apr 06:18
 
36
0
xs.uz

Toshkent koʻchalaridan yana birida harakat vaqtincha cheklandi

Maʼlum qilinishicha, poytaxtning KHAY koʻchasi boʻylab Turkqoʻrgʻon koʻchasi kesishmasidan Xurshida koʻchasi kesishmasigacha boʻlgan qismida 35 kV li yuqori kuchlanishli yer osti elektr uzatish kabel tarmoqlarini oʻtkazish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.Shu munosabat bilan, joriy yilning 13-aprelidan 25-apreligacha Turkqoʻrgʻon koʻchasining bir qismida avtomobillar harakati vaqtincha cheklandi. Qayd etilishicha, harakat har ikki yoʻnalishda yoʻlning bitta tomoni orqali

20 Mar 12:54
 
46
0
xs.uz

Tadbirkor ayollarga garovsiz kredit ajratiladi

Oʻzbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi dasturlar joriy etilmoqda. Prezidentning 2025-yil 14-martdagi 'Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qaroriga koʻra, ayollar bandligini oshirish, taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish va ularning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qator maqsadli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.Qarorga muvofiq, 202