calendar 01 Jul 11:32
eye 74
comments 0
comments Manba: qalampir

Rasman! Risharlison "Tottenxem" futbolchisiga aylandi

image
image

Braziliya terma jamoasi futbolchisi Risharlison rasman "Tottenxem" futbolchisiga aylandi. Bu haqda London klubi matbuot xizmati xabar berdi.

"Tottenxem" va "Everton" o'rtasidagi kelishuvning rasmiy narxi hozircha maʻlum emas. "Transfermarkt" poratli futbolchini 48 million yevroga baholamoqda.

Risharlison "Everton" safida 152 ta o'yinda maydonga tushib, 52 ta gol urgan. Shuningdek, uning hisobida Braziliya terma jamoasi safida 36 ta o'yin va 14 ta gol bor. 

Eslatib o'tamiz, 25 yoshli hujumchi 2018 yil "Uotford"dan "Everton"ga o'tgan edi. 2021-2022 yilgi mavsumda "Everton" Premyer ligada 16 o'rinni egalladi. Liverpulliklarni quyi ligaga tushib ketish chizig'idan bor-yo'g'i 4 ochko ajratib qolgandi. "Tottenxem" APL jadvalida to'rtinchi pog'onani band etdi. Londonliklar buning evaziga Evropa chempionlar ligasida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.

Maʻruf Abdumalikov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 09:12
 
38
0
xs.uz

Sambo bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionatining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi

Ochilish tadbirida Xalqaro sambo federatsiyasi, Osiyo-Okeaniya sambo ittifoqi, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi hamda mamlakat sambo federatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi. Rasmiylar o'z chiqishlarida ushbu chempionat nafaqat mintaqada, balki jahon miqyosida ham katta ahamiyatga ega ekanini ta'kidlashdi. Shuningdek, O'zbekistonda noolimpiya sport turlari, xususan samboning rivojiga katta e'tibor qaratilayotgani qayd etildi.Marosimdan so'ng musobaqaning final blokiga start berildi va bellas

22 Mar 08:55
 
60
0
xs.uz

“U har doim 18 yoshda qoladi” — “Bavariya”ning sobiq futbolchisi jarohatidan soʻng vafot etdi

Germaniyaning 'Bavariya' klubining sobiq yosh futbolchisi Go Szyasyuan fevral oyida boshidan olgan jarohati oqibatida 18 yoshida hayotdan koʻz yumdi.'Biz futbolni yaxshi koʻradigan bolamizni yoʻqotdik', deya xabar taqatdi ayni paytdagi uning jamoasi 'Beijing Guoan' futbol klubi.Futbolchi shu yilning 6-fevral kuni Ispaniyada 'RC Alkobendas'ga qarshi mashgʻulot oʻyini vaqtida jarohat olgan edi. Bir epizodda raqib uning boshiga tizzasi bilan urgan, shundan soʻng Szyasyuan hushini yoʻqotgan.

20 Mar 12:50
 
47
0
postda.uz

TAJRIBA VA MAHORAT USTUNLIGI

Yaqinda sportning mini futbol turi bo‘yicha “IIV Malaka oshirish instituti boshlig‘i kubogi” uchun musobaqa tashkil etildi. Unda Toshkent davlat texnika universiteti talabalari, Olmaliq shahridagi bir qator ta'lim muassasalari yoshlari hamda mazkur institut tinglovchilaridan iborat jamoalar ishtirok etishdi. Qiziqarli bahslarga boy tarzda o‘tgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko‘ra, tajriba va mahorat bobida raqiblaridan ustun kelgan IIV Malaka oshirish institutining

18 Apr 11:08
 
365
0
xs.uz

Xokkeychilarimiz Eron darvozasiga javobsiz 20 ta shayba yo‘llashdi

Bugun O'zbekiston terma jamoasi uchinchi tur uchrashuvini o'tkazdi. Eronga qarshi maydonga chiqqan yigitlarimiz yirik 20:0 hisobida g'alaba qozonishdi.