“Paxtakor” va “Bunyodkor” futbol klublari yilning eng ko‘p zarar ko‘rgan korxonalari ro‘yxatidan joy oldi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi davlat ishtirokidagi korxonalarning 2021-yil yakunlari bo‘yicha moliyaviy hisobotlar tahlilini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, 21-yilning eng ko‘p zarar ko‘rgan 20 ta korxonasi ro‘yxatidan ikkita futbol klubi ham joy oldi.
“Bunyodkor” 2021-yilni 27 milliard so‘m zarar bilan yopgan bo‘lsa, “Paxtakor” o‘tgan yilda 30,3 milliard so‘m zarar ko‘rgan.
“Paxtakor” 2020-yilning ham eng ko‘p zarar ko‘rgan korxonalari ro‘yxatidan joy olgandi. Poytaxt klubi 2020-yilda 82,7 milliard so‘m zarar keltirgandi.
O‘sha vaqtda “Paxtakor” matbuot xizmati bu holat bo‘yicha bayonot bilan chiqqan, unda klub 2018—2020-yillar mobaynida davlat budjetidan umuman mablag‘ olmaganligi va bu vaqtda jamoa xarajatlari to‘liq SFI Management Group tomonidan qoplangani aytilgandi.
2021-yilning aprel oyida “Paxtakor”ning SFI Management Group’ga tegishli 80% aksiyasi qolgan 20% ulushga egalik qiladigan Toshkent hokimligiga o‘tkazilgani va jamoa to‘liq Toshkent hokimligi tasarrufida bo‘lishi ma’lum bo‘lgandi.
2021-yilning iyunida “Paxtakor” futbolchilar, murabbiylar shtabi va rahbariyatning maoshlarini e’lon qilgan. Unga ko‘ra, klub yiliga maoshlar uchun 50 milliard so‘m sarflashi ma’lum bo‘lgandi. Yozda “sherlar” yiliga 16 milliard so‘m maosh oladigan legioner Eren Derdiyok bilan xayrlashgandi.
Sambo bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionatining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi
Ochilish tadbirida Xalqaro sambo federatsiyasi, Osiyo-Okeaniya sambo ittifoqi, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi hamda mamlakat sambo federatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi. Rasmiylar o'z chiqishlarida ushbu chempionat nafaqat mintaqada, balki jahon miqyosida ham katta ahamiyatga ega ekanini ta'kidlashdi. Shuningdek, O'zbekistonda noolimpiya sport turlari, xususan samboning rivojiga katta e'tibor qaratilayotgani qayd etildi.Marosimdan so'ng musobaqaning final blokiga start berildi va bellas
“U har doim 18 yoshda qoladi” — “Bavariya”ning sobiq futbolchisi jarohatidan soʻng vafot etdi
Germaniyaning 'Bavariya' klubining sobiq yosh futbolchisi Go Szyasyuan fevral oyida boshidan olgan jarohati oqibatida 18 yoshida hayotdan koʻz yumdi.'Biz futbolni yaxshi koʻradigan bolamizni yoʻqotdik', deya xabar taqatdi ayni paytdagi uning jamoasi 'Beijing Guoan' futbol klubi.Futbolchi shu yilning 6-fevral kuni Ispaniyada 'RC Alkobendas'ga qarshi mashgʻulot oʻyini vaqtida jarohat olgan edi. Bir epizodda raqib uning boshiga tizzasi bilan urgan, shundan soʻng Szyasyuan hushini yoʻqotgan.
TAJRIBA VA MAHORAT USTUNLIGI
Yaqinda sportning mini futbol turi bo‘yicha “IIV Malaka oshirish instituti boshlig‘i kubogi” uchun musobaqa tashkil etildi. Unda Toshkent davlat texnika universiteti talabalari, Olmaliq shahridagi bir qator ta'lim muassasalari yoshlari hamda mazkur institut tinglovchilaridan iborat jamoalar ishtirok etishdi. Qiziqarli bahslarga boy tarzda o‘tgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko‘ra, tajriba va mahorat bobida raqiblaridan ustun kelgan IIV Malaka oshirish institutining
Xokkeychilarimiz Eron darvozasiga javobsiz 20 ta shayba yo‘llashdi
Bugun O'zbekiston terma jamoasi uchinchi tur uchrashuvini o'tkazdi. Eronga qarshi maydonga chiqqan yigitlarimiz yirik 20:0 hisobida g'alaba qozonishdi.