calendar 20 Jan 11:51
eye 16
comments 0
comments Manba: zarnews

Odil sudlovni amalga oshirish faoliyatiga aralashganlik holati jamoatchilikka xabardor qilinadi

image

Prezident Sh.Mirziyoyev 16 yanvar kuni "Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi, shuningdek, ushbu farmon ijrosini samarali taʻminlash maqsadida "Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi farmonni imzoladi.

Ushbu hujjatlar bilan odil sudlovga erishish darajasini yanada oshirish maqsadida 2023-2026 yillarga mo'ljallangan sud tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishning qisqa muddatli strategiyasi hamda ushbu strategiyani amalga oshirish bo'yicha harakatlar dasturi tasdiqlandi. 

Strategiya doirasida odil sudlovni taʻminlashning ustuvor vazifalari etib "Inson qadri uchun" g'oyasi asosida chinakam adolatli sud tizimini shakllantirish, adolatli sud qarorlari qabul qilinishiga erishish orqali xalqning, shu jumladan, tadbirkorlarning sud tizimiga bo'lgan ishonchini mustahkamlash qayd etildi. 

Fuqarolar hamda tadbirkorlarga o'z huquq va qonuniy manfaatlarini sudlarda himoya qila olishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, sud ishlarini yuritishda tortishuv va taraflarning tengligi tamoyillarini to'laqonli ro'yobga chiqarish, sudlar faoliyatini to'liq raqamlashtirish, sud majlislarida masofadan turib ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirishga ham alohida eʻtibor qaratildi. 

Farmonda sudyalarning mustaqilligi va daxlsizligi kafolatlarini kuchaytirish, sudga hurmatsizlik qilish va sud ishiga aralashish holatlarining oldini olish bo'yicha samarali mexanizmlarni ishlab chiqish nazarda tutildi. Prezident Oliy Majlis va xalqimizga Murojaatnomasida davlatimiz rahbari fuqarolarning sudma-sud sarson bo'lishlariga barham berilishi, viloyat sudlarining odil sudlovni amalga oshirish borasidagi vakolatlari yanada kengaytirilishini bayon qilgan edi. Viloyat sudlari vakolatlari kengaytirilishining o'zi odamlarning qanchalar ovoragarchiliklariga barham beradi. Bu nimalarda ko'rinadi?  

Sud qarorlari qonuniy, asosli va adolatli qabul qilinganligini tekshirishning fuqarolarga qulay va soddalashtirilgan tartibini yaratish maqsadida mazkur farmonda tumanlararo, tuman, shahar sudlari tomonidan birinchi instantsiyada ko'rilgan ishlarni viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarda apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida qayta ko'rib chiqish vakolati berilmoqda. Bu tartib amalga oshishi bilan odil sudlovga erishishning imkoniyatlari yanada kengayib, aholi ovoragarchiligining oldi olinadi. Endilikda birinchi instantsiya sudining qaror yoki hukmidan norozi taraflar viloyat sudiga apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat qilib, natijasidan ham qoniqmasa, adolat qaror topmadi, deb hisoblasa ish mazkur sudlarda taftish tartibida qayta ko'rib chiqiladi. 

Yuqori instantsiya sudlari tomonidan ishni yangidan ko'rish uchun quyi sudlarga yuborish tartibini bekor qilish va ularga ish bo'yicha yakuniy qaror qabul qilish masʻuliyatini yuklatilmoqda. Mana shu amaliyot ham, albatta, o'zining ijobiy samarasini beradi. Chunki sud hujjatidan norozi odamlar yuqori instantsiya sudiga katta umid bilan murojaat qiladi. Ular esa ishni yana quyi sudlarga qayta ko'rish uchun yuboradi. Endilikda yuqori instantsiyaning o'zi yakuniy to'xtamga kelishi kerak bo'ladi. 

Bundan tashqari, farmonda sudyalarning chinakam mustaqilligini taʻminlash maqsadida ularning ishiga har qanday aralashuv qatʻiy jazolanishi, sudyalarning xavotirsiz ishlashi uchun davlat tomonidan barcha sharoitlar yaratilishi qayd etildi.

Sudga hurmatsizlik qilish holatlarining oldini olishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish, buning uchun maʻmuriy javobgarlik choralarini kuchaytirish va jinoiy javobgarlik belgilash, sud ishlarini hal etishga aralashganlik va sud hujjatini ijro etmaganlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish, odil sudlovni amalga oshirish faoliyatiga aralashganlikka doir har bir jinoyat ishi yakuni bo'yicha jamoatchilikni ommaviy axborot vositalari orqali majburiy ravishda xabardor qilish tartibini joriy etish belgilandi. Yaʻni, kimdir qaysidir yo'sinda sud ishiga aralashsa, turli ko'rinishda bosim yoki xalaqit bersa javobgarlikka tortiladi. Mazkur ish natijasi esa, albatta, matbuotda keng yoritiladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 13:55
 
32
0
postda.uz

HAMYОN EGASI TOPILDI

Joriy yilning 22-mart kuni viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan Xiva shahridagi “Ichan qal'a” davlat muzey qo‘riqxonasi hududida unutib qoldirilgan hamyon topib olindi.Xodimlar ushbu hamyonning egasini aniqlash va unga bu shaxsiy mulkini qaytarish maqsadida hududdagi kuzatuv kameralari videoyozuvlari orqali o‘rganish ishlarini olib borishdi. Natijada ushbu hamyon Bangladesh davlatidan tashrif buyurgan sayyohga tegishli ekanligi aniqlanib, egasiga topshi

11 Apr 13:55
 
36
0
postda.uz

O‘G‘IL TANLAGAN YO‘L

Sherzodbek Ishanxanov ichki ishlar organlaridagi xizmat faoliyatini 2005-yilda Andijon shahar IIB Navbatchilik qismi haydovchisi lavozimida boshlagan. Orada Andijon davlat universitetini sirtdan tamomla­gan. Undagi xizmat qilish istagi viloyat «Dinamo» JTSJda qo‘l jangi turi bilan shug‘ullanish asnosida paydo bo‘lgan.Podpolkovnik Sh. Ishanxanov o‘tgan yillar davomida Andijon shahar va viloyat IIBlarida turli lavozimlarda samarali xiz­mat qildi. 2023-yildan hozirga qadar viloyat IIB T

11 Apr 13:55
 
27
0
postda.uz

Саломатликни сақлаш йўлида

Касб фидойисиИлҳомжон Умаров Андижон давлат тиббиёт институтини тамомлаб, стажировкани ўтагандан сўнг Асака шаҳар шифохонасида жарроҳ бўлиб ишлай бошлади. Кейинчалик Россия Федерациясининг Курган шаҳридаги Травматология ва ортопедия илмий-тиббий тадқиқот марказида к

11 Apr 14:01
 
26
0
xs.uz

Qashqadaryoda quyosh panellariga texnik xizmat koʻrsatish markazi ochildi

Jahongir Boymurodov/'Xalq soʻzi'. Bugungi kunda Qashqadaryo viloyatida 700 ga yaqin ijtimoiy soha va davlat tashkilotlari, mingdan oshiq tadbirkorlik subyekti hamda ikki mingga yaqin aholi xonadonlarida quyosh panellari oʻrnatilgan. Bu raqamlar kun sayin oshib bormoqda.Albatta, ushbu quyosh panellarining belgilangan meʼyorlar darajasida ishlashi uchun ularga oʻz vaqtida sifatli texnik xizmat koʻrsatilishi зарур.Қарши shahrida Energetika vazirligi huzuridagi 'Yashil energiya' kompa