Qarorga muvofiq, 2025-yilda 2 million nafarga yaqin xotin-qizning bandligini taʼminlash, 250 ming nafarini kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish, yana 250 ming nafar ayolni oliy taʼlim bilan qamrab olish rejalashtirilgan.
Shuningdek, 50 ming ehtiyojmand xotin-qiz sanatoriylarda sogʻlomlashtirish dasturlariga jalb qilinib, ular uchun tadbirkorlik koʻnikmalarini rivojlantirish boʻyicha maxsus motivatsion seminarlar tashkil etiladi.
2025-yil 1-maydan boshlab 'HAMROH' dasturi doirasida ayol tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida yangi moliyaviy yordam mexanizmlari joriy qilinadi. Xususan, 'Yashil loyihalar' va IT sohasidagi tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash hamda kamida 5 nafar ayolning tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishiga koʻmaklashgan ming nafar 'ustoz' tadbirkorga 50 million soʻmgacha grant ajratiladi.
Bundan tashqari, ijobiy kredit tarixiga ega boʻlgan ayollar uchun 100 million soʻmgacha garovsiz kredit ajratish tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Bu esa moliyaviy imkoniyatlari cheklangan, ammo biznes bilan shugʻullanish istagida boʻlgan xotin-qizlarga katta yordam boʻlishi kutilmoqda.
Shuningdek, tadbirkor ayollar tomonidan kredit mablagʻlari hisobidan xarid qilinadigan asbob-uskunalar yetkazib berilgunga qadar 'Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi' aksiyadorlik jamiyati tomonidan kafillik taqdim etilishi ham rejalashtirilgan.
Toshkentda qimmatbaho elektromobil yonib ketdi
Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumanida elektromobil yonib ketdi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi'xabar berdi.Qayd etilishicha, hodisa kecha, 17-aprel kuni soat 23:51 da Mirzo Ulugʻbek tumani Yalangʻoch mavzesida yuz bergan. Elektromobil yonayotgani toʻgʻrisida shahar FVBga kelib tushgan xabarga koʻra, yongʻin-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 23:56 da yetib borib, yongʻinni soat 23:59 da toʻliq oʻchirgan.Taʼkidlanishicha, yongʻin oqibatida halok boʻlgan
Oʻzbekiston jahon parlamentarizmining markaziga aylanadi
2025-yilning 5-9-aprel kunlari 190 ta mamlakatni birlashtirgan Parlamentlararo Ittifoqning eng yirik xalqaro tadbiri ' 150-yubiley Assambleyasiga Oʻzbekiston mezbonlik qiladi.Bunday tadbir Markaziy Osiyo davlatlari tarixida ilk bor yurtimizda oʻtkazilmoqda.'Ijtimoiy taraqqiyot va adolat uchun parlament harakati' mavzusida oʻtkaziladigan Assambleyaning turkum yigʻilishlarida butun dunyo parlament delegatsiyalari tomonidan:Aholini ijtimoiy himoya qilish va kambagʻallikni qisqartirish;Qonun us
8-mart kuni qaysi hududlarda qor yogʻishi aytildi
'Oʻzgidromet' 8-mart kuni uchun ob-havo prognozini eʼlon qildi.Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, kunning birinchi yarmida biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-5 daraja iliq, kunduz 10-12 daraja iliq boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja ili
“Qamchiq” dovonida fuqarolarga yordam koʻrsatilmoqda. Qoʻshimcha poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyilgan
FVV muvofiqlashtirishida, 'Oʻzbekiston temir yoʻllari' AJ va boshqa FVDT tarkibiga kiruvchi tashkilotlar hamkorligida 'Qamchiq' dovonida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, noqulay ob-havo sharoiti sabab dovonda qolib ketgan qariyb ming kishi mehmonxonaga joylashtirildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.Xabaringiz bor, bugun, 7-mart kuni qalin qor yoqqanligi sababli 'Qamchiq' dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi.FVV, YPX va 'Qamchiqavtoyoʻl'