Sherzodbek Ishanxanov ichki ishlar organlaridagi xizmat faoliyatini 2005-yilda Andijon shahar IIB Navbatchilik qismi haydovchisi lavozimida boshlagan. Orada Andijon davlat universitetini sirtdan tamomlagan. Undagi xizmat qilish istagi viloyat «Dinamo» JTSJda qo‘l jangi turi bilan shug‘ullanish asnosida paydo bo‘lgan.Podpolkovnik Sh. Ishanxanov o‘tgan yillar davomida Andijon shahar va viloyat IIBlarida turli lavozimlarda samarali xizmat qildi. 2023-yildan hozirga qadar viloyat IIB Tashkiliy boshqarmasining o‘ta muhim ishlar bo‘yicha inspektori lavozimida faoliyat olib bormoqda.Lavhamiz qahramoni iste’fodagi polkovnik G‘ulomjon Rahimov, podpolkovniklar Valijon Bo‘tayev, Sodiqjon Nishonov, Abdulla Ziaidovni o‘z ustozlari deb biladi. Shu bilan bir qatorda, o‘zi ham mayorlar Faryoz Rahmonov, Muhiddin Zaynobiddinov, Shamshiddin Oripov kabi shogirdlariga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib kelmoqda.Rafiqasi Dildoraxon bilan to‘rt farzandni voyaga yetkazayotgan Sherzodbek Ishanxanovning katta o‘g‘li Muhammadislom o‘z yo‘lini otasiga qarab tanladi va u kabi bo‘lishni orzu qilib o‘sdi. O‘g‘lining oilaviy sulolani davom ettirish istagini eshitgan ota juda xursand bo‘ldi. Hozir u IIV Andijon akademik litseyining 2-bosqichida tahsil olmoqda. – Men otam kabi osoyishtalik posboni bo‘lishni xohlayman, – deydi Muhammadislom. – Litseyni tamomlagach, IIV Akademiyasiga o‘qishga kirmoqchiman. Ichki ishlar organlarida xizmat qilish oson emasligini, mashaqqatlarga to‘la ekanini yaxshi bilaman. Lekin xalqimiz himoyachisi bo‘lishni, xavfsizlikni ta’minlashga o‘z hissamni qo‘shishni xohlayman.Onasi Muhammadislomni fikridan qaytarmoqchi bo‘lib, maktabni tugatgan zahoti o‘zi istagan oliygohga hujjat topshirishi mumkinligini aytdi, lekin u o‘z so‘zida qattiq turib oldi va osoyishtalik posboni bo‘lishga qat’iy qaror qildi. Bu yil u litseyni tamomlaydi, hozirda IIV Akademiyasiga o‘qishga kirish uchun qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda, sport bilan shug‘ullanmoqda.Insonning maqsad va orzulari oiladan boshlanadi. Sherzodbek ham o‘z o‘g‘li uchun munosib o‘rnak bo‘ldi. O‘g‘il ota izidan ketishdek sharafli yo‘lni tanladi.
Boris KLEYMAN,
o‘z muxbirimiz.
Suratda: podpolkovnik Sherzodbek Ishanxanov o‘g‘li Muhammadislom bilan.
Andijon viloyati.
Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'14,77 soʻmga'tushib,'12 910,15 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'40,10 soʻmga'oshib,'14 660,77 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'0,16 soʻmga'tushdi va'159,78 soʻmni'tashkil qildi.
Soʻmning dollarga nisbatan qadri oshdi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 5-iyun kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 25,54 soʻmga tushdi va 12 831,81 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi ham 66,36 soʻmga pasaydi va 14 606,45 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli ham 0,30 soʻmga oshib, 163,75 soʻmni tashkil etdi.
Prezidentga Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayoni haqida axborot berildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 14-may kuni O'zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lish jarayoni va uni jadallashtirish chora-tadbirlari bo'yicha taqdimot bilan tanishdi.Davlat rahbarining alohida nazorati asosida 2023-yildan boshlab JSTga a'zo bo'lish choralari ko'rilmoqda. O'tgan davrda ko'p va ikki tomonlama muzokaralarda muayyan natijalarga erishildi.Jumladan, Ishchi guruhining to'rtta muhim yig'ilishi o'tkazilib, 500'dan ortiq masalalar ko'tarildi, 30'dan ziyod rasmiy hujjatlar JST K
Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to'g'risidaO'zbekiston Respublikasi Prezidentining FarmoniAholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko'lamini kengaytirish, fuqarolarning daromadlarini izchil oshirib borish siyosatini davom ettirish hamda ularning ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish maqsadida qaror qilaman:I.'Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish1.'2025-yil 1-iyuldan'boshlab pensiyalar va nafaqalar hamda kam ta'