calendar 09 Mar 06:33
eye 56
comments 0
comments Manba: xs.uz

“Qamchiq” dovonida fuqarolarga yordam koʻrsatilmoqda. Qoʻshimcha poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyilgan

image


FVV muvofiqlashtirishida, 'Oʻzbekiston temir yoʻllari' AJ va boshqa FVDT tarkibiga kiruvchi tashkilotlar hamkorligida 'Qamchiq' dovonida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, noqulay ob-havo sharoiti sabab dovonda qolib ketgan qariyb ming kishi mehmonxonaga joylashtirildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Xabaringiz bor, bugun, 7-mart kuni qalin qor yoqqanligi sababli 'Qamchiq' dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi.

FVV, YPX va 'Qamchiqavtoyoʻl' IYFUK xodimlari hamkorligida yoʻlni qordan tozalash, muzlamalar hosil boʻlishining oldini olish va qum-tuz aralashmasini sepish ishlari olib borilmoqda. FVV qutqaruvchilari tomonidan nazorat tadbirlari olib borilib, yoʻlda qolib ketgan haydovchi va ularning avtotransport vositalariga yordam koʻrsatilmoqda.

Qolaversa, dovonda noqulay sharoitda qolgan yoʻlovchilar uchun FVV tomonidan isinish maskanlari ham tashkil etilgan.

Qayd etilishicha, umumiy 958 kishi: 790 nafar erkak, 130 nafar ayol va 38 nafar bolaga Angren shahridagi 19 ta oshxona, 4 ta mehmonxona xizmat koʻrsatmoqda.

YHXXga koʻra, 'Qamchiq' davonida transport vositalar harakati toʻxtatilgani sababli 'Angren-Qoʻqon' yoʻnalishida bepul poyezd tashkil etilgan. Poyezd 21:00 da Angren temiryoʻl shox bekatidan harakatlangan.

'Oʻzbekiston temir yoʻllari' ham Toshkent va Andijon oʻrtasida qoʻshimcha temiryoʻl yoʻnalishi tashkil etilganini maʼlum qildi.

Bildirilishicha, 732-sonli poyezd Koʻl, Temiryoʻlobod, Qoʻn va Qoʻshminor bekatlarida rejadan tashqari toʻxtaydi.

Poyezd Ohangaron, Angren, Koʻl, Orzu, Chodak, Temiryoʻlobod, Qoʻn, Qoʻshminor, Pop bekatlarida toʻxtab, soʻngra Qoʻqonga yoʻl oladi. Dovon orqali oʻtadigan barcha poyezdlar ham koʻrsatilgan stansiyalarda toʻxtab oʻtadi.

FVVning qoʻshimcha qilishicha, vodiy viloyatlariga borishni rejalashtirgan fuqarolar uchun 'Ohangaron' va 'Angren' vokzallarida jadvaldan tashqari qoʻshimcha 9 vagondan iborat temiryoʻl reysi amalga oshirilgan.

Hozirda poyezd 'Ohangaron' temiryoʻl vokzalidan 115 nafar yoʻlovchilar bilan 'Angren' temiryoʻl vokzali tomon harakatlangan. Taʼkidlanishicha, temiryoʻl reysining vodiy viloyatlaridan Toshkent shahri tomon harakati ham rejalashtirilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:46
 
42
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Qasim-Jomart Toqayevni tavallud kuni bilan samimiy tabrikladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-may kuni boʻlib oʻtgan telefon orqali muloqotda Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, qardosh Qozogʻiston xalqining farovonligi va ravnaqi yoʻlidagi masʼuliyatli davlatchilik faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tiladi.Oʻzbekiston bilan Qozogʻiston oʻrtasidagi yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash

17 May 21:46
 
34
0
xs.uz

Shoirning ayoli boʻlish sharaf

Har buyuk erkakning ortida buyuk ayol turadi. Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovdek shoirning jahon boʻylab obroʻ eʼtibor qozonishida uning ishonchli sirdoshi, eng mustahkam suyanchigʻi boʻlgan rafiqasi, mehnat faxriysi, 'Fidokorona xizmatlari uchun' ordeni sohibasi Hanifa Mustafoyevaning xizmatlari beqiyos. Shoir sheʼrlarining birinchi tinglovchisi ham, qaygʻuli va quvonchli kunlarining yelkadoshi ham Xanifa aya boʻladi.Biz ulugʻ shoirning xonadonlariga ko

16 Apr 15:12
 
71
0
xs.uz

Madaniyat va sanʼat xodimlari kuni koʻtarinki ruhda nishonlandi

Gʻayrat Otajonov/'Xalq soʻzi'. Nukus shahridagi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida 'Madaniyat va sanʼat xodimlari kuni' munosabati bilan tantanali bayram kechasi boʻlib oʻtdi. Tadbirda 'Turksoy' xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti bosh kotibi Sultanbay Rayev, dunyoga mashhur fransuz dirijyori Natali Maren va boshqa mehmonlar ishtirok etdi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev soʻzga chiqib, yigʻilganlarni bayram bilan tabr

08 Jun 02:26
 
7
0
xs.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xalqaro investorlarni qabul qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 'Al Mirqab Capital' kompaniyasi boshqaruvi raisi Hamad bin Jassim Ol Soniy va 'Blackrock' investitsiya kompaniyasi katta boshqaruvchi direktori Adebayo Ogunlesidan iborat xorijiy investorlar delegatsiyasini qabul qildi.Oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish va mamlakatimizda istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi.Davlat-xususiy sheriklikda yirik infratuzilma va sanoat loyihalarini amalga oshir